Byudjet hisobi


Asosiy vositalarning eskirishi bo‘yicha sintetik hisobi 02 “Asosiy vositalarning



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə76/137
tarix01.12.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#136890
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   137
Toshkent moliya instituti byudjet hisobi -fayllar.org

Asosiy vositalarning eskirishi bo‘yicha sintetik hisobi 02 “Asosiy vositalarning 



eskirishi” 
schyotida quyidagi subschyotlarga bo‘lingan holda aks ettiriladi: 

020 “Turar-joy imoratlarning eskirishi”;


021 “Noturar joy imoratlarning eskirishi”;
022 “Inshootlarning eskirishi”;
023 “Mashina va jihozlarning eskirishi”;
025 “Transport vositalarining eskirishi”;
029 “Boshqa asosiy vositalarning eskirishi”.
Mazkur subschyotlarning kredit tomonida asosiy vositalarga eskirish hisoblanishi, debet
tomonida esa, isoblangan eskirish summasini hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
Byudjet tashkiloti ishchi schyotlar rejasini tasdiqlayotganda “Asosiy vositalarning eskirishi”
schyotining tegishli subschyotlarini tashkilotga kirim qilingan asosiy vositalar manbaalari
bo‘yicha eskirish hisoblanishini alohida shakllantirib olishi mumkin. Masalan 023/1 “Mashina va
jihozlarning eskirishi (byudjet mablag‘i hisobidan)”, 023/2 “Mashina va jihozlarning eskirishi
(rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘i hisobidan)” va xokazo.

5.Asosiy vositalarni balansdan chiqarilishi hisobi. 
Byudjet tashkilotlarida asosiy vositalarni hisobdan chiqarilishi “Asosiy vositalarni
balansdan chiqarish tartibi to‘g‘risida Nizom” (O‘zR Moliya vazirining 2004 yil 16 avgustdagi
101-son Buyrug‘i bilan tasdiqlangan) ga va boshqa qonuniy xujjatlarga tartibga solinadi.
Asosiy vositalar quyidagilar natijasida tashkilot balansidan chiqariladi:
- tugatish;
- sotish;
- beg‘araz berish;
- kamomad yoki yo‘qotishning aniqlanishi;
- qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollar.
Asosiy vositalar qisman tugatilgan holda uning dastlabki (tiklash) qiymati va jamlangan
eskirish summasi tegishligicha ob’ektning tugatilgan qismining dastlabki (tiklash) qiymati va
jamlangan eskirish summasiga kamaytiriladi.
Asosiy vositalar quyidagi hollarda ularni tugatish munosabati bilan balansdan hisobdan
chiqarilishi
mumkin:
a) belgilangan xizmat muddati tugaganidan (to‘liq eskirish hisoblab yozilganidan) keyin;
b) jismoniy eskirish, halokatlar, tabiiy ofatlar, foydalanishning risoladagi shart-sharoitlarini
buzish oqibatida yaroqsiz holga kelganlari;
v) ma’nan eskirganlari;
g) tegishli davlat organlarining qarorlari bo‘yicha chiqib ketadiganlari;
d) korxona va tashkilotlarning qurilishi, kengaytirilishi, rekonstruksiya qilinishi,
zamonaviylashtirilishi va texnik qayta jihozlanishi munosabati bilan chiqib ketadiganlari.
Tiklanishi mumkin bo‘lmagan yoki iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lmagan asosiy
vositalar tugatilishi kerak.
Asosiy vositalarni tugatilishi munosabati bilan hisobdan chiqarilishida belgilangan tartibda
mutaxassislar tomonidan nuqsonlar dalolatnomasi tuziladi. Ushbu dalolatnomada asosiy vositani
xolati aks ettiriladi. Qonunchilikda belgilangan tartibda byudjet tashkiloti yuqori tashkilotga
asosiy vositani tugatilishi munosabati bilan hisobdan chiqarilishi bo‘yicha yozma murojat qiladi
va ijobiy javob olingandan so‘ng tashkilot raxbari tomonidan tasdiqlangan doimiy faoliyat
qiluvchi
komissiya
tomonida
tegishli
dalolatnomalar
tuzilib
hisobdan
chiqariladi.
Byudjet tashkilotlarida asosiy vositalarni sotish “Byudjet tashkilotlari va davlat unitar
korxonalarining asosiy vositalarini hamda qurilishi tugallanmagan b’ektlarini sotish, shuningdek
ularni sotishdan tushgan pul mablag‘larini taqsimlash tartibi to‘g‘risida Nizom” (Vazirlar
Mahkamasining 2009 yil 31 dekabrdagi 343-son qarori bilan tasdiqlangan)ga asosan tartibga
solinadi.

Byudjet tashkilotlarining asosiy vositalarini hamda qurilishi tugallanmagan ob’ektlarini sotish


quyidagi shartlardan biri qoniqtirilgan taqdirda amalga oshiriladi:
- belgilangan xizmat qilish muddatining tamom bo‘lishi (to‘liq eskirish hisobga o‘tkazilishi);
- ularning jismoniy eskirishi, avariyalar, tabiiy ofatlar, foydalanishning normal sharoitlari buzilishi
oqibatida yaroqsiz holga kelishi;
- ma’naviy eskirishi;
- byudjet tashkilotlarining qurilishi, kengaytirilishi, rekonstruksiya qilinishi, modernizatsiya
qilinishi va qayta tashkil etilishi munosabati bilan bo‘shab qolishi.
Byudjet tashkilotlarining binolari va inshootlari (shu jumladan, qurilishi tugallanmagan
binolari va inshootlari) O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi yoki uning hududiy
boshqarmalari tomonidan xususiylashtirish tartibida sotiladi.
Byudjet tashkilotlarining qolgan asosiy vositalari byudjet tashkilotlari tomonidan yuqori
tashkilot bilan kelishgan holda, yuqori tashkilot bo‘lmagan taqdirda - qonun hujjatlariga muvofiq
mustaqil ravishda sotiladi. Bunda:
- bir inventar ob’ektning qoldiq qiymati O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam
oylik ish haqining (byudjet tashkiloti tomonidan sotish to‘g‘risida qaror qabul qilingan paytda)
yuz baravari miqdoridan ortiqni tashkil etadigan avtomototransport vositalari, shuningdek boshqa
asosiy vositalar asosiy vositalar qiymatini baholash tashkilotlari tomonidan baholangandan keyin
ommaviy savdolarda sotilishi kerak;
- bir inventar ob’ektning qoldiq qiymati O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam
oylik ish haqining (byudjet tashkiloti tomonidan sotish to‘g‘risida qaror qabul qilingan paytda)
yuz baravari miqdoridan ortiq bo‘lmagan asosiy vositalar byudjet tashkilotlari tomonidan qonun
hujjatlariga muvofiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish orqali sotiladi. Yuqori tashkilotning
(mavjud bo‘lganda) talabiga ko‘ra yoki byudjet tashkilotlarining o‘z tashabbusi bilan ushbu asosiy
vositalar asosiy vositalar qiymati baholash tashkilotlari tomonidan baholangandan keyin ommaviy
savdolarda sotilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi byudjet tashkilotlari hisoblanadigan
vakolatxonalarining asosiy vositalari va qurilishi tugallanmagan ob’ektlari quyidagi tartibda
sotiladi:
- binolar va inshootlar (qurilishi tugallanmagan binolar va inshootlar ham shu jumlaga
kiradi) - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida;
- qolgan asosiy vositalar - O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi vakolatxonalari
tomonidan yuqori tashkilot bilan (mavjud bo‘lganda) kelishgan holda vakolatxona joylashgan
mamlakatning qonun hujjatlariga muvofiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish orqali mustaqil
ravishda
sotiladi.
Binolar va inshootlarni (shu jumladan, qurilishi tugallanmagan binolar va inshootlarni) sotishdan
tushgan mablag‘lar Davlat mulki qo‘mitasining maxsus g‘aznachilik hisob raqamida jamlanadi va
ular, sotib olish manbalaridan qat’i nazar, Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan xususiylashtirishdan
tushgan mablag‘lar sifatida taqsimlanadi.
Byudjet tashkilotlarining asosiy vositalarini sotishdan tushgan mablag‘lar O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining tegishli bo‘linmalarida ochilgan shaxsiy hisob
raqamlarida jamlanadi. Ko‘rsatib o‘tilgan mablag‘lar byudjet tashkilotlari tomonidan quyidagi
tartibda taqsimlanadi:
50 foizi - tegishli byudjet daromadiga o‘tkaziladi;
50 foizi - byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha byudjet tashkilotlarining O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining tegishli bo‘linmalarida ochilgan shaxsiy hisob
raqamlarida
qoladi.
Byudjet tashkilotlari tomonidan asosiy vositalar ommaviy savdolarda sotilgan taqdirda
mablag‘larni taqsimlash ularni baholash va sotish xarajatlari chiqarib tashlangandan keyin amalga
oshiriladi. Byudjet tashkilotlari tasarrufida qoldiriladigan byudjet tashkilotlari tomonidan faoliyat
ixtisosligiga muvofiq moddiy-texnik bazani mustahkamlashga (shu jumladan, avtomototransport
vositalarini sotib olishga), shuningdek kreditorlik qarzni (mavjud bo‘lganda) to‘lashga

yo‘naltiriladi. O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi byudjet tashkilotlari hisoblanadigan


vakolatxonalarining asosiy vositalari va qurilishi tugallanmagan ob’ektlarini sotishdan tushgan
mablag‘lar:
- binolar va inshootlar bo‘yicha (qurilishi tugallanmagan binolar va inshootlar ham shu jumlaga
kiradi) - ularni sotish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida
qarorlarida belgilangan tartibda;
- qolgan asosiy vositalar bo‘yicha - xarajatlar smetasida nazarda tutilgan asosiy vositalarni
sotib olishga, faoliyat ixtisosligiga muvofiq moddiy-texnik bazani mustahkamlashga, shuningdek
kreditorlik qarzni (mavjud bo‘lganda) to‘lashga taqsimlanadi.
Asosiy vositalarni beg‘araz berish yuqori tashkilot bilan kelishilgan xolda qonunchilikda
belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Inventarizatsiya natijasida asosiy vositalar bo‘yicha kamomad yoki yo‘qotishning
aniqlanishi ulan undirilishi “Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va
ortiqchasining buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” (Moliya vazirligi,
Davlat Soliq qo‘mitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2004 yil 10
martdagi 37, 2004-26, 20/1-sonli qarori bilan tasdiqlangan) ga asosan tartibga solinadi. Ushbu
nizomga asosan ish beruvchining mulkiga yetkazilgan zarar hajmi, zarar uchun xodimning moddiy
javobgarlik chegaralari va tartibini aniqlash O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi bilan
tartibga
solinishi
ko‘rsatilgan.
Bir oylik o‘rtacha ish xaqidan oshmaydigan yetkazilgan zarar summasini aybdor xodimdan
undirish ish beruvchining farmoyishiga muvofiq amalga oshiriladi. Farmoyish yetkazilgan zarar
aniqlangan kundan boshlab bir oydan kechikmasdan chiqarilishi mumkin. Bunda zarar hajmi
inventarizatsiya o‘tkazish davrida mazkur joyda amal qilayotgan bozor baholari bo‘yicha
hisoblanadi. Agar xodimdan undirilishi lozim bo‘lgan yetkazilgan zarar summasi uning o‘rtacha
oylik ish xaqidan yuqori yoki zarar aniqlangan kundan boshlab bir oylik muddat o‘tgan bo‘lsa,
undirish sud orqali amalga oshiriladi. Ish beruvchining mulki o‘g‘irlanganda, kam chiqqanda,
qasddan yo‘qotish yoki qasddan buzish natijasida hamda boshqa hollarda yetkazilgan zarar hajmi
bozor
qiymati
bo‘yicha
hisoblanadi.
Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulkning bozor qiymatini aniqlash uchun
quyidagilardan foydalanish mumkin:
a) ishlab chiqaruvchi tashkilotlardan va ularning rasmiy dilerlaridan, tovar xom ashyo
birjalaridan, ko‘chmas mulk birjalaridan yozma shaklda olingan xuddi shunday mahsulotga doir
narxlar to‘ѓrisidagi ma’lumotlar;
b) Markaziy bankning kamomad (ortiqcha) aniqlangan sanadagi va tegishli mulkni sotib
olish sanasidagi kurslarning nisbati shaklida aniqlangan hisob-kitob koeffitsiyentini qo‘llagan
holda sotib olish sanasidagi (tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lganda) mol-mulklarning erkin
konvertatsiyalanadigan
valyuta
(EKV)
dagi
qiymati
to‘g‘risidagi
ma’lumotlar;
v) tegishli davlat idoralarida mavjud bo‘lgan narxlar darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
g) inventarizatsiya o‘tkazilayotgan davrda ommaviy axborot vositalari va maxsus adabiyotlarda
e’lon qilingan narx darajalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
d) tegishli mol-mulkning qiymati to‘g‘risida baholovchining ekspert xulosasi.
Asosiy vositalarni ularning tugatilishi sababli hisobdan chiqarish to‘g‘risida komissiya tomonidan
qabul qilingan qaror natijalari byudjet tashkilotlarida asosiy vositalarni hisobdan chiqarish
to‘g‘risidagi dalolatnoma bilan (AV-4-son shakl, byudj.), shu jumladan, transport vositalari
bo‘yicha byudjet tashkilotlarida transport vositalarini hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi dalolatnoma
(AV-4a-son shakl, byudj.) bilan, kutubxonadagi mavjud adabiyotlarni hisobdan chiqarish byudjet
tashkilotlari kutubxonasida mavjud bo‘lgan adabiyotlarni hisobdan chiqarish bo‘yicha
dalolatnoma (444-son shakl) bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu dalolatnomalar komissiya tomonidan
ikki nusxada tuziladi va barcha komissiya a’zolari tomonidan imzolanadi. Birinchi nusxasi
buxgalteriyaga beriladi, ikkinchi nusxasi asosiy vositalar ob’ektlarining saqlanishi uchun javobgar
bo‘lgan shaxsda qolib, hisobdan chiqarish natijasida qolgan moddiy qimmatliklar yoki temir-
tersakni omborga topshirish yoki sotish uchun asos bo‘ladi. Transport vositasini hisobdan

chiqarishda buxgalteriyaga dalolatnoma bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar


vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmati organlarida hisobdan chiqarilganligini
tasdiqlaydigan hujjat ham taqdim qilinadi. Ushbu dalolatnomalar tashkilot rahbari (yoki uning
o‘rinbosari) tomonidan tasdiqlanguniga qadar asosiy vositalarni qismlarga bo‘lish va demontaj
qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Asosiy vositalarni hisobdan chiqarish va joydan-joyga ko‘chirish
operatsiyalarining hisobi 438-son shakldagi jamlanma qaydnomada (9-memorial orderda) olib
boriladi. Jamlanma qaydnomaga yozuvlar har bir hujjat bo‘yicha yoziladi. Bunda, “Jami” ustunida
(tikqatorida) yoziladigan hisobdan chiqarilgan va joydan-joyga ko‘chirilgan moddiy ashyolar
summasi subschyotning debet bo‘yicha summasiga teng bo‘lishi kerak.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin