Byudjet hisobi


TAKRORLASH VA MUNOZARA UCHUN SAVOLLAR



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə66/137
tarix01.12.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#136890
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   137
Toshkent moliya instituti byudjet hisobi -fayllar.org

TAKRORLASH VA MUNOZARA UCHUN SAVOLLAR: 
1. Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil etishning asosiy maqsadi nimalardan
iborat?
2. Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini vazifalarini aytib bering?
3. Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilishning o‘ziga hos hususiyatlari
nimalardan iborat?
4. Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya balansini tarkibini aytib bering?
5. Byudjet tashkilotlarida balans schyotlarini tuzilishi va tayinlanishini tushuntirib bering?
6. Byudjet tashkilotlari buxgalteriya schyotlari tasniflarinishi aytib bering?
7. Hisobga oladigan ob’ektlarni nomlanishi bo‘yicha schyotlarni tasnifini tushuntirib bering?

8-MAVZU. BYUDJET TASHKILOTLARIDA SMETALAR HAMDA SHTATLAR 
JADVALINI TUZISH, TASDIQLASH VA TAQDIM ETISH TARTIBI

REJA: 
1. Byudjet tashkilotlarida smetalari tarkibi va ularni shakllantirishning xususiyatlari.
2. Byudjet mablag‘lari bo‘yicha xarajatlar smetasini tuzish tartibi va ularni ijrosi hisobi.
3. Byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetasini tuzish va ular
ijrosi hisobining hususiyatlari.
4. Byudjet tashkilotlari smetalar hamda shtatlar jadvalini tasdiqlash, ro‘yxatdan o‘tkazish.

1. Byudjet tashkilotlarida smetalari tarkibi va ularni shakllantirishning xususiyatlari.
Xarajatlar smetasi – tashkilotlar tomonidan joriy moliya yili uchun tuziladigan va tasdiqlanadigan
hujjat bo‘lib, unda tashkilotlar uchun xarajatlar moddalari bo‘yicha ko‘zda tutilgan byudjetdan
ajratilgan mablag‘lar (xarajatlar rejasi) aks ettiriladi. Byudjet tashkilotlari tomonidan belgilangan
tartibda byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar daromadlari va xarajatlari bo‘yicha smetalari
tuziladi va tasdiqlanib ijrosi ta’minlanadi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston
Respublikasining respublika byudjetlarida hamda mahalliy byudjetlarda turuvchi tashkilotlarni
moliyalashtirish, ular uchun tasdiqlangan xarajatlar smetalari asosida amalga oshiriladi.
Byudjet tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi
414-sonli “Byudjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish
to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq xarajatlarning quyidagi guruhlari Davlat byudjetidan mablag‘ 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin