13-modda. Fuqarolarning chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi huquq va majburiyatlari.
Fuqarolar:
chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirayotganda belgilangan sanitariya normalari va qoidalariga, boshqa talablarga rioya qilishlari;
maishiy-ro‘zg‘or chiqindilarini to‘plab olib ketish bilan shug‘ullanuvchi korxonalar va tashkilotlar xizmatidan foydalanganlik uchun to‘lovlarni belgilangan tartibda to‘lab borishlari shart.
Fuqarolar chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishlari hamda zimmalarida boshqa majburiyatlar bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |