Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi, uning davlat moliya tizimidagi o’rni va ahamiyati


Byudjetdan tashqari Pensiya Jamg’armasining tashkiliy tuzilishi, asosiy vazifalari va funksiyalari



Yüklə 68,78 Kb.
səhifə2/5
tarix11.11.2023
ölçüsü68,78 Kb.
#131667
1   2   3   4   5
1. Byudjetdan tashqari Pensiya Jamg’armasining tashkiliy tuzilishi, asosiy vazifalari va funksiyalari
Qattiq nazorat qilinadigan pensiya yoshi, pensionerlar soni va sug’urta badallarini to’lovchilar soni o’rtasidagi nisbat pensiya ta’minotini tartibga soluvchi asosiy ko’rsatkichlar hisoblanadi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti prognozlariga ko’ra XXI asr o’rtalariga kelib Yer shari aholisi soni 9 mlrd. kishidan oshib ketadi. Shu bilan bir qatorda tug’ilish darajasi o’rtacha ko’rsatkichga qadar pasayib 0,215 promilleni tashkil etishi, kutilayotgan umr davomiyligining o’rtacha ko’rsatkichi, 76 yoshni, rivojlangan mamlakatlarda esa 80 yoshdan oshib ketishi bashorat qilinmoqda.
1992 YIL 8 dekabrdagi O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o’n birinchi sessiyasi o’n ikkinchi chaqirig’ida qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 39-moddasida: “Har kim qariganda, mehnat layoqatini yo’qotganda, shuningdek boquvchisidan mahrum bo’lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega. Pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordam boshqa turlarining miqdori rasman belgilab qo’yilgan tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz bo’lishi mumkin emas” deb ko’rsatilgan. Amaldagi Soliq Kodeksi: Pensiya jamg’armasiga undiriladigan majburiy to’lovlar va ajratmalarni belgilash, joriy etish, hisoblab chiqarish hamda Pensiya jamg’armasiga to’lash bilan bog’liq munosabatlarni tartibga soladi; yagona ijtimoiy to’lovni va sug’urta badallarini hisoblab chiqarish hamda to’lash tartibini; Pensiya jamg’armasiga majburiy ajratmalarni hisoblab chiqarish, ularning hisob-kitoblarini taqdim etish va ularni to’lash tartibini; Pensiya jamg’armasiga to’langan majburiy to’lovlar va ajratmalar bo’yicha taqdim etiladigan hisobotlarning muddatlari va tartibini belgilaydi.
Rivojlangan mamlakatlarda aholi sonining har yili o’rtacha 0,2 foizga qisqarib borishi XXI asr o’rtalariga kelib Evropa aholisining yarmi pensionerlardan iborat bo’lishi mumkinligini ko’rsatadi. Bu esa mehnatga layoqatli aholi uchun bog’liqlik koeffitsietining kamayishiga olib keladi. «Misol uchun, 2040 yilga borib har bir frantsuz ishchisiga bir nafardan pensioner to’g’ri kelishi mumkinligi bashorat qilinmoqda. Ushbu nisbat har qirq yilda o’zgarib borgan, jumladan, 2000 yilda ikki nafar ishchiga bir nafar pensioner to’g’ri kelgan bo’lsa, 1960 yilda to’rt nafar ishchiga bir nafar pensioner to’g’ri kelgan»3. Pensiya badallari to’planishi qattiq nazorat kilinmasa pensiya to’lovlarida davlat moliya tizimi uchun jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi. «Taqsimotga asoslangan pensiya tizimi bir pensionerga 3-4 nafar ishlovchi to’g’ri kelgan vaqtdagina samarali hisoblanadi. Sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarning aksariyatida XX asr boshlarida 65 va undan katta yoshdagi aholiga 4-5 nafardan mehnatga layoqatli aholi to’g’ri kelgan bo’lsa, 2020-2025 yillarga borib ushbu nisbat Evropa mamlakatlarida 1/2,5, AQShda esa 1/3,5 ni tashkil etishi kutilmoqda»4. «AQShda pensiyaga chiqish yoshini bosqichmabosqich uzaytirish jarayoni 1983 yildan boshlangan bo’lib, ushbu ko’rsatkich 67 yoshgacha uzaytiriladi. Buyuk Britaniyada pensiyaga chiqish ayollar uchun 65 yosh, keyinchalik 2024-2046 yillarda ayollar va erkaklar uchun pensiya yoshi 68 yoshga qadar uzaytiriladi».
O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining “Davlat ijtimoiy sug’urtasi” deb nomlangan XVI bobda fuqarolarning pensiya ta’minoti va ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha huquqlari, shuningdek, davlat ijtiomiy sug’urtasi bo’yicha beriladigan nafaqalar, davlat pensiyalari, ularning turlari aks ettirilgan. Mehnat Kodeksiga ko’ra: – yoshga doir pensiya sug’urta qilingan xodimlarga umumiy asoslarda: erkaklar 60 yoshga to’lgan bo’lib, umumiy mehnat staji 25 yildan kam bo’lmagan taqdirda, ayollar 55 yoshga to’lgan bo’lib, umumiy mehnat staji 20 yildan kam bo’lmagan taqdirda tayinlanadi; – nogironlik pensiyasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda I va II guruh nogironlari deb topilgan, sug’urta qilingan xodimlarga: mehnatda mayib bo’lganligi yoki kasb kasalligiga chalinganligi tufayli – mehnat faoliyatining muddatidan qat’i nazar; boshqa sabablar tufayli – muddati sug’urta qilingan xodimning nogironlik ro’y bergan vaqtdagi yoshiga bog’liq tegishli umumiy mehnat stajiga ega bo’lgan taqdirda tayinlanadi;
– boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi mehnatda mayib bo’lish yoki kasb kasalligi tufayli vafot etgan boquvchining mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolariga, uning mehnat faoliyatining muddatidan qat’i nazar tayinlanadi, agar u boshqa sabablar natijasida vafot etgan bo’lsa, shunga muvofiq keladigan umumiy mehnat stajiga qarab tayinlanadi, bunday mehnat stajining muddati sug’urta qilingan xodimning vafot etgan kuniga qadar bo’lgan yoshiga bog’liq bo’ladi.
Pensiya jamg’armasi faoliyati O’zbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentyabrdagi “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-1252-sonli Qarori, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-sentyabrdagi “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibini yanada takomillashtirishga yo’naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to’g’risida” 252-sonli Qarori va boshqa huquqiy-me’yoriy hujjatlar asosida tartibga solinadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 28-dekabrdagi “Ulug’ vatan urushi yillarida harbiy majburiyatlarini bajargan yoki mamlakat ichkarisida ishlagan shaxslarga pensiyalarni to’lash tartibi to’g’risida”gi PF-1334-sonli Farmoni muvofiq Ulug’ Vatan urushi yillarida harbiy majburiyatlarini bajargan yoki mamlakat ichkarisida ishlagan, hozirda ham ishlab turgan pensionerlarga 1996 yil 1 yanvardan boshlab O’zbekiston Respublikasi hududida pensiyalar to’liq miqdorda to’lanadigan bo’ldi.
Bizga ma’lumki har bir tizimni taribga solish uchun qonuniy-me’yoriy asoslari boladi. Xususan davlat pensiya ta’miotining ham bir qancha qonuniyhuquqiy asoslari mavjud bo’lib, bular pensiya ta’minotini faoliyat ko’rsatishi uchun, ushbu faoliyat ustidan nazorat o’rnatish uchun muhim richak vazifasini o’taydi. Ushbu hujjatlarning asosiylarini biz quyidagi jadvalda ko’rishimiz mumkin (1-jadval).
Davlat pensiyalari va ijtimoiy nafaqalarni tayinlashning huquqiy asosini tashkil qiluvchi asosiy hujjatlar5



Hujjat nomi

1

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

2

O’zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi 1993-yil 3-sentyabrdagi 938-XII-sonli Qonuni

3

O’zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning jamg’arib boriladigan pensiya ta’minoti to’g’risida”gi 2004-yil 2-dekabrdagi 702-II-sonli Qonuni

4

O’zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksi

5

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4161sonli Farmoni

6

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to’g’risida”gi 2017-yil 20-noyabrdagi PF-5245-sonli Farmoni

7

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947sonli Farmoni

8

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasining 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari va Davlat byudjeti parametrlari to’g’risida”gi 2016yil 26-dekabrdagi PQ-2699-sonli Qarori

9

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2010-yil 19-fevraldagi 30-sonli Qarori

10

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga hamda O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish haqida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida” 2011-yil 7-apreldagi 107-sonli Qarori

11

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibini yanada takomillashtirishga yo’naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to’g’risida”gi 2011-yil 8-sentyabrdagi 252-sonli Qarori

12

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to’lash tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2013-yil 15-fevraldagi 44-sonli Qarori

13

O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining “Davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha nafaqalar tayinlash va to’lash tartibi to’g’risida nizomni tasdiqlash haqida” 2002-yil 1-apreldagi 21-sonli Buyrug’i

14

O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining “Imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko’rsatkichlar ro’yxatlarini qo’llash tartibi to’g’risidagi yo’riqnomani tasdiqlash haqida” 2011-yil 25-yanvardagi 2-Q, 5-sonli Qarori

Keksalarning hayot darajasi va sifatini yanada yaxshilash, ularni moddiy va ma’naviy qo’llab-quvvatlash ko’lamini kengaytirish, yoshi ulug’ insonlar, ayniqsa, 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylariga ijtimoiy, pensiya ta’minoti va tibbiy xizmat ko’rsatishni takomillashtirish, oila va jamiyatda, yoshlarni o’zbek xalqining ko’p asrlik qadriyat va an’analari ruhida tarbiyalashda keksalarning o’rnini mustahkamlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 18-fevraldagi “Keksalarni e’zozlash yili davlat dasturi to’g’risida”gi PQ2302-sonli Qarori qabul qilindi. Ushbu dastur asosida Pensiya jamg’armasiga ham ma’lum vazifalar yuklatildi. 100 yoshga to’lgan pensionerlarga etarlicha e’tibor ko’rsatishni kuchaytirish va ularni moddiy qo’llab-quvvatlash; pensionerlarni ijtimoiy muhofaza qilish; keksalar uchun pensiya tayinlashning eng qulay tizimini joriy etish. Bunday tizim Pensiya jamg’armasining amaldagi axborot tizimi negizida pensiya tayinlash jarayonida ishtirok etuvchi davlat organlari o’rtasida ma’lumotlarni elektron tarzida ayirboshlashning integratsiyalashgan tizimini yaratish hamda 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti veteranlariga eng qulay turmush sharoitlarini yaratish va ularni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash imkonini beradi.


O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 39-moddasida har kim qariganda, mehnat layoqatini yo’qotganda, boquvchisini yo’qotganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega, deb belgilangan. Har bir fuqaro ana shu konstitutsiyaviy huquqlardan foydalangan holda jamiyat tomonidan ularga ko’rsatilayotgan ijtimoiy ta’minotdan foydalanishi mumkin. Har bir jamiyatda aholi daromadlari siyosati pensiya qonunchilik hujjatlarda belgilangan quyidagi tamoyillar asosida yuritiladi:
- pensiya tizimida ijtimoiy adolat;
- ijtimoiy hamkorlik va aholining barcha qatlamlarining birdamligi;
- fuqaroning moddiy ahvoli uchun shaxsiy mas’uliyat;
- mehnat huquqi va uni munosib rag’batlantirish;
- kasbiy uyushmalar huquqi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 30-dekabrdagi “Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish choratadbirlarito’g’risida”gi Farmoni pensiya ta’minoti tashkiliy tizimini yanada takomillashtirish imkonini berdi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 30 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xuzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-1252-sonli qaroriga asosan Moliya vazirligi xuzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga pensiya ta’minotini amalga oshirish bilan bog’liq barcha vakolatlar to’liq o’tkazildi. Mazkur hujjatda Pensiya jamg’armasi tomonidan pensiya va ijtimoiy nafaqalarni o’z vaqtida, to’liq miqdorda moliyalashtirish, to’lovlar ustidan monitoring yuritish, pensiya ta’minotiga yo’naltiriladigan mablag’larning maqsadliligi va nazoratini kuchaytirish borasida bir qator vazifalar belgilab berildi. 2011 yil yanvardan pensiya qonunchiligiga pensiyalar miqdorining Pensiya jamg’armasi mablag’larini shakllantirishda fuqarolar hissasiga bog’liqligini kuchaytirishga qaratilgan qator o’zgartishlar kiritildi. Ayrim toifadagi shaxslarning pensiya ta’minoti huquqi, ish stajini hisoblab chiqishda mehnat faoliyatining ba’zi davrlarini hisobga olish optimallashtirildi. Ijtimoiy adolatni kuchaytirish maqsadida yoshga doir pensiya tayinlash uchun mehnat stajining eng kam chegarasi belgilandi.
Respublikamizda keksalarning hayot darajasi va sifatini yanada yaxshilash, ularni moddiy va ma’naviy qo’llab-quvvatlash ko’lamini kengaytirish, yoshi ulug’ insonlar, ayniqsa, 1941 - 1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylariga ijtimoiy himoya, pensiya ta’minoti va tibbiy xizmat ko’rsatishni takomillashtirish, keksalarning o’rnini mustahkamlash maqsadida 2015 yil 18 fevralda O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining «Keksalarni e’zozlash yili» davlat dasturi to’g’risida»gi 2302-son Qarori qabul qilindi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda O’zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining fuqarolar pensiya ta’minoti masalalari uchun mas’ul bo’linmalaridagi fuqarolarning pensiyaga oid hujjatlari yig’majildlari, buxgalteriya hujjatlari, arxivlar, ularga tegishli binolar (xonalar) va mol-mulklar belgilangan tartibda xatlovdan o’tkazilishi va Pensiya jamg’armasi bo’linmalariga topshirilishini ta’minlandi. Xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, Pensiya jamg’armasining yangi tashkil etilayotgan bo’linmalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish bo’yicha tadbirlar tasdiqlandi.
O’zbekiston Respublikasi pensiya tizimida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi alohida o’rin tutadi. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining moliyaviy barqarorligiga, normativ-huquqiy bazasiga hamda joylarda aholiga hizmat ko’rsatuvchi bo’linmalarning moddiy-texnik mustahkamlanishiga alohida e’tibor qaratiladi. Fuqarolarning pensiya ta’minoti xarajatlarini optimallashtirish, mablag’larning maqsadli sarflash va pensiya to’lovlari ustidan nazorat kuchaytiriladi.
Quyidagi rasmda byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining maqsadlari berilgan.


Yüklə 68,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin