139
Byudjet tuzilishi
– byudjet tizimini tashkil etish, uni tuzish prinsiplari.
Byudjet tuzilishi davlat byudjeti va mamlakat
byudjet tizimining tashkil
etilishini, uning alohida bo’g’inlari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni, byudjet
tizimiga
kiruvchi
byudjetlarning
faoliyat
yuritishi
huquqiy
asoslarini,
byudjetlarning
tarkibiy tuzilishini, byudjet mablag’larini shakllantirish va
foydalanish tartib-taomillarini va boshqalarni bеlgilaydi.
Byudjet xarajatlari
– davlat va mahalliy o’zini o’zi
boshqarish
organlarining vazifa va funksiyalarini bajarish uchun yo’naltirilayotgan pul
mablag’lari; davlat pul mablag’lari fondini taqsimlash va uni tarmoq, maqsadli
va hududiy yo’nalishlarda foydalanish yuzasidan
vujudga kеladigan iqtisodiy
munosabatlar.
Byudjetdan mablag’ ajratish
– turli darajadagi byudjetlardan tasdiqlangan
xarajatlar
paramеtrlariga
binoan
va
davlat
oldida
turgan
vazifalarni
moliyalashtirishga mo’ljallangan pul mablag’lari.
Dostları ilə paylaş: