16-modda. Chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida yakka tartibdagi tadbirkorlarning huquq va majburiyatlari
Chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida yakka tartibdagi tadbirkorlar ushbu Qonunda yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan huquqlarga ega bo‘ladilar hamda majburiyatlarni bajaradilar.
17-modda. Chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishda xavfsizlikni ta’minlash
Yuridik shaxslarning chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi faoliyati fuqarolar hayoti va sog‘lig‘ining hamda atrof-muhitning xavfsizligini ta’minlamog‘i kerak.
Chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining talablari buzilganligi natijasida fuqarolar hayoti va sog‘lig‘iga yoki atrof- muhitga zarar yetkazilganda, shuningdek fuqarolar hayoti va sog‘lig‘i, atrof-muhit uchun xavfsizlikni ta’minlashning texnikaviy yoki boshqa imkoniyati bo‘lmay turib xavfli chiqindilar hosil bo‘lgan hollarda yuridik shaxslarning faoliyati belgilangan tartibda cheklanishi, to‘xtatib qo‘yilishi yoki tugatilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |