Byujet hisobi va g`aznachilik



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə1/7
tarix17.04.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#125495
  1   2   3   4   5   6   7
O


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI



TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

BYUJET HISOBI VA G`AZNACHILIK” FAKULTETI


IQTISODIYOT NAZARIYASI
fanidan

KURS ISHI


MAVZU: O'zbekistonda milliy valyutaning muomalaga kiritilinishi va uning mamlakat iqtisodiyotiga ta'siri.


BAJARDI: BBI_71 guruh talabasi To’xtamishov Hasan
ILMIY RAHBAR: Nazarova K.S


TOSHKENT – 2023
MUNDARIJA:
Kirish...............................................................................................................3

  1. Pul va uning kelib chiqishi.....................................................….......5

  2. Pulning vazifalari va mohiyati...........................................................8

  3. O’zbekistonda milliy valyuta so’mning kiritilishi…........................11

  4. O’zbekistonda milliy valyutani mustahkamlash vazifalari………...14

Xulosa…..............................................................................................….......17
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.....................................................…....18

Kirish


O’zbekiston mustaqillikni qo’lga kiritganidan buyon 29 yil mobaynida mamlakatimiz o’z taraqqiyotida ulkan yutuqlarga erishdi. Ro’y berayotgan o’zgarishlar, amalga oshirilayotgan islohotlar, erishilayotgan yutuqlar yurtimiz iqtisodiy qudratining muttasil oshayotgani, xalqimiz turmush farovonligining yanada yuksalib borayotganida ham o’z ifodasini topmoqda. Iqtisodiy islohotlarning o’zbek modeli berayotgan yuksak samaralar jahonda keng e’tirof etilmoqda.
Respublikamiz hukumati o’sha davrdayoq mamlakat iqtisodiyotini jahon iqtisodiy hamjamiyatiga integratsiyalashuvini ta’minlashni o’z oldiga muhim vazifalardan biri sifatida qo’ydi. Bunda asosiy e’tibor murakkab iqtisodiy vaziyat yuzaga kelgan bir sharoitda aholini ijtimoiy muhofaza qilishni ko’zda tutgan holda iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirishga qaratildi. Bu xarakatlar birinchi navbatda iqtisodiyotning ichki imkoniyatlari va dunyo bozori konyunkturasini hisobga olib, mamlakatimizning jahon mehnat taqsimotida o’ziga xos mavqeni egallashiga yo’naltirildi. Respublikamizda islohotlarning keyingi bosqichidagi vazifalarga mos ravishda valyuta siyosati ham takomillashtirib borilmoqda. Xozirgi bosqichda ichki valyuta bozorini yanada erkinlashtirish hamda milliy valyutamizning joriy xalqaro operatsiyalar bo’yicha erkin konvertatsiyasini joriy etishga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Shuni ham ta’kidlab o’tish lozimki, hozirgi kunda milliy valyuta tizimini rivojalantirish dolzarb ahamiyatga ega bo’lib kelmoqda. Chunki milliy valyutaning rivojini ta’minlash, uning barqarorligini oshirish mamlakat iqtisodiyotida, shuningdek, uning rivoji va davlatlararo o’z o’rniga ega bo’lishida juda muhim hisoblanadi.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin