Chirchiq davlat pedagogika universiteti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy madaniyat nazariyasi kafedrasi



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/19
tarix09.12.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#138483
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Nishanova Muborak Abdukaxar Qizi

 
 
 



1.
 
GANDBOL O`YININING TAVSIFI 
Gandbol keng tarqalgan sport turlaridan biri bo`lib, u o`quvchi 
yoshlarni jismoniy rivojlantirish, ularning salomatligini mustahkamlashning 
eng omma-bop, binobarin, eng qulay vositalaridan biridir. Bu kattalar uchun 
ham, o`smir-yoshlar uchun ham birdek ma’qul bo`lgan chinakkam xalqchil 
o`yin hisoblanadi. Musobaqa nufuziga qarab, har bir jamoa o`n ikki 
o`yinchidan o`n oltita o`yinchigacha tashkil topgan tarkib bilan qatnashadi. 
Shundan 7 tasi asosiy tarkib o`yinchilaridir. Ular: 1 ta darvozabon va 6 ta 
maydon o`yinchilari hisoblanib, o`yindagi vazifalariga binoan “amplua” 
joylashuvlari quyidagicha: 2 ta burchak, 2 ta yarim o`rta, 1 ta markaz va 1 ta 
chiziq o`yinchilari. O`yinda qatnashuvchi jamoa o`yinchilarining maqsadi– 
to`pni egallab olib, dastlabki himoya qilinib turgan darvozaga kiritish. To`p 
bilan barcha harakatlar faqat qo`lda bajariladi. To`p uchun kurashda
qarshilik 
ko`rsatishda 
qo`pollik 
va 
sportchiga 
xos 
bo`lmagan 
harakatqilmasdan, qoidaga rioya qilinib bajarilishi lozim. 
Gandbol o`yinining asosini yugurish, sakrash, to`pni uzatish, darvozaga 
to`p otish kabi shug’ullanuvchilarning har jihatdan uyg’un rivojlanishiga 
yordam beradigan tabiiy harakatlar tashkil etadi. Yuklamalar organizmdagi 
barcha funksional tizimlarning rivojlanishiga ijobiy ta’sir etadi. 
Mashg’ulotlar ta’sirida, shuningdek, musobaqalarda shug’ullanuvchilarning 
ruhiy faoliyati takomillashadi, tezlik reaksiyasi, chamalash, ijodiy fikr 
yuritish, diqqatning ko`lami, tashabbuskorlik, irodaviy sifatlar, jismoniy 
sifatlardan: tezlik-tezkor-lik, kuch, sakrovchanlik, tezkor-kuch, chaqqonlik, 
chidamlilik va egiluvchanlik kabi sifatlari rivojlanadi. Gandbol o`yini 
umumiy jismoniy tayyorgarlik uchun yaxshi vosita bo`lib xizmat qiladi. 
Yo`nalishni o`zgartirib xilma-xil yugurish, sakrashning turli xillari, maksimal 
tezlikda harakat qilish yo`llari bilan jismoniy sifatlarni, ayni paytda irodaviy 
hislatlarni, taktik tafakkurini kamol topishi tufayli gandbol har qanday 



ixtisoslikdagi talaba uchun zarur bo`lgan sport o`yinlari qatoridan joy olgan.
Gandbol o`yini bugun maktab, litsey, kollej va oliy o`quv yurtlarida 
keng qo`llanilmoqda. Gandbol musobaqalari yoshlarni muntazam tarzda 
jismoniy tarbiya mashg’ulotlariga jalb qilishning muhim vositasi, sport 
mahoratini oshirishning hamda “Alpomish” va “Barchinoy” me’yoriy 
talablarini bajarish-ning asosiy omillaridan hisoblanadi. 

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin