Moliyaviy aktivlarni hisobga olish uchun schyotlar rejasida quyidagi schyotlar belgilangan: 10 “Hisobvaraqlardagi byudjet mablag‘lari”;
11 “Hisobvaraqlardagi byudjetdan tashqari mablag‘lar”;
12 “Kassa”;
13 “Boshqa pul mablag‘lari”;
14 “Moliyaviy qo‘yilmalar”.
2.Hisobvaraqlardagi byudjet mablag‘larining hisobi. Davlat byudjeti g‘azna ijrosi sharoitida byudjet tashkilotlari pul mablag‘lari G‘aznachilik va
uning xududiy bo‘limlarida ochilgan shahsiy hisobvaraqlarda yuritiladi. G‘azna ijrosiga o‘tmagan
byudjet tashkilotlari pul mablag‘lari banklarda ochilgan hisobvaraqlarida yuritilmoqda. Umumiy
ko‘rinishda hisobvaraqlardagi byudjet mablag‘larini quyidagicha aks ettirish mumkin(1-chizma).
1-chizma. Byudjet pul mablag‘lari hisobini yuritilishi. Byudjet tashkilotlarining byudjet mablag‘lari bo‘yicha shaxsiy hisobvaraqlarining ochilishi
moliya organlari tomonidan quyidagi hujjatlar asosida amalga oshiriladi:
a) byudjetdan mablag‘ oluvchining moliya organi rahbarining yoki uning o‘rnini bosuvchi
shaxsning ruxsat beruvchi yozuvi qo‘yilgan shaxsiy hisobvaraq ochish to‘g‘risidagi arizasi.
Agar, byudjetdan mablag‘ oluvchi bir vaqtning o‘zida yuridik shaxs maqomiga ega
bo‘lmagan, quyi byudjetdan mablag‘ oluvchilar uchun byudjet mablag‘larini taqsimlovchi bo‘lsa,
tegishli shaxsiy hisobvaraqlar ochish uchun bir nusxada ariza, unga ilova qilib xizmat
ko‘rsatiladigan quyi byudjetdan mablag‘ oluvchilarning ro‘yxati taqdim etiladi;
b) xarajatlar smetasi nusxasi, jumladan vaqtinchalik va aniqlangan hamda unga moliya
organlarining mansabdor shaxslari tasdiqlagan va moliya organlarining muhri qo‘yilgan zarur
hujjatlarning ilovalari bilan, Zaxira jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha xarajatlar smetalari
nusxalari.
Bunda, o‘rnatilgan tartibda o‘zining tasarrufida bo‘lgan, yuridik shaxs maqomiga ega
bo‘lmagan, quyi byudjetdan mablag‘ oluvchilarning xarajatlariga xizmat ko‘rsatish va hisobini
yuritishni amalga oshiradigan byudjetdan mablag‘ oluvchilar uchun ularning shaxsiy xarajatlarini
(shaxsiy xarajatlar smetasi asosida) hisobini yuritish uchun alohida shaxsiy hisobvaraq ochiladi va