CHIQINDILAR TO‘G‘RISIDA
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari
Ushbu Qonunning maqsadi chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ushbu Qonunning asosiy vazifalari chiqindilarning fuqarolar hayoti va sog‘lig‘iga, atrof-muhitga zararli ta’sirining oldini olish, chiqindilar hosil bo‘lishini kamaytirish va ulardan xo‘jalik faoliyatida oqilona foydalanilishini ta’minlashdan iborat.
2-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish — chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida hisobga olish va nazorat qilish, chiqindilarni ko‘mib tashlash va utilizatsiya qilish joylarining davlat kadastrini yuritish, chiqindilarning hosil bo‘lishi, ularni to‘plash, joylashtirish, tashish, zararsizlantirish, saqlash, qayta ishlash, utilizatsiya va realizatsiya qilish bilan bog‘liq faoliyat;
3-modda. Chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari atmosfera havosiga va suv obyektlariga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash va oqizish bilan bog‘liq munosabatlarga taalluqli emas.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Dostları ilə paylaş: |