Zarur ko‘nikmalar
Ikki yo‘nalishli ro‘yxat bilan ishlash uchun ko‘rsatkichlar va strukturalar bilan ishlash ko‘nikmalari zarur. Dasturda ko‘rsatkichga ko‘rsatkich bilan bog‘liq murakkab kostruksiyalar ishlatiladi (masalan, manzilini o‘z navbatida boshqa ko‘rsatkich saqlovchi ko‘rsatkich saqlanadigan manzilni o‘z ichiga oluvchi o‘zgaruvchiga biror qiymat o‘zlashtirishda). Bu dasturda “->” buyrug‘i ishlatiladi. Bu buyruq strukturaning bir qismi bo‘lgan, manzili shu buyruq tadbiq etilayotgan ko‘rsatkich bo‘lgan o‘zgaruvchini aniqlaydi (qaytaradi). Agar buyruq aniqlagan o‘zgaruvchi strukturaga ko‘rsatkich bo‘lsa, u holda unga shu buyruqning o‘zi yana tadbiq qilinishi mumkin. Buning oqibatida ko‘p o‘tishlardan iborat uzun konstruksiyalar paydo bo‘ladi.
Yechish Shakli
Mazkur dasturning shaklida ro‘yxatning mazmunini ekranga chiqarish uchun maydon va element qo‘shish, elementni o‘chirish, barcha elementlarni aks ettirish yoki o‘chirish imkonini beruvchi barcha funksional tugmachalar joylashgan bo‘lishi kerak. Satrlarni chiqarish maydonini ma’noli birlashtirish maqsadida yangi element uchun «Dobavit» tugmachasi bilan birga shu tugmachaga mos nomli, ham kiritish maydoni, ham tugmachadan iborat guruh tuzilgan.
Dostları ilə paylaş: |