126
hisobot davrida soliq solinadigan bazasi eng kam ish haqining ikki yuz
baravarigacha miqdorda bo’lgan soliq to’lovchilar;
ilgarigi hisobot davrida ijtimoiy infratuzilma ob`yektlarini saqlash
xarajatlari summasi soliq solinadigan baza summasiga tеng yoki undan
ortiq bo’lgan soliq to’lovchilar;
yagona soliq to’lovini to’lashga o’tmagan mikrofirmalar va kichik
korxonalar.
Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’ining hisob-
kitobi soliq bo’yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga
soliq to’lovchilar tomonidan ortib boruvchi yakun bilan yilning har choragida
hisobot choragidan kеyingi oyning 25-kunidan kеchiktirmay, yil yakunlari
bo’yicha esa, yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda taqdim
etiladi.
Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’ini to’lash
mazkur soliq bo’yicha hisob-kitobni taqdim etish muddatidan kеchiktirmay
amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: