Chiqindilar to’G’risidagi qonun bandlarini o’rganish reja: I. Kirish II. Asosiy qism


-modda. Chiqindilarni joylashtirganlik uchun kompensatsiya to‘lovlari



Yüklə 22,14 Kb.
səhifə18/20
tarix21.04.2022
ölçüsü22,14 Kb.
#115418
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Hayot xavfsizligi

23-modda. Chiqindilarni joylashtirganlik uchun kompensatsiya to‘lovlari

Chiqindilarni maxsus ajratilgan va jihozlangan joylarga joylashtirganlik uchun kompensatsiya to‘lovlari undiriladi.

Kompensatsiya to‘lovlari miqdori belgilangan tartibda chiqindilarni joylashtirish limitlari asosida, chiqindilarning fuqarolar hayoti va sog‘lig‘i hamda atrof-muhit uchun xavflilik darajasiga qarab belgilanadi.

24-modda. Chiqindilarni utilizatsiya qilish hamda ularning hosil bo‘lishini kamaytirishga doir faoliyatni rag‘batlantirish

Chiqindilar hosil bo‘lishini kamaytirish hamda ularni utilizatsiya qilishga qaratilgan texnologiyalarni ishlab chiqayotgan va joriy etayotgan, chiqindilarni utilizatsiya qilishga mo‘ljallangan korxonalar va sexlar yaratayotgan, uskunalar ishlab chiqarayotgan, chiqindilarni utilizatsiya qilish va ularning hosil bo‘lishini kamaytirish chora-tadbirlarini moliyalashtirishda ulushbay asosida ishtirok etayotgan yuridik va jismoniy shaxslarga qonun hujjatlariga muvofiq imtiyozlar beriladi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari chiqindilarni utilizatsiya qilish va ularning hosil bo‘lishini kamaytirishga doir faoliyatni rag‘batlantirish yuzasidan o‘z vakolatlari doirasida qo‘shimcha choralar belgilashlari mumkin.

25-modda. Chiqindilarni utilizatsiya qilish va ularning hosil bo‘lishini kamaytirishga doir tadbirlarni moliyalashtirish

Oldingi tahrirga qarang.

Chiqindilarni utilizatsiya qilish va ularning hosil bo‘lishini kamaytirishga doir tadbirlarni moliyalashtirish chiqindilarning mulkdorlari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Bunday tadbirlarni moliyalashtirishga Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasining, budjetdan tashqari fondlarning mablag‘lari, yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari jalb qilinadi.


Yüklə 22,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin