15
1) qisqa vaqt ichida raqiblardan to`pni olib qo`yish;
2) hujumda ishtirok etuvchi guruh o`yinchilari orasidagi o`rganilgan
aloqalarni buzish;
3) darvozaga to`p otishlariga qarshilik ko`rsatish;
4) o`z darvozasi oldida to`p uchun kurashish va to`p egallangandan so`ng
hujumni tashkil qilish.
Yakka (individual) harakatlar
O‘z darvozasini mustahkam qo‘riqlash uchun himoyachi o‘yinning himoya
qilish usullarini qo’llay bilishi lozim.
To‘psiz o‘yinchiga qarshi harakatlar.
Himoyachi to‘pni boshqarayotgan o‘yinchiga
qarshi harakat qilayotganda
quyidagilarga intiladi:
a) raqiblarning to‘p olishiga yo‘l qo‘ymaslikka, ya’ni to‘pni “to‘sib” olishga;
b) raqibga yo‘naltirilgan to‘pni yo‘lda «olib qolish» harakatini bajarishga.
To‘pli o‘yinchini ta’qib etish.
Bu himoyachining yakka (individual)
harakatlari bo‘lib, hujumchining darvozaga to‘pni otishiga,
ketish yoki boshqa
hujumchilar bilan o‘zaro harakatlarni amalga oshirishiga to‘sqinlik qilish uchun
qaratilgan.. Himoyachi o‘zining faol ta’qibi orqali har doim ham hujumchining
to‘pni muvaffaqiyatli qabul qilib olishiga to‘sqinlik qila olmaydi. Agar
ta’qiblanayotgan o‘yinchi to‘pni qabul eta olgan bo‘lsa va himoyachidan m
a’lum masofada bo‘lsa, u holda himoyachi darvozaga to‘p otishning oldini olish
uchun va hujumchilarning o‘zaro harakatlarini chegaralash uchun
unga tezlik
bilan yaqinlashib olishi kerak. Bu harakat chiqish deb ataladi. Chiqishni
hujumchining to 'pni qabul qilishida amalga oshirish lozim,
chunki aldovchi
harakatlar imkoniyati bu holatda ancha kamayadi. Himoyachi chiqish bilan birga,
odatda, to‘pga va o‘yinchiga to‘siq qo‘yishni amalga oshiradi. Agar
himoyachining chiqishi muvaffaqiyatsiz kechsa va hujumchi to‘pni qabul
qilib, himoyachidan o‘zining keyingi harakatlari tayyorgarligida
ilgarilab ketsa,
himoyachi tezlik bilan 1,5—2 metr masofaga orqaga chekinadi. Uning
16
keyingi harakatlari ta’qiblanayotgan hujumchi harakatlari bilan belgilanadi.
Agar hujumchi ketishni amalga oshirmoqchi bo‘lsa, himoyachi to‘pni olib
qo‘yish maqsadida qulay vaziyatni kutish uchun chekinadi.
Bu harakatni
maydonning uzoqdan to‘p otadigan joyid a amalga oshirish mumkin.
Maydonning yaqindan to‘p otadigan joyida chekinishni amalga oshirgach,
o‘zinig qarshi harakat qobiliyatini tiklaydi va kurashda faol qatnashadi.
Dostları ilə paylaş: