Tekshirilgan hujjatlar kunlik ravishda daromadlar turi bo‘yicha dasturiy majmuaga byudjet
tasnifining har bir kodi bo‘yicha kiritiladi.
Byudjet tasnifi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va
2010 yil 20 avgustda Moliya vazirining 65 son buyrug‘I bilan tasdiqlangan hamda O‘zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligida 2010 yil 11 oktyabrda 2146-son bilan ro‘yxatga olingan
“O‘zbekiston Respublikasi Byudjet tasnifini qo‘llash bo‘yicha Yo‘riqnoma” bilan tartibga
solinadi.
Har kuni buxgalteriya hodimlari tomonidan g‘aznachilikka hizmat ko‘rsatuvchi bank
tomonidan taqdim etilgan ko‘chirmalarga asosan tegishli byudjet, jamg‘arma byudjeti, byudjetdan
mablag‘ oluvchilarning byudjetdan tashqari mablag‘lari, bojxona organlari g‘azna depozit schyoti
mablag‘lari bo‘yicha alohida-alohida Daromadlar haqida ma’lumotnoma (3 -shakl)
rasmiylashtirilib tegishli 274 - son shakldagi Memorial orderga muomala sodir bo‘lgan vaqtdan
so‘ng keyingi kundan kechiktirmay o‘tkaziladi va hujjatlar ilova qilinib tikiladi.
Daromadlar kitobiga ma’lumotlar avtomatik o‘tkaziladi. Shundan keyin shu kundan
kechiktirilmay G‘aznachilik organi bosh buxgalteri tomonidan Daromadlar haqida ma’lumotnoma
(3 - shakl) da daromadlar tasnifini aks ettirilganligi, buxgalteriya yozuvlari tekshiriladi va 274 -
son shakldagi Memorial order tasdiqlanadi.
Moliya organi bosh buxgalteri G‘aznachilik buxgalteriyasi tomonidan tasdiqlangan yuqorida
keltirilgan xujjatlarni tekshirib chiqadi. Unda sintetik va analitik hisob ma’lumotlarini muvofiqligi
tekshiriladi va G‘azna dasturiy majmuada “Ijroga” belgisini qo‘yadi va ma’lumotlar bosh daftarga
va hisobot shakllariga avtomatik o‘tadi.
Yuridik va jismoniy shaxslarning byudjetga ortiqcha to‘langan summalarni qaytarilishi
bo‘yicha yozgan arizalari soliq inspeksiyasiga kelib tushadi. Soliq inspeksiyasi to‘lovchilarning
shaxsiy hisobvaraqlaridagi ma’lumotlarga asosan ko‘rsatilgan to‘lov bo‘yicha to‘lovchida
ortiqcha to‘langan summaning mavjudligi to‘g‘risida hulosa beradi va uni to‘lovchining arizasi
bilan birga ko‘rsatilgan summani byudjetdan qaytarish yoki uni kelgusi to‘lovlar hisobiga
o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun moliya organiga beradi. Moliya organlari ortiqcha
o‘tkazilgan mablag‘ni qaytarish uchun bank muassasasiga taqdim etadi va bank muassasasi kunlik
tushgan byudjetga o‘tkaziladigan (daromad turiga muvofiq) mablag‘ hisobiga qaytariladi. Bunda
G‘aznachilik organlari tomonidan ortiqcha to‘langan mablag‘larni qaytarish hisobi yuritilmaydi.
Ortiqcha tushgan daromadlarni to‘lovchilarga qaytarib berish moliya boshqarmalari tomonidan
bankdagi tranzit hisob raqamidan amalga oshiriladi.
Moliya boshqarmasining rahbari tomonidan tasdiqlangan amaldagi tartibga muvofiq
daromadlar bo‘yicha summalarni qaytarish yoki hisobga olish to‘g‘risidagi hulosa ijro etilishi
uchun moliya boshqarmasining bosh buxgalteriga taqdim etiladi. Moliya boshqarmasining
buxgalteriyasi hujjatlar to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini tekshirgandan so‘ng byudjet daromadiga
ortiqcha o‘tkazilgan summani qaytarish bo‘yicha bankka taqdim etadi.