8-modda. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish chog‘ida belgilangan sanitariya normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat sanitariya-epidemiologiya nazoratini amalga oshiradi;
fuqarolar hayoti va sog‘lig‘ini chiqindilarning zararli ta’siridan muhofaza etish chora-tadbirlarini belgilaydi;
chiqindilardan tayyorlanayotgan tovarlarga (mahsulotlarga) nisbatan sanitariya-gigiyena talablarini belgilaydi hamda ularga doir gigiyena sertifikati beradi;
chiqindilarning fuqarolar hayoti va sog‘ligi uchun xavflilik darajasini belgilashda uslubiy ta’minotni amalga oshiradi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Dostları ilə paylaş: |