Rezervdagi hizmat.
2003-yilning aprelida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Qurolli Kuchlari rezervidagi xizmat to‘g‘risida»gi Qonuni 3-moddasida rezervdagi xizmat to‘g‘risida quyidagicha tushuncha berib o‘tiladi: «Haqiqiy harbiy xizmatni, shuningdek, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tagan oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar jumlasidan bo‘lgan harbiy xizmatga majburlar uchun Qurolli Kuchlarning qo‘shilmalari, qismlari va bo‘linmalari safini urush davrida taqozo etiladigan shtatlar darajasiga qadar to‘ldirish, shuningdek, urush davrida taqozo etiladigan tuzilmalarni kuchaytirish maqsadida umumiy harbiy majburiyat asosida joriy etiladigan fuqarolarning harbiy xizmati».
Rezervdagi harbiy xizmatga majburlar yoshiga qarab, ikki darajaga bo‘linadi:
Ikkinchi daraja rezervida bo‘lish yoshining chegarasi rezervdagi harbiy xizmatda bo‘lish yoshining chegarasi hisoblanadi. Rezervda bo‘lish yoshining chegarasiga yetganda yoki salomatligiga ko‘ra, belgilangan tartibda urush davridagi harbiy xizmatga yaroqsiz, deb topilgan harbiy xizmatga majburlar mudofaa ishlari organlari tomonidan iste’foga chiqarilib, harbiy ro‘yxatdan o‘chiriladi.Qurolli Kuchlar rezervidagi harbiy xizmatga majburlar birinchi va ikkinchi toifaga bo‘linadi. Birinchi toifali rezerv Qurolli Kuchlarning jangovar qo‘shilmalari va qismlari, jangovar ta’minot bo‘linmalari safini urush davrida taqozo etiladigan shtatlar darajasiga qadar to‘ldirish uchun mo‘ljallangan. Birinchi toifali rezerv xizmatining o‘zi ham birinchi va ikkinchi navbatga bo‘linadi. Birinchi navbatdagi rezerv safi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tegishli qismlari, qo‘shilma va bo‘linmalariga biriktirib
qo‘yiladigan, eng yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan rezervchilar orasidan «Qurolli Kuchlar safini urush davrida taqozo etiladigan shtatlar darajasigacha to‘ldirish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, jangovar maqsadlarda qo‘llanishi rejalashtiriladi. Ikkinchi navbatdagi rezerv safi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibidagi qismlar, qo‘shinlar va h.k.larning jangovar ta’minot bo‘linmalariga biriktirib qo‘yilmagan rezervchilar orasidan to‘ldiriladi, zarurat paydo bo‘lganda, birinchi navbatdagi rezervchilar orasidan to‘ldiriladi, zarurat paydo bo‘lganda birinchi navbatdagi rezervchilar safini to‘ldirib turish uchun rejalashtirilgan bo‘ladi. Ya’ni lozim topilganda bu ikkinchi navbatdagi rezerv safidan birinchi navbatdagi rezerv xizmati safiga o‘tkaziladi.Ikkinchi toifa rezerv Qurolli Kuchlarning qismlari hamda ichki va texnik ta’minot bo‘linmalarining urush davrida taqozo etiladigan shtatlar darajasiga qadar to‘ldirish uchun, favqulodda vaziyatlar ro‘y bergan yoki O‘zbekiston Respublikasiga qarshi harbiy tajovuz yuzaga kelgan taqdirda, urush davri taqozo etadigan tuzilmalarni kuchaytirish uchun mo‘ljallangan.Harbiy xizmatni o‘tagan va rezervda turgan harbiy xizmatga majburlar —rezervchilar, deb ataladi. Rezervchilar mudofaa ishlari organlari tomonidan harbiy ro‘yxatga olinadi. Shu bilan birga, rezervchilar va ularning toifalarga mansubligi mudofaa ishlari organlari tomonidan tanlanadi. Rezervchilarni tanlashda va hisobga olishda ularning ixtisosligi, oilaviy sharoiti, harbiy tayyorgarlik darajasi, intellektual salohiyati hamda jismoniy ko‘rsatkichlariinobatga olingan holda hududiy prinsip asosida amalga oshiriladi.O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safini urush davrida taqozo etiladigan darajada to‘ldirish va kuchaytirish uchun zarur bo‘ladigan rezervdagi ofitserlar yetishmay qolsa, ular oliy ta’lim muassasalarining harbiy kafedralari va fakultetlarini tugatgan, ofitserlar tayyorlash dasturini to‘la o‘tgan, zaxiradagi ofitserlar orasidan tanlab olinadi.Rezerv xizmatiga tanlab olingan rezervchilarni tayyorlash jarayoniga O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Birlashgan shtabi umumiy rahbarlik qiladi. Rezervchilarni tayyorlash quyidagi hollarda amalga oshiriladi:— rezervchilarni safarbarlik davrida belgilab qo‘yilgan shtat lavozimlariga tayyorlash;
— safarbarlik rejasiga ko‘ra, zarur ixtisosliklar bo‘yicha qayta tayyorlash;
— urush davrida shtatlar darajasida jangovar tartibga solish;
— belgilangan ayrim chora-tadbirlarni bajarishi muqarrarligini tekshirish uchun;
— qurol-yarog‘larni o‘rganish, undan foydalana olish, saqlash, qurol-yarog‘larning yangi turlarini o‘zlashtirish. Rezervchilar harbiy yig‘inlarga jalb etilgan paytda, O‘zbekiston Respublikasi amaldagi Qonunlariga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda pul va boshqa turdagi ta’minot oladi, harbiy yig‘in davrida ularning ish joyi, lavozimi, o‘rtacha ish haqi saqlanadi;
— ish beruvchi harbiy yig‘inga chaqirilgan rezervchini yig‘in davrida bo‘shatishi, mehnat shartnomasini bekor qilishi mumkin emas. Korxona yoki muassasaning tugatilish hollari bundan mustasno. Harbiy yig‘in davrida rezervchi kasal bo‘lib qolsa va kasallik yig‘in tugagandan keyin ham davom etsa, ish joyi saqlanib qoladi, yig‘in tugagan kundan boshlab unga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi to‘lanadi. Rezervchilar yig‘in joyiga avtomobil (taksidan tashqari), temiryo‘l
transportlari orqali tekin yurishlari;
— xatlarni bepul yuborishlari;— harbiy tibbiy muassasalarda bepul muolaja olishlari mumkin.
Ularning hayotlari harbiy yig‘inlar davrida davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilinadi. Harbiy yig‘inlarda qatnashish davrida rezervchilar muddatli harbiy xizmatdagi harbiy xizmatchilar uchun belgilangan boshqa huquq va imtiyozlardan ham foydalanadilar.Harbiy xizmatga majbur rezervda bo‘lish vaqtida safarbarlik chora-tadbirlari bo‘yicha harbiy yig‘inlarga jalb etiladi. Rezervdagi harbiy
xizmatga majburlarga mo‘ljallangan harbiy yig‘inlarning muddati har yilibirinchi toifali rezervdagilar uchun o‘ttiz kunga qadar, ikkinchi toifali rezervdagilar uchun o‘n besh kunga qadar bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |