Chirchiq davlat pedagogika universiteti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy madaniyat nazariyasi kafedrasi



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/19
tarix09.12.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#138483
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Nishanova Muborak Abdukaxar Qizi

Himoyachining vazifasi 
– hujumchilarni o’yinda kam samarali harakatlar 
qilishga majbur etishdir.
Guruh harakatlari 
Himoyadagi guruh harakatlari - ikki yoki uch o‘yinchinig ayrim o‘yin
vaziyatlarida hujumchilarga qarshi kurashda bir-biriga yuqori darajadagi 
ko‘mak berishga qaratilgan o ‘zaro harakatlaridir. Guruh harakatlari 
quyidagilardan iborat: 
1 ) yordam qilish (podstraxovka); 
2) o‘tish (pereklucheniye); 
3) bekinib kirish (proskalzivaniye); 
4) o‘yinchilarni taqsimlab olish (razbor igrokov). 
Yordam qilish.
Bu guruh harakatlari turida har bir himoyachi doim 
o‘zining jamoadoshiga yordam berib, ta’qibdan xalos bo’lgan hujumchini ta’qib 
ostiga oladi va unga qarshilik ko‘rsatadi. Bu usul ta’qib etishda va to‘siq qo‘yishda 
qollaniladi. 
Ta’qib paytidagi yordam qilish usulida o‘yinchilar zonali himoyalanish


19 
paytida hujumchi bilan yakka kurash olib borish uchun chiqqan sherigining
zonasini berkitish uchun to‘p bol’gan tarafga siljib boradi. 
Agar bir himoyachi hujumchini muvaffaqiyatli ta’qib qilolmasa, boshqa 
jamoadoshi bu hujumchiga qarshi harakatlarni amalga oshiradi. Yordam qiluvchi 
himoyachi hujumchini ta’qibchi tomonga harakatlantirishi lozim. 
To‘siq qo‘yishdagi yordam qilish harakatlari shundan iboratki, yordam 
qiluvchi himoyachi ta’qib etuvchining harakatlarini takrorlamaydi, balki u to 
‘siq qo‘yadigan maydon bo‘shlig‘ini qamrab oladi. Agar jamoadoshlar yonma-
yon turgan bo‘lsa, ular o‘z qo‘ llari bilan devor tashkil etishlari lozim. Agarda 
jamoadoshlar ketma- ket joylashgan bo’lsa, oldindagi himoyachi yuqoridan,
orqadagi himoyachi esa yon yoki past tarafdan to‘siq qo‘yishni amalga 
oshiradi. 
O`tish 
– to`siq yordamida harakat qilib yoki aldab o`tib, to`p otish holatiga 
chiqmoqchi bo`lgan hujumchilarni doimo nazorat qilishni saqlovchi asosiy usul 
bo`lib hisoblanadi. U hujumchilarning joy almashinishidan iboratdir. Bunday joy 
almashtirishlar bir marta bo`lishi mumkin, unda panohgohidan qutulgan o`yinchini 
himoyachilardan biri oladi yoki o`rin almashinishda ikki o`yinchi qatnashsa, unda 
ikki o`zaro harakat qiluvchi himoyachilar vasiylik qiluvchi o`yinchilarini 
almashtiradi. 
To`siq yordamida qutulib, hududga kirmoqchi bo`lgan o`yinchini zich 
ushlaganda sirg’anib kirish qo`llaniladi. Uning kirishiga yo`l qo`ymaslik uchun, 
himoyachi uni yaqin masofada kuzatishi kerak. Buning uchun o`yinchi 
panohgohlik qiluvchi sherigi to`siq sifatida foydalanishi uchun orqaga chekinadi va 
harakat qiluvchi himoyachini oldinga o`tkazadi. 

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin