(kontraktlar), qonun hujjatlari (misol uchun yig‘imlar, badallar, soliq va boshqa majburiy to‘lovlar
bo‘yicha yuridik majburiyatlar) asosida yuzaga keladi.
Byudjet tashkilotlari tomonidan qabul qilinadigan yuridik majburiyatlar hajmi, belgilangan
tartibga ko‘ra, ular iqtisodiy tasnifning tegishli moddalari bo‘yicha xarajatlar smetalarida nazarda
tutilgan, ajratilgan byudjet mablag‘lari bilan, kapital qo‘yilmalar xarajatlari bo‘yicha esa - har bir
ob’ekt
bo‘yicha
o‘rnatilgan
tartibda
tasdiqlangan
kapital
qo‘yilmalar
bilan
chegaralanadi.G‘aznachilik bo‘limlarida I va II guruh xarajatlari bo‘yicha yuridik majburiyatlar
ish haqi va unga tenglashtirilgan xarajatlarni to‘lash uchun naqd pul olishga so‘rovnomalar asosida
ro‘yxatga olinadi.III va IV guruh xarajatlari bo‘yicha yuridik majburiyatlar belgilangan tartibda
tuzilgan shartnomalar asosida ro‘yxatga olinadi.
Byudjet tashkilotlarini byudjet mablag‘lari hisobidan shartnomalari faqat xarajatlarni
qoplashga manbaning mavjudligi to‘g‘risidagi tasdiqnoma va ushbu maqsadlarga ajratilgan
byudjet mablag‘lari (limitlari) mavjud bo‘lgan xarid hajmigagina tuzilishi mumkin.
Debitorlik va kreditorlik qarzlar bo‘yicha kelishmovchiliklar mavjud bo‘lgan taqdirda
tashkilot ularni bartaraf etish maqsadida tushunmovchiliklar haqidagi materiallarni tegishli
idoralarga taqdim etishi shart.
Qarzdorning undiruv qaratilishi mumkin bo‘lgan mol-mulki yoki daromadlari yo‘qligi
tufayli ijro hujjatlari tashkilotga qaytarilgan taqdirda, ushbu qarzlar tashkilot
rahbari ruxsati bilan
belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi.
Da’vo muddati o‘tgan debitorlik qarzlar tashkilot rahbarining ruxsati bilan amaldagi
xarajatlarni oshirish bo‘yicha hisobdan chiqariladi va bu haqda 10 kun muddatda tegishli moliya
organiga xabar qilinadi.
Da’vo qilish muddati tugagan byudjet mablag‘lari bo‘yicha yuzaga kelgan deponent qilingan
qarz summalari tashkilot moliyalashtiriladigan (xarajatlari amalga oshiriladigan) tegishli byudjet
daromadiga da’vo qilish muddati tugagan oydan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay
kiritilishi kerak.
Bunda, da’vo qilish muddati tugagan, byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha yuzaga
kelgan deponent qilingan daromad sifatida aks ettiriladi.
Da’vo qilish muddati tugagan boshqa kreditorlik qarzlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi tomonidan belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi.[5]
Umumiy qilib byudjet tashkilotlarida debitorlar va kreditorlar hisobini yuritishning
hususiyatlarini quyidagicha tavsiflash mumkin:
1. Yuridik va moliyaviy majburiyatlar G‘aznachilik va uning hududiy bo‘limlarida ro‘yxatga
olinishi;
2. Tovar (ish, xizmat)lar yetkazib berish bo‘yicha mol yetkazib
beruvchi va pudratchilar
bilan tuziladigan shartnomalarida oldindan to‘lov 15 foiz miqdorda belgilanishi;
3. Tovar (ish, xizmat)lar yetkazib berish bo‘yicha mol yetkazib beruvchi va pudratchilar
bilan tuziladigan shartnomalar summasi 300 AQSh dollari miqdorigacha bo‘lsa tanlov
o‘tkazilmasdan to‘g‘ridan - to‘g‘ri shartnomalar tuzish;
4. Tovar (ish, xizmat)lar yetkazib berish bo‘yicha mol yetkazib beruvchi va pudratchilar
bilan tuziladigan shartnomalar summasi 300 AQSh dollaridan 100
ming AQSh dollariga teng
miqdorigacha bo‘lsa tanlov o‘tkazilib(birja savdolari ma’lumotlari asosida) shartnomalar tuzish;
5. Moliyaviy majburiyatlarni g‘aznachilik bo‘limlari tomonidan to‘lab berilishi va
boshqalar.
Byudjet tashkilotlarida debitorlar va kreditorlar hisobini yuritishda buxgalteriya hisobi
oldiga quyidagi vazifalar qo‘yiladi:
o Debitorlar va kreditorlar hisobini qonunchilik talablari bo‘yicha tashkil etish;
o Debitorlar va kreditorlar hisobini o‘z vaqtida buxgalteriya birlamchi, yig‘ma, hisob
registrlarida aks ettirib borish;
o Tovarlar(ish va xizmatlar) yetkazib berish bo‘yicha
mol yetkazib beruvchilar va
pudratchilar bilan tuziladigan shartnomalarni belgilangan tartibda rasmiylashtirib to‘lov grafiklari
tuzib ro‘yxatdan o‘tkazish uchun g‘aznachilik bo‘limlariga taqdim etish;