7 - misol: «Ko‘rsatkichlardan foydalanuvchi ro‘yxatlar»
Dastur tasnifi Mazkur dasturda mustaqil ravishda dasturchilar tomonidan teztez ishlatiladigan, «Ikki yo‘nalishli ro‘yxat» konstruksiyasini tuzishga to‘g‘ri keladi. Bu konstruksiya nomer bo‘yicha tartiblangan strukturalar majmuini bildiradi. Unda har bir struktura o‘z tarkibida to‘plamning yaqin o‘zgaruvchilariga ikkitadan ko‘rsatkichga ega bo‘ladi. Tabiiyki, struktura bu ko‘rsatkichlardan tashqari dastur uchun ba’zi foydali ma’lumotlarga ham ega bo‘ladi.Bu misol uchun masala quyidagicha qo‘yiladi: Foydali ma’lumotlar sifatida belgilar qatorini qamrab oluvchi, ikki yo‘nalishli ro‘yxat hosil qilish imkoniga ega struktura, hamda ro‘yxatga elementlar qo‘shuvchi va ro‘yxatdan elementlarni o‘chiruvchi protseduralar tuzilsin. Bu protseduralar tugmachalar bilan biriktirilsin va ro‘yxatda saqlanuvchi ma’lumotlarni chiqarish ta’minlansin.
Muammolar
Dinamik xotira bilan ishlashda zaxiralangan ma’lumotlar blokining o‘z vaqtida bo‘shatilishini nazorat qilib borish, ya’ni bunday protsedurani nazarda tutish, zarur. Bundan tashqari, dasturni tugatishdan oldin xotiraning barcha zaxiralangan bloklari bo‘shatilishi kerak. Buning uchun «Shakllarni yopish» - «Закрытие формы» (FormClose) xodisalarni qayta ishlash protsedurasidan xotirani bo‘shatish protsedurasini chaqirish zarur.
Dostları ilə paylaş: |