Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi, uning davlat moliya tizimidagi o’rni va ahamiyati



Yüklə 68,78 Kb.
səhifə1/5
tarix11.11.2023
ölçüsü68,78 Kb.
#131667
  1   2   3   4   5


Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi, uning davlat moliya tizimidagi o’rni va ahamiyati


Mundarija
Kirish

  1. Byudjetdan tashqari Pensiya Jamg’armasining tashkiliy tuzilishi, asosiy vazifalari va funksiyalari

  2. Pensiya Jamg’armasi daromadlarini shakllanish manbalari va ularning tahlili.

  3. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibini yanada takomillashtirishga yo’naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to’g’risida»gi Qarorining ahamiyati.

Xulosa
Foydalanilgan Adabiyotlar Ro’yxati


Kirish
“O’zbekistonda olib borilayotgan davlat siyosatining g’oyat muhim yo’nalishi bo’lgan ijtimoiy sohani isloh qilish bo’yicha qabul qilingan dasturlar ijrosi ham bosqichma-bosqich ta’minlanmoqda.”1
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan ishlab chiqilgan O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida ham “Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari” deb nomlangan to’rtinchi yo’nalish ko’zda tutilgan. Ushbu yo’nalish, jumladan fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va ularning salomatligini saqlash aholining muhtoj qatlamlariga ko’rsatiladigan ijtimoiy yordam sifatini oshirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi maqomini oshirish, sog’liqni saqlash sohasini isloh qilish”2 chora-tadbirlarini amalga oshirishni nazarda tutadi.
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining mablag’larini shakllantirish va ulardan samarali foydalanish, qonunchligini takomillashtirish masalalari bugungi kunning dolzarb muammosi hisoblanadi. O’zbekiston dunyo aholisi muayyam o’suvchi davlatlar qatoriga kiradi. Respublika aholisining tarkibida yoshlar katta qismini egallashiga qaramasdan, keksalar soni o’sishi bir maromda saqlanib qolmoqda. Mustaqillik yillarida aholining o’rtacha umr ko’rish darajasi yanada yaxshilanib, o’sish tendensiyaga ega bo’lmoqda. Shu sharoitda o’z navbatida, ijtimoiy sug’urta masalalarini taqqoslaganda e’tiborni ko’proq berib, shundan pensiya tizimiga bog’liq masalalar alohida ijtimoiy iqtisodiy ahamiyat kasb etmoqda. Yuqoridagi sabablarga ko’ra, davlatimizda pensiya tizimini ijtimoiy siyosatning yuqori ko’rsatkichlaridan biri sifatida ko’rilmoqda. O’zbekistonda aholining yuqori turmush darajasini ta’minlash va kuchli ijtimoiy siyosat amalga oshirishga asoslangan demokratik ja’miyat qurish singari maqsadli vazifa qo’yilar ekan, bunda davlat maqsadli jamg’armalarining, asosan byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining hozirgi va kelajakdagi rivojlanishining hisobga olmaslikning iloji yo’q. O’zbekistonda pensiya ta’minoti aholini ijtimoiy himoya qilish tizimining asosiy tarkibiy qismlaridan biri, sababi u deyarli hamma fuqarolarning umrlik huquqlari bilan bog’liq ekan, fuqarolar mehnat qobiliyatini yo’qotganda shu tizim orqali ijtimoiy himoyalanadi.


Yüklə 68,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin