ma’lumotlar, ob’ektning o‘ziga hos qisqacha tavsifi, uni tashkil qiluvchi predmetlar ro‘yxati va
uning asosiy sifat hamda miqdor ko‘rsatkichlari, shuningdek dalolatnomalar va ilova qilinadigan
texnik hujjatlar ma’lumotlari asosida eng kerakli taqab qurilgan binolari, moslamalari va jihozlari
keltiriladi.
AV-8-son shakl inventar kartochka boshqa asosiy vositalarni (019 subschyot) hisobga olish uchun
xizmat qiladi.
Kartochka qabul qilish dalolatnomalari asosida (xarid qilish hujjatlari bo‘yicha) ochiladi va
unda boshqa asosiy vositalarning, jumladan hayvonlarning yoshi, rangi (tusi), tamg‘asi, oti va h.k.
ko‘rsatilgan holda o‘ziga hos tavsifi keltiriladi.
Ko‘p yillik o‘simliklar turi, o‘tqazilgan birliklar soni va maydoni ko‘rsatilgan holda inventar
ob’ektlari bo‘yicha hisobga olinadi.
AV-9-son shakldagi inventar kartochka aynan bir xil ishlab chiqarish ahamiyatiga, texnik
tavsifga ega bo‘lgan asosiy vositalar ob’ektlarining bir xil guruhlari:
kutubxona fondlari va
sahnaga qo‘yish vositalarini hisobga olish uchun mo‘ljallangan. Kartochkadagi yozuvlar miqdor
va summa ifodasida yozib boriladi.
Inventar kartochka asosiy vositalar ob’ektlari guruhlarini qabul qilish-topshirish
dalolatnomasi, asosiy vositalar ob’ektlarini ichki joylashish joyini o‘zgartirish yukxati asosida
ochiladi va har bir moddiy javobgar shaxs bo‘yicha yuritiladi. Ob’ektlarni hisobdan chiqarish
hisobdan
chiqarish
to‘g‘risidagi
dalolatnoma
asosida
amalga
oshiriladi.
Kutubxona fondlari uchun bitta inventar kartochka ochiladi. Unda hisob umumiy qiymati bo‘yicha
faqat pul ifodasida yuritiladi.
Sahnaga qo‘yish vositalari hisobi soni va ob’ektlarning qiymati bo‘yicha inventar
kortochkalarda yuritiladi.
Asosiy vositalar quyidagilar natijasida tashkilot balansiga kirim qilinadi:
o
oldi-sotdi shartnomasi bo’yicha ob’ektni sotib olish;
o
kapital qo’yilmalar tugaganidan so’ng tiklangan ob’ektni qabul qilish-topshirish;
o
beg’araz kelib tushish;
o
tovar-moddiy zahiralar tarkibidan o’tkazish;
o
asosiy vositalarning ortiqcha (hisobga olinmagan) ob’ektlarini aniqlash;
o
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollar.
Asosiy vositalarni buxgalteriya hisobiga kirim qilinishi asosiy vositalarning dastlabki
qiymati bo’yicha amalga oshiriladi.
Cotib
olingan asosiy vositalar, tugallangan qurilishlar va inshootlar, shuningdek,
tashkilotning o’zida tayyorlangan asosiy vositalarning dastlabki qiymatiga ularning sotib olish
narxi va ularga qilingan barcha xarajatlarning to’liq summasida,
jumladan, mazkur asosiy
vositalarni foydalanish uchun ishchi holatiga keltirish bilan bevosita bog’liq bo’lgan etkazib
berish va montaj qilish, o’rnatish, ishga tushirish va boshqa xarajatlarni hisobga olgan holda
kiritiladi.
Sotib olingan asosiy vositalarning dastlabki qiymati quyidagi
xarajatlardan tashkil
topadi:
- etkazib beruvchilarga hamda shartnoma bo’yicha qurilish-montaj ishlarini bajarganlik
uchun pudratchilarga to’lanadigan summalar;
- asosiy vositalarni sotib olish (qurish) munosabati bilan qonunchilikda belgilangan
tartibda to’langan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar summalari, shu
jumladan bojxona bojlari
va yig’imlari (agar ular qoplanmasa);
- asosiy vositalarni sotib olish (qurish) bilan bog’liq axborot va maslahat xizmatlari uchun
to’langan summalar;
- asosiy vositalarni etkazib berish (qurish) xatarini sug’urtalash bo’yicha xarajatlar;
- asosiy vositalar ob’ektini sotgan vositachilarga to’lanadigan haqlar;
- asosiy vositalarni o’rnatish, montaj qilish, sozlash va ishga
tushirishga oid xarajatlar;
- aktivdan foydalanish uchun uni ishchi holatga keltirish bilan bevosita bog’liq bo’lgan
boshqa xarajatlar.