Pul mablag‘lari hisobi yuritilishi
G‘aznachilik organlarida
ochilgan shahsiy
hisobvaraqlarda
Banklarda ochilgan
hisobvaraqlarda
xizmat ko‘rsatiladigan quyi byudjetdan mablag‘ oluvchilar uchun (umumiy xarajatlar smetalari
asosida) alohida har bir byudjet tasnifining paragrafi bo‘yicha shaxsiy hisobvaraqlar ochiladi;
v) kapital qurilish ob’ektlari bo‘yicha xarajatlarning oylik yoyilmasi, qurilishlarning
manzilli ro‘yxati (loyiha-tadqiqot ishlarining manzilli ro‘yxati) nusxasi, qurilishlarning titul
ro‘yxati nusxasi (kapital qurilish buyurtmachilari uchun);
g) bir nusxada yuqori tashkilot tomonidan yoki notarial tasdiqlangan moliyaviy hujjatlarga
imzo qo‘yish huquqiga ega bo‘lgan tashkilotning mansabdor shaxslarining imzo namunalari va
shaxsiy hisobvaraqlar bilan muomalalarni amalga oshirishdagi tashkilotning muhr izi tushirilgan
kartochkasi.
Shahsiy hisobvaraq ochilgandan keyin G‘aznachilik bo‘limlariga belgilangan tartibda naqt
pul va boshqa buxgalteriya xujjatlarini olish uchun moddiy javobgar shaxs nomiga ishonchnoma
rasmiylashtirilib taqdim etiladi. Bu ishonchnoma berilgan shaxs nomiga g‘aznachilik bo‘limlari
tomonidan naqt pul olish uchun chek rasmiylashtirilib beriladi yoki g‘aznachilik bo‘limlaridan
shahsiy hisobvaraqdan ko‘chirma va unga ilova qilingan xujjatlarni olishiga ruxsat beriladi.
Ma’lumki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-
sonli "Byudjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida"gi
qaroriga muvofiq, byudjetdan mablag‘ oluvchilarni Davlat byudjetidan xarajatlarning to‘rt guruhi
bo‘yicha moliyalashtirish tartibi belgilangan:
I. Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar (bolali oilalarga nafaqalar va kam ta’minlangan
oilalarga moddiy yordam, stipendiyalar va boshqalar);
II. Ish haqiga qo‘shimchalar;
III. Kapital qo‘yilmalar (Davlat investitsiya dasturida nazarda tutilgan manzilli ro‘yxatlarga
muvofiq);
IV. Boshqa xarajatlar (oziq-ovqat, dori-darmon, kommunal xizmatlar va boshqa xarajatlar).
Byudjetdan mablag‘ oluvchilarning I va II guruh bo‘yicha xarajatlar to‘lovi birinchi
navbatda amalga oshiriladi. Bunda, I guruh xarajatlarini II guruh xarajatlari to‘lovisiz amalga
oshirish taqiqlanadi.
Tegishli byudjet bo‘yicha I va II guruh xarajatlari to‘lovi uchun g‘azna hisobvaraqlarida
zarur mablag‘larni qoplaydigan qoldiqlar mavjud bo‘lganda, I va II guruh xarajatlarini to‘liq
amalga oshirgan tashkilotlar bo‘yicha IV guruh xarajatlarini amalga oshirishga ruxsat etiladi.
IV guruh "Boshqa xarajatlar" bo‘yicha mablag‘larning sarflanishi o‘rnatilgan limitlar
doirasida quyidagi navbatga rioya qilgan holda amalga oshiriladi:
- ovqatlantirish;
- dori-darmonlar;
- kommunal xizmatlar;
- boshqa xarajatlar.
Byudjet hisobvaraqlardan yuqorida keltirib o‘tilgan 4 xarajat guruxi to‘lab beriladi.
g‘aznachilik bo‘linmalari g‘azna hisobvaraqlaridan to‘lov topshiriqnomalar asosida tashkilot va
muassasalarni saqlash, markazlashtirilgan tadbirlarni o‘tkazish, kapital qo‘yilmalar va boshqa
maqsadlar uchun to‘lovlarning tasdiqlangan xarajatlar smetasi va kapital qo‘yilmalar limitlari
doirasida amalga oshiradi.
Buning uchun yuridik va moliyaviy majburiyatlar belgilangan tartibda ro‘yhatga olinadi va
to‘lab beriladi. Byudjet mablag‘lari hisobiga I va II guruh xarajatlari bo‘yicha moliyaviy
majburiyatlar ish haqi va unga tenglashtirilgan xarajatlar to‘lovi uchun naqd pul mablag‘larini
olishga so‘rovnoma, shuningdek ushbu guruhlar xarajatlari bo‘yicha to‘lov topshiriqnomalari
asosida ro‘yxatga olinadi.
Byudjet tashkilot ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, shuningdek xizmat safari
xarajatlarini to‘lash uchun naqd pul mablag‘lari olishga g‘aznachilik bo‘linmasiga byudjetdan
mablag‘ oluvchining rahbari va bosh hisobchisi imzosi bilan, ikki nusxada ish haqi va unga
tenglashtirilgan to‘lovlar, shuningdek xizmat safari xarajatlarini to‘lash uchun naqd pul
mablag‘lari olishga so‘rovnoma va unga to‘ldirilgan chek ilova qilingan holda taqdim qiladi.
Byudjetdan mablag‘ oluvchilar naqd pul olish uchun moddiy javobgar shaxs (kassir)ga
berilgan ishonchnomani g‘aznachilik bo‘linmalariga taqdim qiladilar.
Olinishi kerak bo‘lgan naqt pul g‘aznachilik bo‘limining banklardagi tranzit schyotiga
yagona g‘azna hisob raqamidan to‘lov topshiriqnomasi asosida g‘aznachilik tomonidan
o‘tkaziladi. To‘ldirilgan chek byudjet tashkiloti xodimi tomonidan bankka taqdim etiladi va bank
tomonidan chekda ko‘rsatilgan mablag‘ to‘lab beriladi. Naqd pul berilganidan so‘ng reyestrning
ikkinchi nusxasi (kassa chiqim jurnali) chek ijro etilganligi to‘g‘risidagi belgi qo‘yilgan holda
bank ko‘chirmasi bilan birga tegishli g‘aznachilik bo‘linmasiga qaytariladi. G‘aznachilik
bo‘linmasi bank ko‘chirmasi, reyestr va chekga asosan tegishli shaxsiy hisobvaraqda belgi qo‘yadi
va byudjet tashkilotiga uning shaxsiy hisobvarag‘idan ko‘chirma beradi, shu bilan birga byudjet
tashkiloti buxgalteriyasida keyingi hisoblarni yuritish uchun ish haqi va unga tenglashtirilgan
to‘lovlar, xizmat safari xarajatlarini to‘lash uchun berilgan so‘rovnomaning ikkinchi nusxasiga
"TO‘LANDI" belgisini qo‘yib byudjetdan mablag‘ oluvchiga qaytaradi.
III guruh xarajatlari bo‘yicha moliyaviy majburiyatlarning qabul qilinishi pudratchilarning
ish bajarilganligini tasdiqlovchi hisobvaraq-fakturalar asosida amalga oshiriladi.
G‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan pul mablag‘larini o‘tkazish quyidagi hollarda amalga
oshiriladi:
to‘lov topshiriqnomasida byudjet tasnifining tegishli kodlari, shartnoma, hisobvaraq-faktura,
avans miqdori va boshqa kerakli rekvizitlar to‘g‘ri ko‘rsatilganda;
qurilishlarning tasdiqlangan manzilli va titul ro‘yxatlari asosida va tegishli ob’ektlar
bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridagi mavjud ajratilgan byudjet mablag‘lari summalari
doirasida bo‘lganda;
agar to‘lov topshiriqnomasida ko‘rsatilgan summa g‘aznachilik bo‘linmasida ro‘yxatga
olingan shartnomaga asosan, oldin o‘tkazilgan mablag‘larni hisobga olgan holda, to‘lanishi lozim
bo‘lgan pul mablag‘laridan oshmaganda;
buyurtmachining pudratchi oldidagi kreditorlik qarzining mavjudligini tasdiqlovchi
hisobvaraq-faktura va hujjatlar, yoki buyurtmachining pudratchiga avans to‘lovlarini o‘tkazishi
lozimligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lganda;
to‘lov topshiriqnomasida ko‘rsatilgan pudratchining nomi va rekvizitlari shartnomada
ko‘rsatilgan pudratchining nomi va rekvizitlariga muvofiq bo‘lganda.
Bajarilgan ishlar uchun xarajatlar to‘lovi, jumladan avans to‘lovlarining to‘lanishi
o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan va buyurtmachilar tomonidan g‘aznachilik bo‘linmalariga
taqdim qilingan to‘lov topshiriqnomalari asosida amalga oshiriladi, bunda to‘lov
topshiriqnomasining "To‘lovchining nomi" ustunida g‘aznachilik bo‘linmasining nomi,
"To‘lovchining hisob raqami" ustunida - g‘azna hisobvarag‘i, "To‘lov maqsadi" ustunida -
byudjetdan mablag‘ oluvchining shaxsiy hisobvaraq raqami, byudjet tasnifining tegishli kodi,
to‘lovni o‘tkazishga asos bo‘ladigan hujjatlar, shuningdek to‘lov maqsadi ko‘rsatiladi.
IV guruh xarajatlari bo‘yicha moliyaviy majburiyatlar mahsulot yetkazib beruvchilarning
hisobvaraq-fakturalari yoki tovarlar yetkazib berilganligini (ishlar bajarilganligini, xizmatlar
ko‘rsatilganligini) tasdiqlovchi boshqa hujjatlar, yoki byudjetdan mablag‘ oluvchilarning
mahsulot yetkazib beruvchiga byudjet (byudjetdan tashqari) mablag‘larini (shu jumladan, avans
to‘lovlarini) o‘tkazishi lozimligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar asosida qabul qilinadi.
G‘aznachilik bo‘linmasi byudjetdan mablag‘ oluvchilarning to‘lov topshiriqnomalari
asosida g‘azna hisobvaraqlaridan IV guruh xarajatlari bo‘yicha xarajatlarni byudjetdan mablag‘
oluvchilarning xarajatlar smetalarining tegishli moddalarida nazarda tutilgan ajratilgan byudjet
mablag‘lari limitlari doirasida amalga oshiradi.
Byudjetdan mablag‘ oluvchilarning xarajatlari to‘lovi to‘lov topshiriqnomalari bilan
quyidagi talablarga rioya qilingan holda amalga oshiriladi:
byudjetdan mablag‘ oluvchilarning IV guruh xarajatlarining tegishli moddalari bo‘yicha
byudjet mablag‘lari qoldiqlari summalari doirasida;
agar to‘lov topshiriqnomasida ko‘rsatilgan summa g‘aznachilik bo‘linmasida ro‘yxatga
olingan shartnomaga muvofiq to‘lanishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari summasidan oshmasa;
hisobvaraq-faktura yoki tovar (ish, xizmat)lar yetkazib berilganligini tasdiqlovchi boshqa
hujjatlar mavjud bo‘lganda va byudjetdan mablag‘ oluvchining mahsulot yetkazib beruvchi
oldidagi qarzdorligini, shuningdek byudjetdan mablag‘ oluvchini mahsulot yetkazib beruvchiga
byudjet (byudjetdan tashqari) mablag‘larini (shu jumladan, avans to‘lovlarini) o‘tkazishi
lozimligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lganida;
to‘lov topshiriqnomasida ko‘rsatilgan mahsulot yetkazib beruvchining, shuningdek
byudjetdan mablag‘ oluvchilarning nomi va rekvizitlari shartnoma va hisobvaraq-fakturada yoki
tovar (ish, xizmat)lar yetkazib berishni tasdiqlovchi boshqa hujjatlarda mahsulot yetkazib
beruvchining, shuningdek byudjetdan mablag‘ oluvchilarning nomi va rekvizitlariga muvofiq
bo‘lganida.
Xarajat guruxlari bo‘yicha to‘lov topshiriqnomalariga asosan to‘lovlar amalga oshirilgandan
keyin g‘aznachilik bo‘limlari quyidagi shakldagi to‘lov topshiriqnomalari ilova qilingan shahsiy
hisobvaraqdan ko‘chirmani byudjet tashkilotlariga taqdim etadi.
Byudjet tashkilotlariga g‘aznachilik bo‘limlari tomonidan byudjet mablag‘lari bo‘yicha
shahsiy hisobvaraqda muomala amalga oshrilgan kun uchun ko‘chirmalar taqdim etiladi. Ushbu
ko‘chirmalarga asosan byudjet tashkilotlari buxgalteriyasida tegishli buxgalteriya yozuvlari
berilib 2- memorial order – byudjet mablag‘larining xarakatiga doir jamlanma qaydnoma 381-
shakl rasmiylashtiriladi. 2-memorial orderga asosan yozuvlar 308 –son shakldagi Bosh jurnal
kitobiga tushiriladi. 308-son shakldagi bosh jurnal kitobidan tegishli hisobot shakllari
rasmiylashtiriladi
Byudjet mablag‘lari bo‘yicha shahsiy hisobvaraqlarda kun oxiriga qoldiq bo‘lmaydi. Yani
byudjetdan moliyalashtirish amalga oshirilganda tegishli yozuvlar bilan 232 “Byudjetdan
moliyalashtirish” subschyoti bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. G‘azna ijrosiga o‘tmagan
byudjet tashkilotlari byudjet pul mablag‘lari bo‘yicha muomalalar banklarda ochilgan
hisobvaraqlarda amalga oshiriladi. Bu hisobvaraqlarda ham hisoblashuvlar to‘lov topshirig‘i
orqali amalga oshiriladi. Byudjet pul mablag‘lari hisobvarag‘ida muomalalar amalga oshirilgan
kun oxiriga hizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan hisob schyotidan ko‘chirma taqdim etiladi. Bu
ko‘chirmaga asosan byudjet tashkiloti buxgalteriyasi tomonidan tegishli yozuvlar berib 2-
memorial order – Byudjet mablag‘larining xarakatiga doir jamlanma qaydnoma 381-shakl
rasmiylashtiriladi. 2-memorial orderga asosan yozuvlar 308 –son shakldagi Bosh jurnal kitobiga
tushiriladi. 308-son shakldagi bosh jurnal kitobidan tegishli hisobot shakllari rasmiylashtiriladi.
Dostları ilə paylaş: |