Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyogarlik


O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa va harbiy xizmat to’g’risida qonunlardagi asoslari



Yüklə 61,01 Kb.
səhifə3/11
tarix01.01.2022
ölçüsü61,01 Kb.
#107507
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
10-sinif yangi dars ishlanma

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa va harbiy xizmat to’g’risida qonunlardagi asoslari
O‘zbekiston Respublikasining asosiy qomusi bo‘lmish Konstitutsiyada mudofaa, xavfsizlik va harbiy xizmatga taalluqlilik asoslari bir necha moddalarda va XXVI bobda ravshan ko‘rsatib o‘tilgan.

1-modda. O‘zbekiston — suveren demokratik respublika. Davlatning «O‘zbekiston Respublikasi» va «O‘zbekiston» degan nomlari bir ma’noni anglatadi.

3-modda. O‘zbekiston Respublikasi o‘zining milliy-davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining tizimini belgilaydi, ichki va tashqi siyosatini amalga oshiradi.

O‘zbekistonning davlat chegarasi va hududi daxlsiz va bo‘linmasdir.

125-modda. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari O‘zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi.Qurolli Kuchlarning tuzilishi va ularni tashkil etish qonun bilan belgilanadi.

126-modda. O‘zbekiston Respublikasi o‘z xavfsizligini ta’minlash uchun yetarli darajada qurolli kuchlariga ega.

17-modda. O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli subyektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga

aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi. Respublika davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida ittifoqlar tuzishi, hamdo‘stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalariga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkin.

52-modda. O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o‘tashga majburdirlar.

93-modda. 18. O‘zbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tug‘ilganda urush holati e’lon qiladi

va qabul qilgan qarorini uch kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining tasdig‘iga kiritadi.19. Favqulodda vaziyatlar (real tashqi xavf, ommaviy tartibsizliklar, yirik halokat, tabiiy ofat, epidemiyalar) yuz bergan taqdirda fuqarolarning xavfsizligini ta’minlashni ko‘zlab, O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat joriy etadi va qabul qilgan qarorini uch kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tasdig‘iga kiritadi. Favqulodda holat joriy etish shartlari va tartibi qonun bilan belgilanadi. 20. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh Qo‘mondoni hisoblanadi, Qurolli Kuchlarning Oliy qo‘mondonlarini

tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi, oliy harbiy unvonlar beradi.

«Mudofaa to‘g‘risida»gi Qonun birinchi Prezidentimiz I. Karimov tomonidan 1992-yil 3-iyulda imzolandi va mintaqadagi o‘zgarishlar, tashqi va ichki siyosatni inobatga olgan holda ushbu qonunga

o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlandi.«Mudofaa to‘g‘risida»gi Qonunning asosiy vazifalari mudofaani tashkil etishning hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini boshqarishning huquqiy asoslarini belgilaydi, mamlakat mudofaasini ta’minlashda davlat organlarining vakolatlarini, shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar ishtirokini aniqlab beradi. Mudofaa deganda O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti, hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilishni ta’minlashning siyosiy, iqtisodiy, harbiy, ijtimoiy-huquqiy, axborot, tashkiliy va boshqa tadbirlari majmuyi tushuniladi Mudofaani tashkil etish quyidagilarni qamrab oladi: tajovuzning oldini

olish va qaytarishga, O‘zbekiston Respublikasiga tajovuzlardan uyushgan holda qurolli himoyalanishga qaratilgan zarur sharoitlar yaratish; mudofaa sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, davlat harbiy tuzilishini zamonaviy talablarga muvofiq takomillashtirish; mudofaa vazifalarini hal etish uchun kerakli barcha kuchlar va vositalarning muvofiqlashtirib borilishini va hamkorlikda harakat qilishini ta’minlash; harbiy-siyosiy vaziyat, milliy xavfsizlikka bo‘lgan

aniq va potensial tahdidlar monitoringini yuritish; O‘zbekiston Respublikasi urushga va qurolli mojarolarga tortilishining oldini olish yuzasidan siyosiy,iqtisodiy, harbiy, ijtimoiy-huquqiy, axborot, tashkiliy va boshqa chora-tadbirlar ko‘rish; Qurolli Kuchlarning qurilishi, tayyorgarligi, doim shay

holda saqlab turilishi, ularning soni, tuzilishi va tarkibining maqbullashtirilishi; Qurolli Kuchlarni tegishli ravishda zamonaviy qurol-yarog‘lar, harbiy texnika, harbiy-texnikaviy va ashyoviy mol-mulklar, oziq-ovqat, boshqa. moddiy-texnik vositalar, energetika va boshqa resurslar bilan ta’minlash,

ularning zaxiralarini vujudga keltirish; Qurolli Kuchlar qo‘llanilishini rejalashtirish; mudofaa vazifalarini hal etish uchun tashqi siyosiy yo‘nalishdagi chora-tadbirlarni ko‘rish; aholini va hududni mudofaaga tayyorlash; O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasining qo‘riqlanishi va himoya- lanishini ta’minlash; aholini, iqtisodiyot va hayot kechirish uchun zarur bo‘lgan obyektlarni yalpi qirg‘in qurollaridan muhofaza qilishga doir tadbirlarni o‘tkazish; Qurolli Kuchlarning, mamlakat iqtisodiyotining, davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning, shuningdek, aholining safarbarlik tayyorgarligi; davlat va safarbarlik zaxiralari uchun moddiy boyliklar zaxiralarini vujudga keltirish; mudofaaning ilmiy, ilmiy-texnikaviy, ma’rifiy, harbiy-sanoat, iqtisodiy, axborot va qonunchilik bazasini takomillashtirish; aholini ma’naviy-axloqiy va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda Qurolli Kuchlar shaxsiy tarkibini davlatni himoya qilishga axloqiy-ruhiy jihatdan tayyorlash; mamlakat mudofaasini tashkil etishga doir boshqa tadbirlar.Urush holati O‘zbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarishzaruriyati tug‘ilganda qonunda belgilangan tartibda e’lon qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi hududiga qo‘shinlar to‘satdan hujum qilgan yoki bostirib kirgan taqdirda harbiy okruglar qo‘shinlarining qo‘mondonligi va mahalliy davlat

hokimiyati organlari urush holati e’lon qilinishini kutmay hujumni yoki bosqinni daf etishning barcha chora-tadbirlarini ko‘rishlari shart.Urush davri urush holati e’lon qilingan vaqtdan yoki harbiy harakatlar amalda boshlanib ketgan paytdan e’tiboran boshlanadi hamda harbiy harakatlar to‘xtatilganligi e’lon qilingan vaqtdan e’tiboran, lekin bunday harakatlar amalda to‘xtatilganidan keyin tugaydi. Urush davri sharoitida Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni tomonidan Qurolli Kuchlarga va mamlakat iqtisodiyotiga rahbarlikni amalga oshiradigan vakolatli organ tuzilishi mumkin.Urush holati e’lon qilinishi yoki favqulodda holat joriy etilishi bilanoq umumiy yoki qisman safarbarlik e’lon qilinishi mumkin. Safarbarlik tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.Hududiy mudofaa O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini himoyalash va mudofaa qilish, aholini, obyektlar va kommunikatsiyalarni dushman xurujlaridan, qo‘poruvchilik va terrorchilik harakatlaridan himoya qilish maqsadida, shuningdek, favqulodda holat rejimini saqlab turish uchun tashkil etiladi va amalga oshiriladi. Hududiy mudofaani ta’minlashga jalb etiladigan kuchlarning vazifalari, hamkorlikdagi harakatlarining tashkil etilishi va tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasini, uning hududiy yaxlitligi va mustaqilligini himoya qilish — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining Konstitutsiyaviy burchidir. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o‘tashga, shuningdek, o‘z mulkidagi binolar,inshootlar, transport va aloqa vositalari hamda boshqa mol-mulklarini urush davrida mudofaa ehtiyojlari uchun qonunda belgilangan tartibda berib turishga majburdirlar, qilingan xarajatlarning o‘rni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda keyinchalik qoplanadi. Fuqarolar mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlashga ko‘makla-

shuvchi jamoat birlashmalari tuzish huquqiga ega.O‘zbekiston Respublikasi xalqaro huquqning yakka tartibda va kollektiv tarzda mudofaalanishdan iborat bo‘lgan huquqni mustahkamlovchi umum e’tirof etilgan normalari va prinsiðlariga asoslanib, harbiy qurilish, tinchlik va xavfsizlikni saqlab turish sohasida boshqa davlatlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi.



Yüklə 61,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin