Ekologik omil – muhitning har qayday elementi (yoki sharoiti) bo’lib, tirik organizmlarning hech bo’lmaganda bir rivojlanish fazasiga bevosita yoki bilvosita ta‘sir ko’rsatish qobiliyatiga ega. Ekologik omilga nisbatan tirik organizmlar moslashishiga harakat qiladi.
Tirik organizmlarga taʼsir etuvchi muhitning har qanday boʻlaklari ekologik omillar deyiladi.
Muhit yoki makon tushunchasi — quruqlik, suv, havo va yer osti qismlaridan iborat. Tashqi muhit tushunchasidan tashqari yashash sharoitlari degan tushuncha ham mavjud boʻlib, bu tushunchaga organizmning yashashi uchun zarur boʻlgan elementlar yoki omillardan yorugʻlik, issiqlik, suv, oziqlanish va shu kabilar kiradi. 1933-yilda D.N.Kashkarov muhit omillarini 3 guruh (iqlim, edafik va biotik)ga boʻladi. Keyinchalik 1950-yilda Alyoxin ekologik omillarni iqlim, edafik, orografik, biotik, antropogen va tarixiy guruhlarga ajratib oʻrganishni taklif qiladi.

Ekalogik omillar 3 guruhga bo’linadi.
1. Abiotik omillar
2. Biotik omillar
3. Antropogen omillar
Ekalogik omillar
Abiotik (jonsiz)
Biotik (jonli)
Abiotik omillar
Abiotik omillar. Anorganik tabiat sharoitining yoki oʻlik tabiatning yigʻindisi. Bularga muhitning muhim (asosiy) abiotik omillari iqlim (harorat, yorug’lik, havo, bosim), tuproq, muhitning kimyoviy tarkibi va tabiiy, oziq-ovqat resurslarining mavjudligidir. Lekin aslida epitet g’oyatda shartli ravishda «muhim» hisoblanadi, shunday qilib, qayd etilgan abiotik omillar shu ma‘noda teng huquqligi, hattoki ulardan birontasi bo’lmasa tirik organizmlar uchun halokat hisoblanadi (istisno tariqasida: masalan, geterotrof - o’simliklar yorug’lik bo’lmasa ham rivojlanadi).
Abiotik omillar 2 guruhga bo’linadi
1. Kimyoviy abiotik omillar
Atmosfera xavosi, suv va tuproq tarkibi.
2. Fizikaviy abiotik omillar
Xarorat, bosim, yorug’lik, namlik, yog’ingarchilik, suv toshqini, bo’ron va yer silkinishi.
Tirik organizmlar ABIOTIK (jonsiz) omillarni harakatlantirmaydi balki abiotik omillar tirik organizmlarni harakatlantiradi.
Tirik organizmlar ABIOTIK (jonsiz) omillarni harakatlantirmaydi balki abiotik omillar tirik organizmlarni harakatlantiradi.
Biotik omillar.
Biotik omillar: Bunga tirik tabiat elementlari (tirik organizmlarning bir-biriga va yashash muhitiga taʼsiri) kiradi. Biotik omillar fitogen va zoogen omillarga boʻlinadi. Fitogen omillar deganda yuksak va tuban oʻsimliklarning organizmga taʼsiri eʼtiborga olinsa, zoogen omillar deganda esa organizmga barcha hayvonlarning taʼsiri nazarda tutiladi.
Zamburug’lar, bakteriyalar va parazitlar o’rtasidagi munosabatlar.
Antropogen omillar.
Antropogen omillar, — odam va uning xoʻjalik faoliyatining oʻsimlik, hayvon va boshqa tabiat komponentlariga taʼsiri bilan bogʻliq omillar guruhi. Odam tabiatga taʼsir koʻrsatib, uni oʻz ehtiyojlariga moslashtirib, Yerning beqiyos keng hududlarida fauna va florani oʻzgartiradi, bu esa oʻsimliklarning kamayijshi, ayrim oʻsimlik va hayvon turlarining qirib yuborilishi, oʻsimliklar introduksiyasi va boshqalarga olib keladi.
Antropogen omillar 4 guruhga bo’linadi.
Kimyoviy antropogen omillar
Fizikaviy antropogen omillar
Biologik antropogen omillar
Ijtimoiy antropogen omillar