Chirchiq davlat pedagogika universiteti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy madaniyat nazariyasi kafedrasi


Chalishtirma qadam tashlab yugurishdan



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/19
tarix09.12.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#138483
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Nishanova Muborak Abdukaxar Qizi

Chalishtirma qadam tashlab yugurishdan
harakat yo’nalishini o’zgartirish 
uchun, turgan joydan o’ngga yoki chapga siltanib yugurish paytida, burilib 
olgandan keyin foydalaniladi. U harakatlanishning spesifik vositasi bo’lib, asosan 
boshqa yugurish turlari bilan birga qo’shib qo’llaniladi.
Chalishtirma qadam tashlab yugurish yon tomonga ijro etiladigan yugurish 
qadamlari bilan ifodalanadi. Qadam tashlash siklining birida (qo’shaloq qadam) 
siltanuvchi oyoq tayanch oyoqning oldiga chalishtirib o’tkaziladi. Yugurish 
paytida havoda uchish fazasi juda qisqa. 
Sakrash.
Barcha turdagi sakrashlarda depsinish, havoda uchish va yerga tushish 
fazalari bo‘ladi. Gandbol o’yinida sakrash eng ko’p bajariladigan harakatlardan 
bittasi hisoblanadi. Masalan, joydan harakat davomida yoki harakat yakunida 
sakrab to‘g‘ri, o‘ng yoki chap tomonlarga burilib (aylanib) to‘p uzatish, ilish, 
darvozaga otish, sakrab to‘p yo‘nalishini ikki qo‘l bilan to‘sish, darvoza ustuniga 
tegib qaytgan to‘pni takror darvozaga otish usullarini ijro etish ko‘nikma va 
malakalari
egallashda o‘ziga xos xususiyatlar bilan faqlanadi.
 
Gandbolda sakrashning ikki xil usuli bor: bir oyoqda depsinib sakrash va ikki 
oyoqda depsinib sakrash. 
Bir oyoqda depsinib sakrash oldinga, yon tomonlarga, yuqoriga bajariladi. 
Bunday sakrashda faol depsinib, ikkinchi oyoqni silkitib, gavda og‘irlik 
markazining o‘qi sakrash tomonga o‘tkaziladi. Gandbol o’yinida bir oyoqda 


13 
depsinib sakrash usulidan ko’pincha to’pni darvozaga otishda va to’pni yuqoridan 
sakrab uzatishlarda ko’proq foydalaniladi.
Ikki oyoqda depsinib sakrash. Bunday usul bilan oldinga, oldinlab yon 
tomonga va oraliq yo‘nalishalarda sakraladi. Gandbol o’yinida ikki oyoqda 
depsinib sakrash usulidan ko’pincha raqib o’yinchisining darvoza tomon 
otayotgan to’pini ikki qo’l bilan sakrab to’sishda, darvoza ustuniga tegib yoqiridan 
qaytayotgan to‘pni sakrab ilib olishda ko’proq foydalaniladi.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin