26
shaxsan himoya qiladi.
5+1 himoya tizimi. Himoyani tashkil etishda ko`p uchraydigan usuldir.
Bunda o`yinchilar 6-0 hududiy himoyaga o`xshab harakat qiladilar, o`yinchilardan
biri esa, kuchli hujumchiga qarshi shaxsiy himoyada o`ynaydi.
4+2 himoya tizimi. Bu himoya
tizimi raqib jamoasida uzoq
masofalardan hujum qilish vositalarini puxta egallagan o‘yinchilar bo‘lganda
qo‘llaniladi. Bunda to‘rt himoyachi zonali himoyada (4:0), ikkitasi esa doimiy
ravishda eng xavfli hujumchilarni ta’qib qilishni amalga oshiradi.
Himoyada muvaffaqiyatli o`ynash, barcha himoya tizimlarini to`la
takomillashtirib egallashga va shaxsiy himoyada yaxshi harakat qilishni bilishga
asoslangan. Shuning uchun shaxsiy tizimga ustunlik berish kerak.
Keyinchalik
hududiy himoya variantlarining birini qo`llash va undan so`ng aralash himoyaga
o`tish hujum qilishida raqiblar oldiga murakkab vazifalar qo`yadi.
Aralash himoya tizimini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun
quyidagilarga ega bo‘lish lozim:
1. Shaxsiy ta’qib uchun tajribali himoyachilar. Ular nafaqat ta’qibda,
balki imkoniyat darajasida boshqa jamoadoshlari bilan o‘zaro harakatlarda ham
qatnashishlari kerak;
2. Zonali himoyani amalga oshiradigan o‘yinchilar. Yakka tartibda ta’qib
qilayotganlarga
har tomonlama yordam berib, zaruriy hollarda xavfli
hujumchiga qarshi harakatlar olib borishlari mumkin.
27
XULOSA
Yuqori texnik mahorat belgilari:
-
berilgan o‘yin topshiriqlarini va himoyaning ikki- uch eng yaxshi
egallagan usullar bilan qo‘shilishidan mukammal
bajarish uchun usul va
usullarning eng maqbul hajm ini erkin egallash;
-
ko‘rsatilgan usullarning aniq va samarali bajarilishi;
-
halaqit beriladigan omillar ma’lum darajada toliqish,
psixologik
(ruhiy), keskinlik, og‘ir tashqi sharoit va hakozolar ta’sirida usullarning
bajarilishi barqarorligi;
-
raqib qarshi harakatining aniq variantlariga
qarab texnik usullar
(fazalarini) qismlarini boshqara olish;
-
usullarning bajarilishini ishonchliligi, bu ko‘p
kunlik musobaqa
davomidagi yuqori aniqlik va samaradorlik bilan u o‘yindan bu
o‘yingacha salbiy ta’sir etuvchi og‘ishlarsiz aniqlanadi;
Gandbolda texnik va taktik tayyorgarlik. Texnik usullar bu gandbol o‘yinini
vujudga keltirish vositasi demakdir. Yuksak sport natijalariga erishish ko‘p
jihatdan gandbolchilarning ana shu xilma-xil vositalarni qanchalik to‘liq bilishiga,
raqib jamoa o‘yinchilarni qarshilik ko‘rsatayotgan, ko‘pincha esa charchoq orta
borayotgan sharoitda o‘yin jarayonidagi turli holatlarda ularni qanchalik mohirlik
bilan samarali qo‘llashiga bog‘liq.
Gandbol o‘yinida
jismoniy, texnik-taktik, nazariy va psixologik
tayyorgarliklarining ahamiyati kattadir. Jismoniy tayyorgarlik o‘quv–
trenirovka jarayonining muhim bo‘limi hisoblanadi.
Gandbolda texnik usullarning bajarilishini
ikki tipga- bu sportchining
funktsional faolligini emotsional faolini, inertsion va reaktiv kuchlarnini,
muskul
qisqarishlarini tashkil qilish bo‘yicha bir- biridan keskin farq qiluvchi yuqori
(qisqa amplituda) va sekinlashtirilgan tezlikka (keng amplituda) ajratish mumkin.
Mashg‘ulotdan oldin qisqa nazariy darslar o‘tish mumkin, bunda murabbiy
oldindagi maqsad va vazifalarni ochib berish, maketlar yordamida tushuntirish, har
bir o‘yinchiga topshiriq berish, tushuntirishi lozim.