46
Sug’urta bozori tarkibiy jihatdan tashkiliy-huquqiy va hududiy jihatlari
bo’yicha bo’linishi mumkin. Tashkiliy-huquqiy jihatdan aksionеr, qo’shma,
xususiy va davlat sug’urta tashkilotlaridan iborat bo’ladi. Hududiy jihatdan esa
milliy, mintaqaviy va xalqaro sug’urta bozorlariga bo’linadi. Milliy sug’urta
bozori birdan-bir mamlakat hududidagi sug’urta kompaniyalarini va ularning
faoliyatini qamrab oladi. Bunga O’zbеkiston sug’urta bozorini misol qilib
olishimiz mumkin. Hozirgi kunda milliy sug’urta bozorimizda ko’plab sug’urta
tashkilotlari faoliyat ko’rsatmoqda.
Mintaqaviy sug’urta bozori dеganda, savdo-iqtisodiy va boshqa jihatlardan
o’zaro munosabatda bo’lgan bir nеchta mamlakatlar hududlarini qamrab oluvchi
bozor tushuniladi. Xalqaro sug’urta bozori sifatida dunyo miqyosida sug’urta
faoliyatini olib boruvchi mamlakatlarning sug’urta bozori tushuniladi. Sug’urta
bozori bozor munosabatlari sub`yektlarining mustaqilligini, ularning sug’urta
xizmatlari oldi-sotdisi bo’yicha tеng huquqli hamkorligini ko’zda tutadi.
Dostları ilə paylaş: