Chirchiq davlat pedagogika universiteti maxsus pedagogika kafedrasi


Ta’lim oluvchilarning o‘quv faoliyatini tashkil etishi



Yüklə 162,96 Kb.
səhifə6/7
tarix13.12.2023
ölçüsü162,96 Kb.
#140267
1   2   3   4   5   6   7
1. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar ta’lim tarbiya berish yo‘llari

2.2. Ta’lim oluvchilarning o‘quv faoliyatini tashkil etishi
Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarni o‘qitishni erta boshlashning ahamiyati juda katta. Maktabgacha yosh davri – inson hayotida muhim, aytish mumkinki, hal qiluvchi davr. Bu davrda asosiy odatlar, ko‘nikmalar shakllanadi, хarakter belgilanadi, ya’ni butun keyingi hayot asoslari quriladi. Shu bilan birga, surdopedagogika tarixida tug‘ma eshitishida nuqsoni bo‘lgan kishilar rivojlanishning juda yuqori darajasiga erishgan, eshitadiganlar bilan erkin muloqot qilgan va hatto chet tillarni o‘rganganiga misollar ko‘plab topiladi.bu mo‘jiza emas edi. Har kunlik, har soatlik mehnat, iroda, muvaffaqiyatga ishonch hamda ota-onalar, pedagoglar namoyon qilgan chidam, muloyimlik, ko‘p marta ortiq mas’uliyat hissi va muhabbat bu kishilarga shunchalik ko‘p narsaga erishish imkonini berdi. Tug‘ma eshitishida nuqsoni bo‘lgan kishilar hatto maxsus ta’lim olmasdan ham, savodsiz yoki ma’lumoti past bo‘la turib ham, turli mehnat ko‘nikmalarini egallaganlariga ham misollar ko‘plab topiladi. Ularning ko‘pchiligi turli korxonalarda mehnat qilib, el-yurt hurmatini qozongan, davlat mukofotlariga loyiq topilgan. Oliy ma’lumot olgan eshitishida nuqsoni bo‘lgan kishilar: muhandislar, o‘qituvchilar, rassomlar, haykaltaroshlar bor. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan kishilarning yuqori darajada aqliy rivojlanishi holatlari tahlili ko‘rsatadiki, deyarli hamma vaqt bu ta’limni erta boshlashning natijasidir. Eshitadigan va eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar rivojlanishining umumiy yo‘nalishlari mos kelsa-da, kar va zaif eshituvchi bolalarni maxsus maktabda tarbiyalash talab qilinadi.
Maktabgacha yoshidagi eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning nutqini xolatini tekshirish natijalari taxlili maktabgacha yoshidagi eshitishda nuqsoni bo‘lganbolalarning lug‘at boyligini shakllantirish yo‘llarini darajasini aniqlash imkoniyatini berdi.
Maktab yoshidagi eshitishda nuqsoni bo‘lganbolalarning nutqini tekshirish jarayonini oddiydan murakkabga qaratib olib bordik va aniqlangan natijalardan shuni ko‘rish mumkin-ki, maktabgacha yoshidagi eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning lug‘at boyligini shakllantirilib borishiga qaramay o‘quvchilar javoblari juda past ko‘rsatkichni ko‘rsatdilar. maktabgacha yoshidagi eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning lug‘at boyligini tekshirish bo‘yicha topshiriqlarni bajarilishi talab qilingan topshirig‘imizning natijalari 1- jadvalda foiz ko‘rsatkichlarida ko‘rsatilgan. Ta’kidlovchi eksperimentda Toshkent shahridagi Olmazor tumani 106-conli ixtisoslashtiriilgan maktabning maktabgacha bo‘limi tanlandi. 10 nafar maktabgacha yoshidagi eshitishda nuqsoni bo‘lgan tarbiyalanuvchilari qatnashdilar,Maktabgacha yoshidagi eshitishda nuqsoni bo‘lgan tarbiyalanuvchilari lug‘at boyligini L.R.Mo‘minova tomonidan ishlab chiqilgan (ekspressiv va impressiv nutqni tekshirish uchun) metodikalaridan asosida o‘rganildi.Eksperimentimizda eshitishda nuqsoni bo‘lgantarbiyalanuvchilarga og‘zaki va yozma topshiriqlar berildi.Eshitishda nuqsoni bo‘lganbolalarda faol lug‘atning holatini o‘rganish uning passiv lug‘atdan ancha kam ekanligini ko‘rsatadi.
Eshitishda nuqsoni bo‘lganbolalarning faol lug‘atining umumiy holati 1 – jadvalda ko‘rsatilgan. Eksperiment jarayonida tekshirilgan bolalarning insonning gavda qismlarini to‘g‘ri nomlay olmadilar. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning 5 tasi (50%) uy jihozlaridan predmetlarni nomladilar, qolganlari esa predmetlarni nomlay olmadilar, lekin eksperimentatorning rag‘batlantiruvchi yordamidan, ko‘rsatmasidan so‘ng ham (eksperimentator predmetni ko‘rsatadi va so‘raydi: “Qani aytchi, bu nima edi?”) eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning 5 tasi (50%) uy jihozlaridan predmetlarni nomladilar. Predmetlarni kategoriya bo‘yicha umumlashtirish yuzasidan berilgan, fikr yuritishga yo‘naltirilgan topshiriqlar Eshitishda nuqsoni bo‘lganbolalarda katta qiyinchilik tug‘dirganligi aniqlandi. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning 4 tasi (40%) uy jihozlaridan predmetlarni umumlashtirdilar, qolganlari esa predmetlarni rag‘batlantiruvchi yordamidan, ko‘rsatmasidan so‘ng ham (eksperimentator predmetni ko‘rsatadi va so‘raydi: “Qani aytchi, bu nima edi?”) eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning 6 tasi (60%) uy jihozlaridan predmetlarni umumlashtirdilar, faol nutqda eshitishda nuqsoni bo‘lganbolalar umumiy tushunchani ifodalaydigan so‘zlarni xususiy tushunchani ifodalaydigan so‘zlarni xususiy tushunchani anglatadigan so‘zlar bilan almashtiriladi. Oyoq kiyimlarini ifodalovchi rasmlar guruhini bolalar “tuflilar”, idish tovoqlarni – “piyolalar”, “ichadigan narsalar”, mebellarni – “shkaflar”, transportlarni – “mashinalar” deb nomladilar.
Shuningdek, eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar umumiy tushunchalarni ifodalaydigan so‘zlar o‘rniga predmetlarning tadbiqiy tomonini ifodalovchi so‘zlardan foydalanishlari aniqlandi. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarda lug‘at boyligining cheklanganligi javob berish, hikoya qilish jarayonida kerakli so‘zni topa olmaslikda, ko‘pincha hatto predmetni nomlay bilmaslikda namoyon bo‘ldi.
So‘z boyligining kamligi, shuningdek, bilim va tasavvurlarning chegaralanganligi sababli aqli zaiflarning ko‘pchiligi qushlar, ba’zi hayvonlar, ularning bolalari nomlarini, yil fasllarini almashtirib qo‘llashi, oylar nomining, ketma-ketligining, u yoki bu fasl belgilarining bilmasligini tavsiflaydi.
Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalardagi lug‘at boyligining kamligi so‘zlarga sifatlar topishda, predmetlarning belgilarini nomlashda ham namoyon bo‘ldi. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning 3 tasi (30%) uy jihozlaridan predmetlarni belgisini nomladilar, qolganlari esa predmetlarni nomlay olmadilar, lekin eksperimentatorning rag‘batlantiruvchi yordamidan, eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning 7 tasi (70%) predmetlarni belgilarini nomladilar.Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalardagi lug‘at boyligining kamligi so‘zlarga sifatlar topishda qiyinchilik tug‘dirdi.
5.So‘zlarga antonimlarni topish jarayonida bolaga avval birin-ketin ko‘rsatilgan rasmlarni nomlash, so‘ngra so‘zlarga antonimlarni topish taklif qilindi .Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalardagi lug‘at boyligining kamligi so‘zlarga antonimlarni topishda qiyinchilik tug‘dirdi., Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning 3 tasi (30%) so‘zlarga antonimlarni topdilar, qolganlari esa predmetlarni nomlay olmadilar, lekin eksperimentatorning rag‘batlantiruvchi yordamidan, eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning 7 tasi (70%) so‘zlarga antonimlarni topdilar.
Predmetlar va harakatlar tasvirlangan rasmlar bo‘yicha gaplar tuzish: “Bu qo‘g‘irchoq. U olma ushlab turibdi. Bu o‘quvchi. O‘quvchi dars tayyorlayapti” eshitishda nuqsoni bo‘lganbolalardagi lug‘at boyligining kamligi so‘zlarga gap tuzishda qiyinchilik tug‘dirdi. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning 3 tasi (30%) rasmlar bo‘yicha gaplar tuzdilar, qolganlari eksperimentatorning rag‘batlantiruvchi yordamidan, eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning 3 tasi (30%) rasmlar bo‘yicha gaplar tuzdilar. Rasm asosida gaplar tuzish topshirig‘i 4 ta bola (40%)bu topshiriqni bajara olmadilar. Eshitishda nuqsoni bo‘lganbolalar lug‘at zaxirasini tekshirish natijalari ularda gaplar sintaksisining deyarli rivojlanmaganligi aniqlandi. Tekshirilgan eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning barchasi rasmlarga qarab gap tuzishda bitta so‘z bilan chegaranishlari aniqlandi. Masalan, Malika taklif qilingan rasmlarni ko‘rib chiqib (rasmda bola tasvirlangan, u olma ushlab turibdi)- “bola” deb gap tuzdi. Eksperiment jarayonida eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalardan ba’zilarigina nutqida faqat sodda gaplardan foydalanishlari aniqlandi. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar tomonidan tuzilgan gaplarda ko‘makchi so‘zlarning yo‘qligi ko‘zga tashlanadi. Tekshirish jarayoni eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar nutqida so‘zlar tartibi buzilishining ham ko‘p hollarda uchrashi mumkinligini ko‘rsatadi.
XULOSA
1.Kar va eshituvchi bolaning har tomonlama kamol toptirish hamda uni maktab ta’limiga tayyorlash har tomonlama kamol toptirish hamda maktab ta’limiga tayyorlash uning nutqiy rivojlanishi bilan bevosita borliqdir, kar bolalarning nutqi faqat ularning umumiy rivojlanishi negizida shakllanish mumkinligini, shu bilan birga ularning umumiy kamoloti so‘zli nutqining rivojlanish darajasiga bogliqligi L.S.Vigotskiy, F.F.Rau, L.P.Noskova, L.A.Golovchis, I.Kislisina, U.Fayziyev, F.Alimxodjayeva va boshqa olimlarning asarlarida e’tirof etiladi.Ilk davrda kar va eshituvchi bolalar o‘rtasidagi farq sezilmaydi, nutqacha bo‘lgan davrda kar bolalarga xuddi eshituvchi bolalarga kabi ovoz chiqarish, gugulash, so‘ng guldirashdek nutq ko‘rinishlari hos bo‘ladi. Keyinchalik, eshituvchi bolalar atrofdagilar nutqini eshitib va ularga taqlid qilib gapirishni boshlaganda kar bolalarning nutqi rivojlanmay qoladi, mavjud nutq ko‘nikmalari ham so‘nib boradi.
2. Maktabgacha yoshidagi eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning lug‘at boyligini eksperemental o‘rganish natijalari mazkur kategoriyadagi bolalarning nutqi tizimli buzilishlarga ega ekanliklari va bu buzilishlar nutqning barcha tomonlarini qamrab olganligini ko‘rsatadi. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarda impressiv va ekspressiv nutq buzilganligi, shuningdek, nutqning fonetik, leksik va grammatik qurilishida murakkab nuqsonlar borligi aniqlandi. Tekshirilgan eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarda nutqiy aloqaga bo‘lgan ehtiyojning kamligi, nutqiy faoliyatiga bo‘lgan intilishning buzilganligi aniqlandi. Bolalarning ko‘pchiligida nutqiy aloqaning savol-javob darajasida ekanligi kuzatildi. Aksariyat bolalarda murakkab nutq ko‘lami juda oz. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning nutqini o‘stirish bo‘yicha ishlarni tashkil etishda barcha holatlarda muloqatga (aloqa qilishga) bo‘gan intilishni yuzaga keltirish va ehtiyojini shakllantirish lozim.
3. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning kattalar bilan aloqa qilish vositasi sifatida nutq funksiyasi insonning keyigi verbal va shaxs rivojlanish asosida yotadi. Shuning uchun nutqni rivojlantirish bo‘yicha korreksion – tarbiyaviy ishlarning asosiy yo‘nalishlarning biri – qandaydir boshqa bir faoliyat bo‘yicha (predmetli, o‘yin va hokazo) nutqiy muloqat uchun sharoit yaratishdir. Kommunikativ so‘zlashuv (bayon etishning) barcha turlarini egallab olishning va shu bilan birga so‘zlarning sintagmatik munosabatlarini egallash nutq o‘stirish bo‘yicha maxsus mashg‘ulotlarda muvaffaqiyatli amalga oshirilishi mumkin. Boladagi nutqning qiyinchiliklarni bartaraf etishda individual korreksiyalash mashg‘ulotlari katta ahamiyatga ega.Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni nutqga o‘rgatishda bunday yondashishda ular nutqiy, shaxsiy rivojlanishida har tomonlama kamol toptirish hamda maktab ta’limiga tayyorlashda ancha yuqori darajalarga erishishlari mumkin.
ILOVALAR








Yüklə 162,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin