Chirchiq davlat pedagogika universiteti



Yüklə 60,06 Kb.
səhifə10/13
tarix18.10.2022
ölçüsü60,06 Kb.
#118392
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Umirzakov M Ta\'lim texnologiyasining mohiyati belgi va xususiyatlari

1 – bosqich:

  • trener tinglovchilar bilan birga bahs mavzusini yoki muhokama etilishi kerak bо‘lgan muammoni yoki о‘rganilgan bо‘limni belgilab oladi;

  • trener о‘quv mashg‘ulotida avval har bir tinglovchi yakka tartibda ishlashi, keyin esa kichik guruhlarda ish olib borilishi va nihoyat dars oxirida jamoa bо‘lib ishlanishi haqida tinglovchilarga ma’lumot beradi;

  • mashg‘ulot davomida har bir tinglovchi о‘z fikrini erkin holda tо‘liq bayon etishi mumkin ekanligini eslatib о‘tiladi.

2 – bosqich:

  • har bir tinglovchiga FSMU texnologiyasining 4 bosqichi yozilgan qog‘ozlar tarqatiladi.:

F – fikringizni bayon eting.
S – fikringizni bayoniga sabab kо‘rsating.
M – kо‘rsatgan sababingizni isbotlab misol (dalil) keltiring.
U – fikringizni umumlashtiring.
Har bir tinglovchi yakka tartibda tarqatilgan qog‘ozdagi FSMUning 4 bosqichini о‘z fikrlarini yozma bayon etgan holda tо‘ldiradi.
3 – bosqich:

  • har bir tinglovchi о‘z qog‘ozlarini tо‘ldirib bо‘lgach, trener ularni kichik guruhlarga bо‘linishlarini iltimos qiladi yoki о‘zi turdi guruhlarga bо‘lish usullaridan foydalangan holda tinglovchilarni kichik guruhlarga bо‘lib yuboradi;

  • trener har bir guruhga FSMU texnologiyasining 4 bosqichi yozilgan katta formatdagi qog‘ozlarni tarqatadi;

  • trener kichik guruhlarga har birlari yozgan qog‘ozlardagi fikr va dalillarni katta formatda umumlashtirgan holda 4 bosqich bо‘yicha yozishlarini taklif etadi.

4 – bosqich:

  • kichik guruhlarda avval har bir tinglovchi о‘zi yozgan har bir bosqichdagi fikrlari bilan guruh a’zolarini tanishtirib о‘tadi. Guruh a’zolarining barcha fikrlari о‘rganilgach, kichik guruh a’zolari ularni umumlashtirishga kirishadi;

  • guruh a’zolari FSMUning 4 bosqichini har biri bо‘yicha umumlashtirib, uni himoya qilishga tayyorgarlik kо‘radilar;

  • fikrlarni umumlashtirish vaqtida har bir tinglovchi о‘z fikrlarini himoya etishi, isbotlashi mumkin.


Yüklə 60,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin