5-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishga oid davlat dasturlarini tasdiqlaydi va ularning bajarilishini ta’minlaydi;
chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat hisobi va nazorati olib borilishi tartibini belgilaydi;
chiqindilar ko‘mib tashlanadigan va utilizatsiya qilinadigan joylarning davlat kadastrini yuritish tartibini belgilaydi;
chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida normativlar ishlab chiqish va tasdiqlash tartibini belgilaydi.
Dostları ilə paylaş: |