Byudjet hisobi


Byudjet tashkilotlari smetalar hamda shtatlar jadvalini tasdiqlash, ro‘yxatdan



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə70/137
tarix01.12.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#136890
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   137
Toshkent moliya instituti byudjet hisobi -fayllar.org

4.Byudjet tashkilotlari smetalar hamda shtatlar jadvalini tasdiqlash, ro‘yxatdan
o‘tkazish.
Tashkilotlarning xarajatlar smetalari, shuningdek markazlashgan xarajatlar smetalari
tasdiqlangandan so‘ng choraklar (oylar) kesimidagi xarajatlarni yillik umumlashmasi byudjet
tasnifining bo‘limlari, kichik bo‘limlari, boblari va iqtisodiy tasnifi bo‘yicha choraklarga (oylarga)
bo‘lingan
holda
aniqlanadi
va
tegishli
moliya
organiga
taqdim
etiladi.
Shu bilan bir vaqtda setlar, kontingentlar va shtatlar bo‘yicha umumlashtirilgan ko‘rsatkichlar
taqdim etiladi.
Umumiy smetalar tasdiqlangandan so‘ng markazlashgan buxgalteriyalar bu smetalar
bo‘yicha
moliyalashtiriladigan
tashkilotlarga
quyidagilarni
xabar
qiladilar:

shtatlar va tashkilot xodimlari ish haqi stavkalari haqidagi ma’lumotlar;



tashkilotlarning xo‘jalik ehtiyojlariga rejalashtirilayotgan yilda ajratiladigan yoqilg‘i miqdori,
elektroenergiya
va
suv
bo‘yicha
natural
ko‘rsatkichlar;

byudjet mablag‘lari doirasida sotib olishga mo‘ljallangan inventarlar va asbob-uskunalar
ro‘yxati;

kapital va joriy ta’mirlash bo‘yicha asosiy ishlar ro‘yxati;

hokimiyatlarning tegishli moliya boshqarmalari va bo‘limlari tomonidan, yuqori moliya
organlari bilan kelishilgan holda belgilangan tashkilotlarga xabar beriladigan ko‘rsatkichlar va
shakllari ro‘yxati.
Shtatlar jadvali rejalashtirilayotgan yilning 1 yanvar holatiga har bir tashkilot bo‘yicha
alohida holda, ularning tuzilmaviy bo‘linmalari kesimida mazkur tashkilot uchun o‘rnatilgan
mehnatga haq to‘lash shartlariga muvofiq ravishda tuziladi.
Shtatlar jadvaliga kiritiladigan lavozimlar nomlari va ma’muriy-boshqaruv, o‘quv-
yordamchi va yordamchi (xizmat ko‘rsatuvchi va texnik) xodimlarining soni,
xodimlar va mehnatga haq to‘lash bo‘yicha ularning razryadlari (bazaviy stavkalari) quyidagilarga
muvofiq bo‘lishi shart:

belgilangan tartibda tasdiqlangan namunaviy shtatlar jadvalida va mehnatga haq to‘lash
bo‘yicha
razryadlarda
(bazaviy
stavkalarda)
nazarda
tutilgan
lavozimlarga;

hodimlarning umumiy birliklari doirasiga va boshqaruv xizmatchilarining xodimlar birliklariga;

tashkilotlar turlari bo‘yicha belgilangan tartibda tasdiqlangan namunaviy shtatlar
jadvallariga;

davlat boshqaruv organlarida xodimlar toifalarining me’yoriy nisbatlarini Davlat va xo‘jalik
boshqaruvi organlarining boshqaruv, xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlari lavozimlarining
nomenklaturasi bilan muvofiqligiga.
Tarifikatsiya ro‘yxatiga muvofiq mehnatga haq to‘lanishi hisob-kitob qilinadigan lavozimlar
shtatlar jadvaliga stavkalar soni, lavozimlarning har bir guruhi bo‘yicha (o‘qituvchilar,
tarbiyachilar, vrachlar, o‘rta tibbiy hodimlar va boshqalar), to‘lovlarning turlari bo‘yicha
(pedagoglarga daftar tekshirishga, sinf rahbarligiga, maxsus unvon uchun va boshqalar) oylik
mehnatga haq to‘lash jamg‘armasini ko‘rsatgan holda va tarifikatsiya ro‘yxatini shtatlar jadvaliga
ilova qilgan holda kiritiladi.
Shtatlar jadvalida, shuningdek, yakun bo‘yicha alohida qatorda mehnatga haq to‘lash
shartlarida nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi va yil bo‘yicha hisob-kitoblar
natijasida ustamalar to‘lashga, qo‘shimchalar va xodimlarni moddiy rag‘batlantirishga
yo‘naltiriladigan mablag‘lar ko‘rsatiladi, masalan:
• mehnatga haq to‘lash jamg‘armasiga nisbatan 15 foiz miqdorda shakllanadigan Byudjet
tashkilotlari va muassasalarini moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi;
• uzoq yillik mehnati uchun bir martalik rag‘batlantirishni to‘lash, moddiy yordam
ko‘rsatish, mukofotlash uchun mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi;
• mehnat ta’tilidagi shaxslarning o‘rnini bosuvchi xodimlarning mehnatiga haq to‘lash uchun
mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi;
• umumta’lim muassasalari, o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining direktor
jamg‘armasi va boshqalar.




Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin