Chirchiq davlat pedagogika universiteti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy madaniyat nazariyasi kafedrasi



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/19
tarix09.12.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#138483
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Nishanova Muborak Abdukaxar Qizi

To’xtash. 
Harakatlanish texnikasida to‘xtashga harakat yo‘nalishini 
o‘zgartirishning samarali vositasi deb qaraladi. To‘satdan to‘xtab qolganda
raqiblarning qayerda, qanday joylashishiga qarab turib to‘p bilan ham, to‘psiz ham 
o‘sha ketayotgan tomonning o‘ziga yoki qarshi tomonga otilib ketiladi, o‘ngga 
yoki chapga qochib qolinadi.
To‘xtashda ikki xil usul qo‘llaniladi: sakrab to‘xtash va tashlanib to‘xtash. 
Sakrab to‘xtash uchun yuqoriga qisqaroq sakrab, siltangan oyoqda yerga 
tushildi. Bunda turg‘unlik bo‘lishi uchun shu oyoq sal egiladi. Ammo ko‘pincha 
yerga ikki oyoqlab tushiladi. 
Tashlanib to‘xtash so‘nggi yugurish qadami hisobiga bajariladi. Bunda 
siltangan oyoqni oldinga uzatib, tovonga tayaniladida, keyin oyoqni rostmana 
yerga qo‘yiladi. Tashlanib to‘xtash oyoqlarni anchagina bukib, ikki oyoqqa tayanib 
qolish bilan ifodalanadi. 
Barcha xil to‘xtashlardan keyin, odatda, turli yo‘nalishlarda harakat davom 
ettiriladi. Shuning uchun to‘xtashdagi so‘nggi holat keyingi harakatning start holati 
bo‘lishi kerak. 
4. Maydon o`yinchilarining himoya o`yin taktikasi 
Himoyada o‘ynashning umumjamoa uslubi shaxsiy, hududiy va aralash 
bo‘lishi mumkin. Biroq qisman bo‘lsa ham boshqa uslub elementlaridan 
foydalanmasdan birgina uslubda o‘ynayverish xato. Chunki bu hol himoya 
taktikasini oddiylashtirib qo‘yadi. Himoyada o‘ynash uslublarini himoyachilarning 
yakka (individual) xislatlari va imkoniyatlarini hisobga olib tanlash kerak. 
Himoyada o‘ynashning taktik san’ati raqibni qachon o‘z holiga qo‘ymasdan 


14 
ta’qib etishni, qachon sheriklardan biriga berib yuborish va qachon zonada 
o‘ynashni bilishdan iborat. 
Mudofaa qilayotgan jamoa harakatlarining hammasi hujum qilayotganlar 
harakatiga javob tariqasida bo‘lib, raqiblar taktikasining xususiyatlariga qarab 
uyushtiriladi. Mudofaaning yaxshi uyushtirilganligi jamoadagi hujum harakatlarini 
ham muvaffaqiyatli bajarish imkonini beradi. 
Himoyada o‘ynash xilma-xil va ko‘p rejali bo‘lib, darvozani mudofaa
qilishga, to‘pni qo‘lga kiritish uchun faol kurashish va hujum uyushtirishga 
qaratilgan bo‘ladi. Himoyadagi o‘yin ham hujumdagi singari yakka (individual), 
guruh va jamoa harakatlaridan iborat (19-jadval). 

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin