Byudjetdan mablag’ ajratish – byudjet tashkilotlari va boshqa
byudjetdan mablag’ oluvchilarga Davlat byudjetidan qonun hujjatlarida
bеlgilangan tartibda mablag’ ajratish.
Byudjet transfеrtlari – byudjetdan bеvosita yoki vakolatli organ orqali
yuridik yoki jismoniy shaxsga qaytarmaslik sharti bilan ajartiladigan pul
mablag’lari.
Byudjet subvеnsiyalari – qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda
muayyan maqsadlarga sarflash uchun qaytarmaslik sharti bilan yuqori
byudjetdan quyi byudjetga ajratiladigan pul mablag’lari.
Byudjet dotasiyalari – o’z daromadlari va byudjetni tartibga soluvchi
boshqa mablag’lar yetishmagan taqdirda quyi byudjetning xarajatlari bilan
daromadlari o’rtasidagi farqni qoplash uchun yuqori byudjetdan quyi
byudjetga qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag’lari.
Byudjet ssudalari – yuqori byudjetdan quyi byudjetga qaytarish sharti
bilan yoki rеspublika byudjetidan yuridik shaxs-rеzidеntga yoki xorijiy
davlatga ajratiladigan mablag’lar.
Byudjetdan moliyalashtirish shakllari ajratmalar: byudjetdan mablag'
oluvchilarning joriy
xarajatlari, shu jumladan:
- budjet tashkilotlari
xodimlariga ish haqi to'lash;
- sug'urta badallarini
davlatning budjetdan
tashqari jamg'armalariga
o'tkazish;
- kommunal xizmatlarga
xarajatlar;
- tovarlarni sotib olish;
qarz majburiyatlariga, shu
jumladan, davlat organ-
larining kafolatlariga xizmat
ko'rsatish;
va boshqalar
byudjet transfertlari (aholiga
to'lanadigan
majburiy
to'lovlarni
moliyalashtirish uchun
budjet mablag'lari):
stipendiyalar;
nafaqalar;
kompensasiyalar;
pensiyalar;
boshqa ijtimoiy to'lov-
lar