18-modda. Chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida normalashtirish
Fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘i, atrof-muhit muhofaza qilinishini ta’minlash, chiqindilarning hosil bo‘lishini kamaytirish maqsadida chiqindilarning hosil bo‘lish normativlari va chiqindilarni joylashtirish limitlari ishlab chiqiladi.
Chiqindilarning hosil bo‘lish normativlari chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari bilan kelishilgan holda yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Chiqindilarni joylashtirish limitlari yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqiladi va chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan tasdiqlanadi.
Chiqindilarning hosil bo‘lish normativlarini hamda chiqindilarni joylashtirish limitlarini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: |