Chirchiq davlat pedagogika universiteti


Ta’lim texnologiyasi pedagogik tizim elementlari



Yüklə 60,06 Kb.
səhifə5/13
tarix18.10.2022
ölçüsü60,06 Kb.
#118392
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Umirzakov M Ta\'lim texnologiyasining mohiyati belgi va xususiyatlari

1.2. Ta’lim texnologiyasi pedagogik tizim elementlari.
Shaxsga yo'naltirilgan o'qitish texnologiyalari ilmiy-texnikaviy taraqqiyoti jadallashtirilgan davrida rivojlangan davlatlarda shakllantirilganligini inobatga olgan holda ular chuqur ildizlarga ega ekanligini ta'kidlash to'g'ri bo'lar edi.
Qadimiy faylasuf Sokrat o'z chiqishlarida savol va javob usulini ishlatar edi. Bu usul haqiqatni bilib olish uchun yordam berar edi.
Qadimiy Rim pedagogi M-F.Kvantilian har bir shogirdga e'tibor va diqqat bilan yondashishni tavsiya bergan edi.
O'rta asr Sharqining buyuk olim-rnutafakkirlari tomonidan yirik pedagogik meros qoldirilgin. Asrlar, mingyillar davomida shaxsga muhabbat va hurmat, unga yordamlashish xislatlari asosida sivilizatsiya shakllanib keldi.
Millatimiz shakllanishi bilan birgalikda xalqimizning mentaliteti insonga muhabbat va hurmat ko'rsatish, unga yordamlashish xislatlari asosida yuzaga chiqdi. Eng avvalo, yoshlarimizga nisbatan muhabbat yaqqol namoyon bo'ladi. Xalqimiz bolalarga «siz» deb munosabat qilur, kattalar ularga birinchi bo'lib «salom» berur.
Yaponiyaning zamonaviy pedagog-olimlari bolani kuniga 200 martagacha erkalatishni tavsiya beradilar. Bu zamonaviy g'oyalarning debochasi, buyuk ajdodimiz Al-Buxoriyning «Hadis» kitobida «Bolaga rahmdillik qilmoq, uni o'pib quchoqlamoq haqida» bobida yoritilgan. Shaxsga yo'naltirilgan o'qitish texnologiyalarning o'zagi shaxslar o'rtasidagi yuqori qadriyatlarga, teng huquqlilikka asoslangan munosabat hisoblanadi. Bu qadriyatlar Al-Buxoriyning «Hadis» kitobida «Shirin so'z odam haqida», «So'kmoq va la'natlamoq ta'qiqlanganligi haqida» boblarida namoyon etilgan. Unda shaxsni so'kish uni o'ldirish bilan tenglashtirilgan.
Xulosa qilib ta'kidlash lozimki, ajoyib shaxsiy fazilatlarga asoslangan ta'limimiz, jahon fanning shakllanishiga va rivoji o'zining munosib xissa qo'shgani bilan ajralib turadi.
Abu Ali ibn Sino, A.Beruniy, Al-Xorazmiy, M.Ulug'bek, Al-Buxoriy, A.G'ijduvoniy, B.Naqshbandiy, A.Navoiy, Z.Bobir kabi buyuk ajdodlarimizning ta'limoti, jahon sivilizatsiyasidagi bebaho ulushini bugungi kunda butun dunyo tan olmoqda.
Pedagogika fanining rivojlanishiga Yevropa buyuk pedagog-olimlari hissa qo'shgan, jumladan: italiyalik Vittanno di Feltre, fransuz Fransua Rable, ingliz Tomas More, nemis A.Distruverg, rus K.D.Ushinskiy va boshqalarni ta'kidlab o'tish mumkin.
Bular gumanistik tarbiyani, mustaqil fikrlashni rivojlanishini, ijodni, faolligini, ko'rgazma materiallarni keng foydalanishini, nazariy ta'limni mehnat bilan bog'Ianish tarafdori edilar. Ular pedagogik jarayonda o'quvchilarni subyekt deb hisoblar edilar.
Shaxsga yo'naltirilgan texnologiyalar insonning aqliy qobiliyatlarini ochishiga xizmat qiladi
Muammoli o'qitish amerikalik faylasuf, psixolog va pedagog Dj.Dyunning nazariy qoidalariga asoslanadi va XX asrning 20-30-yillarida tarqala boshladi. Dj.Dyun o'qitish uchun quyidagilarni asos qilib_belgiladi: ijtimoiy, konstruksiyalash, badiiy ifodalash, ilmiy-tadqiqiy. Bu asoslarni amalga oshirish uchun quyidagilar tavsiya etiladi: so'z, san'at asarlari, texnik qurilmalar, o'yinlar va mehnat.
Bugungi kunda, muammoli o'qitish deganda mashg'ulotlarda pedagog tomonidan yaratiladigan muammoli vaziyatlar va ularni yechishga qaratilgan o'quvchilarning faol mustaqil faoliyati tushuniladi. Buning natijasida o'quvchilar kasbiy bilimlarga, ko'nikmalarga, malakalarga ega bo'Iadilar va fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi.
Muammoli o'qitish, o'qitishning shaxsga yo'naltirilgan texnologiyalarga taalluqli, chunki bu yerda shaxs subyekt sifatida qaraladi, muammoli vaziyatlaming maqsadi -pedagogik jarayonda o'ziga xos qiziqish uyg'otishdir.
Muammoli o'qitish, o'qitishning eng tabiiy samarali usulidir, chunki ilmiy bilimlarmantiqi o'zida muammoli vaziyatlar mantiqini namoyish etadl
Muammoli vaziyatlar kiritilib, an'anaviy, bayon etish o'quv materialining eng optimal tarkibi hisoblanadi. Pedagog muammoli vaziyat yaratadi (3.3-rasm), o'quvchini uni yechishga yo'naltiradi, yechimni izlashni tashkil etadi. Muammoli o'qitishni boshqarish, pedagogik mahoratni talab etadi, chunki muammoli vaziyatning paydo bo'lishi individual holat bo'lib, tabaqalashtirilgan va individuallashtirilgan yondashuvni talab etadi.
Muammoli o'qitish, ijodiy jarayondan nostandart ilmiy-o'quv masalalami nostandart usullar bilan yechishni taqozo etadi. Talabalarga mashq uchun beriladigan masalalar, olingan bilimlarni mustahkamlash va malakalar hosil qilish uchun xizmat qilsa, muammoli masalalar esa faqat yangi yechimlar izlashga qaratiladi.
O'quv materialini muammoli taqdim etilishining mohiyati shundaki, unda o'qituvchi bilimlarni tayyor holda taqdim etmasdan, o'quvchilar oldiga muammoli masalalar qo'yadi, ularni yechimining yo'llari va vositalarini izlashga undaydi. Muammo, yangi bilimlar va harakat usullar sari, o'zi yo'lga boshlaydi.
Shuni qat'iyatlik bilan ta'kidlash lozimki, bu yerda yangi bilimlar ma'lumot uchun emas, balki muammo yoki muammolarni yechimi uchun beriladi. An'anaviy pedagogik usuldagi - bilimlardan muammoga qarab - o'quvchilar mustaqil ilmiy izlanish ko'nikma va malakalarini hosil qila olmaydi, chunki ularga o'zlashtirish uchun tayyor natijalar taqdim etiladi. Muammoning yechimi ijodiy fikrlashni taqozo etadi. O'zlashtirilgan bilimlar shablonlarini takrorlash bilan bog'liq bo'lgan reproduktiv psixik jarayonlar, muammoli vaziyatlarda hech qanday samara bermaydi.
Agar inson muntazam tayyor bilim va ko'nikmalarni o'zlashtirishga o'rgatilgan bo'lsa, uning tabiiy ijodiy qobiliyatini so'ndirish ham mumkin; u mustaqil fikrlashni «esdan chiqaradi» Fikrlash jarayoni muammoli masalalani yechishda a'lo darajada namoyon bo'ladi va rivojlanadi.
Muammoli o'qitishda kechadigan jarayonlarning psixologik mexanizmi quyidagicha boladi: inson ziddiyatli, yangi, noma'lum muammoga (muammo - murakkab nazariy yoki amaliy masala bo'lib, yashirin ziddiyatlarni qamrab oladi, uning yechimi turli, hatto muqobil vaziyatlarni talab etadi) duch keladi, unda hayratlanish, ajablanish holati paydo bo'ladi, «gap nimada?» degan savol tug'iladi. Muammoli ta'limning vujudga kelish tarixi. Muammoli ta'lim haqida tushuncha. Shunday qilib, muammoli ta'lim deyilganda, o’qituvchi (pedagog) rag’barligida muammoli vaziyat yuzaga keltirilib, mazkur muammo talabalarning faol mustaqil faoliyati natijasida bilim, ko'nikma va malakalarni ijodiy o'zlashtirish va aqliy faoliyatni rivojlantirishga imkon beradigan ta'lim jarayonini tashkil etish nazarda tutiladi. Shuningdek, muammoli o’qitishning mohiyatini o’qituvchi (pedagog) tomonidan talabalarning o’quv ishlarida muammoli vaziyatni vujudga keltirish va o’quv vazifalarini, muammolarini va savollarini hal qilish orqali yangi bilimlarni o'zlashtirish bo'yicha ularning bilish faoliyatini boshqarish tashkil etadi. Bu esa bilimlarni o'zlashtirishning ilmiy-tadqiqot usulini yuzaga keltiradi.
Muammoli ta'limning muvaffaqiyati quyidagi omillarga bog’liq:
1. O’quv materialini muammolashtirish;
2. Talabalarning bilish faoliyatini faollashtirish;
3. Ta'lim jarayonini o'yin, mehnat faoliyati bilan uyg’unlashtirish;
4. O’qituvchi (pedagog) tomonidan muammoli metodlardan o'z o'rnida samarali foydalanish ko'nikmasiga ega bo'lish;
5. Muammoli vaziyatni hal etish yuzasidan muammoli savollar zanjirini tuzish va mantiqiy ketma-ketlikda talabalarga bayon etish.
Muammoli ta'lim – bu talabalar ilmiy dunyoqarashini shakllantirishning asosiy usuli bo'lib, insonning bilish va amaliy faoliyatini boshqaruvchi muayyan shaxsiy sub'ektiv yo'llanma sifatida tushuniladi.
Dunyoqarashni shakllantirish – bu birinchi navbatda shaxsning intellektual – faolligini shakllantirishdir. Ilmiy dunyoqarashni samarali shakllantirishning ikkita muhim sharti mavjud:
talabalarning tushunchalar tizimini o'zlashtirishga oid faol intellektual fikrlash faoliyati.
Insonning his-tuyg’usi va emotsiyasiga ta'sir etish, uning bilimini e'tiqodga aylantirish.
Muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish turlari
Muammoli vaziyat muayyan pedagogik vositalarda maqsadga muvofiq tashkil etiladigan o'ziga xos o’qitish sharoitida yuzaga keladi. Shuningdek, o'rganilgan mavzular xususiyatlaridan kelib chiqib, bunday vaziyatlarni yaratishning maxsus usullarini ishlab chiqish zarur. Shunday qilib, o’qitishda muammoli vaziyat shunchaki «fikr yo'lidagi kutilmagan to'siq» bilan bog’langan aqliy mashaqqat holati emas.
Muammoli vaziyat har qanday fikrlash mashaqqatlaridan farqi qilib, unda talaba mashaqqat talab qilgan ob’ekt (tushuncha, fakt)ning unga amal va ayni vaqtda muhim bo'lgan vazifa, masala bo'yicha ichki, yashirin aloqalarini anglab etadi.
Muammoli vaziyatning mohiyati shuki, u talaba tanish bo'lgan ma'lumotlar va yangi faktlar, hodisalar (qaysiki, ularni tushunish va tushuntirish uchun avvalgi bilimlar kamlik qiladi) o'rtasidagi ziddiyatdir. Bu ziddiyat bilimlarni ijodiy o'zlashtirish uchun harakatlantiruvchi kuchdir.
Muammoli vaziyatning belgilari quyidagilar:
talabaga notanish faktning mavjud bo'lishi;
vazifalarni bajarish uchun talabaga beriladigan ko'rsatmalar, yuzaga kelgan bilish mashaqqatini hal qilishda ulaming shaxsiy manfaatdorligi.
Muammoli vaziyatdan chiqa olish, hamma vaqt muammoni, ya'ni nima noma'lum ekanligini, uning nutqiy ifodasi va yechimini anglash bilan bog’langan bo'ladi.
Muammoli vaziyatni fikriy tahlil qiladigan bo'lsak, u avvalombor talabalarning mustaqil aqliy faoliyatidir. U talabani intellektual mashaqqat keltirib chihargan sabablarni tushunishga, unga kirish, muammoni so'z bilan ifodalash, ya'ni faol fikr yuritishni belgilashga olib keladi. Bu o'rinda izchillik yorqin ko'rinadi: awalo muammoli vaziyat yuzaga keladi, so'ng o’quv muammosi shakllanadi.
O’qitish amaliyotida boshqa variant — o'sha muammo tashqi ko'rinishda muammoli vaziyat yuzaga kelishiga muvofiq kelganday bo'ladigan variant ham uchraydi. Faktlar, hukmlar nazariy qoidalar ziddiyatlari mazmunidagi savollar ko'rinishidagi muammoning ifodasi odatda «nimaga» savoliga javob bo'ladigan muammoli vaziyatning mavjudligini aks ettiradi.
Muammo uch tarkibiy qismdan iborat: ma'lum (berilgan vazifa asosida), noma'lum (ularni topish yangi bilimlarni shakllantirishga olib keladi) va avvalgi bilimlar (talabalar tajribasi). Ular noma'lumni topishga yo'nalgan qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun zarurdir. Avvalo talabaga noma'lum bo'lgan o’quv muammosi vazifasi belgilanadi va bunda uning bajarilish usullari hamda natijasi ham noma'lum bo'ladi, shunda talabalar o'zlaridagi avval egallangan bilim va ko'nikmalarga asoslanib turib kutilgan natija yoki echilish yo'lini izlashga tushadi.
Shunday qilib, talabalar biladigan vazifa va uni mustaqil hal kilinish usuli o’quv muammosi bo'la olmaydi, ikkinchidan, biror vazifaning echilish usullarini va uni izlash vositalarini bilishmasa ham o’quv muammosi bo'la olmaydi.O’quv muammosini echish jarayonida talabalar aqliy faoliyatining muhim bosqichi uning echilish usulini o'ylab topish yoki gipoteza qo’yish hamda gipotezani asoslashdir.
Shaxs bilish faoliyatining izlanish davrini maxsus sxemalarda ifodalash mumkin: muammoli vaziyat — o’quv muammosi — o’quv muammosini echish uchun izlanish — muammoning echilishi.
Muammoli o’qitish mashg’ulotlarini tashkil etish va o'tkazishning muhim tomoni shundaki, bunda o’qituvchi uning ham ta'limiy, ham tarbiyaviy funktsiyasini yaxshi anglab olgan bo'lishi talab qilinadi. O’qituvchi hech qachon talabalarga tayyor haqiqatni (yechimni) berishi kerak emas, balki ularga bilimlarni olishga turtki berishi, mashg’ulotlarda va hayot faoliyatlarida zarur bo'lgan axborot, voqea, vaqt va hodisalami ongida qayta ishJashlariga yordam berishi lozim bo'ladi.
Muammoli vaziyatlardan o’quv jarayonining barcha bosqichlarida: yangi mavzu bayoni, mustahkamlash va bilimlarni nazorat qilishda foydalanish mumkin. Muammoli vaziyatlar tizimi muvaffaqiyatli yaratilgan hollarda mazkur mavzuni muammoli dars shaklida o'tish tavsiya etiladi. O’qitish jarayoniga muammoli darslarni qo’llashi uchun o’qituvchi (pedagog) quyidagi masalalarni hal qilishi kerak bo'ladi:
o’quv dasturi bo'yicha qaysi mavzularni muammoli dars shaklida o'tish mumkinligini;
mavzu matnidagi masalalar bo'yicha muammoli vaziyatni keltirib chiharadigan savollar, topshiriqlarni aniqlash, bunda didaktikaning ilmiylik, sistemalilik, mantiqiylik, ketma-ketlik, izchillik printsiplariga amal qilishi;
talabalarning bilish faoliyatini faollashtirish va boshqarishni ta'minlaydigan vosita va usullarni aniqlashi, ulardan o'z o'rnida va samarali foydalanish.
Muammoli o’qitish jarayonida talabaning mustaqillik roli reproduktiv o’quv usullariga solishtirib haraganda ancha samarali bo'ladi. Muammoli o’qitishning maqsadi talabalar bilan ishlash jarayonida ta'lim-tarbiya masalalari, muammo va savollariga javob qidirish, ularni hal etish yo'llari bilan yangi bilimlarni o'zlashtirishni, talabalar o’quv faoliyatida muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish va hal etish bo'yicha o’qituvchi (pedagog)lar ularda qiziqish uyg’ota olishidan iborat.
Muammoli vaziyat-tinglovchi (bilim oluvchi)larga beriladigan fakt va ma'lumotlar, axborot va bilimlar bilan yangi dalillar, hodisalar, vaziyatlar orasidagi dialektik harshiliklar bo'lib, ularni tushunib olish uchun ilgari olgan bilimlarining etishmasligidir. Bu harama-harshiliklar (tushunmovchiliklar) ijodiy bilimlarni o'zlashtirish uchun harakatlantiruvchi kuch bo'lib xizmat qiladi.
Ta'lim jarayonida muammoli vaziyat xususiyati quyidagilardan iborat:
talabalar uchun noma'lum yangilik mavjudligi;
muammolarni o'zlari hal etishlari;
shaxsiy qiziqish va ehtiyojlari yuzaga kelgan tushunmovchiliklarni o'zlari o'rganishga harakat qilishlari;
nima noma'lum ekanligini bilib, ma'nosini tushunib, uni hal etishga intilish kabilar.
Muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish turlari.
O’quv jarayonidagi muammoli vaziyatning bir necha turlari farqlanadi:
1. Talabalar qo’yilgan vazifaning echilish usulini bilmaydilar, muammoli savolga javob berolmaydilar.
2. Talabalar avval olgan bilimlarini yangi sharoitda, holatda foydalanish zaruriyatiga duch keladilar.
3. Vazifaning nazariy jihatdan echilishi mumkin bo'lgan yo'li va tanlangan usulning amaliy jihatdan qo’llashi qiyiniligi orasida ziddiyat yuz beradi.
4. Vazifaning bajarilishida natijaga amaliy erishish va talabalarda uni nazariy jihatdan asoslashga bilim etishmasligi o'rtasida ziddiyat yuz beradi.
Adabiyotlarda muammoli vaziyat yaratishning quyidagi ko'p uchraydigan usullari qayd qilinadi:
hodisalar, o'rganilayotgan tushunchalar mohiyatini tushuntirish uchun muammoli vazifalar qo’yish;
olingan bilimlarning amaliy tadbiqi usullarini topish uchun muammoli vazifa qo’yish;
talabalarni hodisalar va faktlar orasidagi ziddiyatlar va nomuvofiqliklarni tushuntirib berishlariga undash;
ilmiy tushunchalari va hayotiy tasavvurlari orasidagi ziddiyatni keltirib chiharadigan fakt va hodisalarni tahlil qilishga undash;
talabalarni fakt, hodisa, hatti-harakatlar, xulosalarni solishtirish, ?iyos qilishga undash;
talabalarni go'yo tushunib bo'lmaydigan xarakterdagi va fan tarixida ilmiy muammoning qo'yilishiga sabab bo'lgan faktlar bilan tanishtirish.
Muammoli vaziyatni vujudga keltirishning yuqorida keltirilgan usullari uning boshqa variantlariga chek qo'ymaydi. Har bir o’qituvchi o'zining amaliy faoliyatida o’quv materiallari bilan ijodiy ishlash jarayonida uni tashkil qilishning turli imkoniyatlarini qidirishi va topishi mumkin.
Talabalarning fikrlari tobora qiyomiga eta borib, muammoli vaziyat ularda ma'lum xissiy hozirlikni vujudga keltiradi. Mustaqil amalga oshirilgan bilish jarayonidan, kashfiyotlardan qoniqish hosil qiladi. Hayratga tushish, tushkunlik yoki shodlik qissiyotlari muammoli vaziyatni to’g’ri tashkil qilish belgilari bo'lib xizmat qiladi. Ma'lumki, yuqori ko'tarinkilik bilimlarni samarali o'zlashtirish, haqiqatni qidirish va unga erishishning muhim omili hisoblanadi.
Muammoli talim darajalari.
O’qituvchi bilan talabaning o'zaro munosabati xarakteriga ko'ra muammoli ta'limni shartli ravishda 4 darajaga ajratish mumkin:
· Muammoli ta'lim darajalari
· O’qituvchi va talaba faoliyati
· Mustaqil bo'lmagan (odatdagi) faollik darajasi
· O’qituvchi tushuntirganini talaba tomonidan idrok etilishi muammoli vaziyatlar sharoitida aqliy mehnat
· Yarim mustaqil faollik darajasi
· Ilgarigi bilimlarni yangi vaziyatlarda qo’llashi va talabalarning o’qituvchi tomonidan qo’yilgan o’quv muammolarining echish usullarini izlashda ishtirok etish
· Mustaqil
· faollik darajasi
· Reproduktiv – izlanish tipidagi ishlarni bajarish, bunda darslik matni bilan talabaning o'zi ishlaydi, ilgarigi bilimlarini yangi vaziyatda qo'llanadi, konstruktsiyaaydi, o'rtacha murakkablikdagi masalalarni echadi, o’qituvchining ko'magi bilan gipotezalarni isbotlaydi va h.k.
· Ijodiy faollik darajasi
· Ijodiy tasavvurni talab etuvchi, mantiqiy tahlil qilish va o'ylab topishni, o’quv muammolarini echishning yangi usullarini kashf etishni, mustaqil isbotlashni: mustaqil xulosa va umumlashmalar chiharishni, kashfiyot va badiiy insholar yozishni talab qiladigan mustaqil ishlarni bajarish
Muammoli ta'limni tadqiqot metodi bilan aynan bir narsa deb emas, balki talaba tafakkuri va uning xotirasining rivojlanishini ta'minlaydigan, bilimlarni ijodiy o'zlashtirishiga, ilmiy faktlarni jamlashga ko'maklashadigan hamda e'tiqodni tarkib toptiradigan ta'limning bir turi deb qarash lozim.
1. Muammoli vaziyatlarni mazmuniga ko'ra guruhlash.
Didaktikada muammoli dasrlarni muammoli vaziyatlarning tipiga qarab xarakterlashga oid tadqiqotlar mavjud. Shu o'rinda G.V.Artyomova o'z izlanishlari asosida muammoli darslarni tashkil etishning bir necha variantlarini taklif etadi.
Bular: 1. Versiya xarakteridagi dars.
2. Qiyosiy-umumlashtirish xarakteridagi dars.
3. Ma'naviy-axloqiy muammoli dars.
Versiya xarakteridagi dars strukturasi
Qiyosiy-umumlashtirish xarakteridagi dars strukturasi
Muammoning murakkabligi, talabalarning bilim saviyasi va malakasi, ularning ijodiy faoliyati ko'nikmalari, didaktik maqsadga yo'nalganligiga qarab muammoli o’qitishda talaba va o’qituvchi o'zaro munosabatlarining turli variantlari bo'lishi mumkin, ya'ni muammolilikning turli sathlari amalda bo'lishi mumkin.
Pedagogikaga oid adabiyotlarda asosan muammolilikning uch sathi haqida fikr yuritiladi:
Birinchi sathda o’qituvchi o'zi muammoni qo'yadi, uni shakllantiradi va talabalarni mustaqil ravishda uning echilish yo'lini qidirishga yo'naltiradi.
Ikkinchi sathda o’qituvchi faqat muammoli vaziyatni vujudga keltiradi, talabalar esa muammoni mustaqil shakllantiradilar va echadilar.
Uchinchi sath — oliy sath bo'lib, unda o’qituvchi shunday qoidani ko'zda tutadi: muayyan muammoni ko'rsatib bermaydi, balki unga talabalarni «ro'baro'» qiladi hamda ularni mustaqil ijodiy faoliyatga yo'naltiradi, ularni boshqaradi va natijani baholaydi. Talabalar esa muammoni mustaqil anglaydilar, uni shakllantiradilar, uning echilish usullarini tadqiq qiladilar.
O’quv muammosining qo'yilish jarayonini osonlashtirish uchun muayyan tartibga rioya qilish lozim bo'ladi. echilish lozim bo'lgan hamda yangi tushunchalar bilan bevosita bog’liq bo'lgan awalgi o'zlashtirilgan bilimlar doirasini faollashtirmasdan turib, muammoni qo'yib bo'lmaydi. Muammoli vazifalarni tashkil qilishdan oldin talabalarning sabab-oqibataloqalarini o'mata olish usullarini egallaganligiga ishonch hosil qilish, talabalarning muammoli vaziyatni tahlil qila olish darajasini otrganish shartdir. Shuningdek, o’qituvchi talabalar e'tiboriga faqat ular uchun qulay bo'lgan muammolarni qo'ymasligi ham mumkin. Shu bilan birgalikda muammoning echilishi uni to’g’ri g’o'ya bilishga ko'p jihatdan bog’liq ekanligini unutmaslik zarur.
Bu qoidalarni amalga oshirish, awalo o’quv materialining mazmun xususiyati bilan bog’liqdir. Uning tarkibi va tuzilmasiga qator talablarni qo’yish mumkin.
O’quv materiali quyidagi mazmunni qamrab oladi:
yangilik unsurlari (yangi tushunchalar, yangi belgilar, xususiyatlar, noma'lum tushunchalarning jihatlari, yangi aloqalar, harakatlanishning yangi usullari);
faktlar, bilish vazifalari va masalalari, ziddiyatlari ko'rinishidagi materiallarni qamrab olgan ma 'lum va yangi bilim o'rtasidagi ziddiyat;
umumpedagogik va didaktik tamoyillarni hisobga olgan pedagogik nazariyaning metodologik asoslari materialini mantiqqa muvofiq bayon qilish.
O’qitish jarayoniga muammoli o’qitish texnologiyasini qo’llashi uchun o’qituvchi quyidagi masalalarni hal qilish:
O’quv dasturi bo'yicha mavzularni muammoli dars shaklida o'tish mumkinligini;
Mavzu matnidagi masalalar bo'yicha muammoli vaziyatni keltirib chiharadigan savollar, topshiriqlarni aniqlash, bunda didaktikaning ilmiylik, tizimlilik, mantiqiy ketma-ketlik, izchillik printsiplariga amal qilish;
Talabalarning bilish faoliyatini faollashtirish va boshqarishni ta'minlaydigan vosita va usullarini aniqlashi, ulardan o'z o'rnida va samarali foydalanish yo'llarini belgilash zarur.
Muammoli ta'lim – o’qituvchi rahbarligida muammoli vaziyat vujudga keltirilib, mazkur muammo talabalarga faol mustaqil faoliyati natijasida bilim, ko'nikma va malkalarni ijodiy o'zlashtirish va aqliy faoliyatni rivojlantirishga imkon beradigan ta'lim jarayonini tashkil etish bo'lib, muammoli ta'limning muvaffaqiyati quyidagi omillarga bog’liq:
O’quv materialini muammolashtirish;
Talabalarning bilish faoliyatini faollashtirish;
Ta'lim jarayonini o'yin, mehnat faoliyati bilan uyg’unlashtirish;
O’qituvchi tomonidan muammoli metodlardan o'z o'rnida va samarali foydalanish ko'nikmasiga ega bo'lish;
Muammoli vaziyatni hal etish yuzasidan muammoli savollar zanjirini tuzish va mantiqiy ketma-ketlikda talabalarga bayon etish.
Respublikamizning hozirgi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tamoyillari jahondagi taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan munosib o'rin olish uchun ma'naviy salohiyatimizni va iqtisodiy qudratimizni yanada oshirish, ularni XXI asr ilmiy-texnika taraqqiyoti talablariga javob beradigan tarzda qayta qurishni talab qiladi. Buning uchun yoshlarimiz dunyoqarashini o'zgartirish, ularning bilim va ma'naviyatlarini jahon andozalari darajasiga ko'tarish zarur.
Bugun jamiyat maktab oldiga: maxsus qobiliyatini ularning mustaqil bilishlarini maqsadga muvofiq ravishda rivojlantirishni vazifa qilib qo'ydi.
Ana shu vazifalarni hal etishda muammoli ta'lim texnologiyasi etakchi o'rinni egallaydi.
Muammoli ta'lim – bu mantiqiy fikrlash operatsiyasi (tahlil, umumlashtirish) va talabalarning izlanishli faoliyati qonuniyatlarini (muammoli vaziyat, bilishga qiziqish, ehtiyoj) hisobga olib tuzilgan ta'lim va o’qitishning ilgari ma'lum bo'lgan usullarini qo’llashi qoidalarining yangi tizimidir. Shuning uchun ham muammoli ta'lim ko'proq talaba fikrlash qobiliyatining rivojlanishini, uning umumiy rivojlanish va e'tiqodining shakllanishini ta'minlaydi. Didaktikaning barcha yutuqlarini istisno qilmay, balki ulardan foydalangan holga muammoli ta'lim ilmiy bilim va tushunchalarni, dunyoqarashni shakllantirish, shaxs va uning intellektual faolligini har tomonlama rivojlantirish vositasi sifatida rivojlantiruvchi ta'lim bo'lib qoladi.
Muammoli o’qitish amerikalik faylasuv, psixolog va pedagog Dj.Dionning nazariy qoidalariga asoslanadi va XX asrning 20-30 yillarida tarqala boshladi.
Didaktikada muammoli o’qitish yangi yo'nalish sifatida XX asrning 70-80 yillarida yuzaga keldi.
A.M. Matoshkin, T.V. Kudryashv, M.I.Maxmutov, I.Ya. Lernerlar muammoli o’qitish qonuniyatlarini chuqur o'rgandilar.
Muammoli o’qitishning tarixi
Muammoli o’qitishning asosida amerikalik psixolog, faylasuf va pedagog Dj. Dyui (1859-1952) g’oyalari yotadi.
U 1894 yilda Chikago shaxrida o’qitish asosini o’quv rejasi emas, balki o'yinlar va mehnat faoliyati tashkil etgan tajriba maktabini tashkil qilgan.
O’qish, hisoblash, yozish bo'yicha mashg’ulotlar bolalarning fiziologik baloqatiga qarab o'z- o'zidan paydo bo'lgan ehtiyojlariga muvofiq o'tkazilgan.
Bugungi kunda, muammoli o’qitish deganda mashg’ulotlarda pedagog tomonidan yaratiladigan muammoli vaziyatlar va ularni echishga qaratilgan talabalarning faol mustaqil faoliyati tushuniladi. Buning natijasida talabalar kasbiy bilim, ko'nikma va malakalarga ega bo'ladilar hamda fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi.
Muammoli ta'lim o’qitishning eng samarali usulidir. Pedagog muammoli vaziyat yaratadi, talabani uni echishga yo'naltiradi, yechimni izlashni tashkil etadi. Muammoli o’qitishni boshqarish, pedagogik mahoratni talab etadi, chunki muammoli vaziyatning paydo bo'lishi-individual holat bo'lib, tabaqalashtirilgan va individuallashtirilgan yondashuvni talab etadi.
Muammoli ta'lim nazariyasi talaba intellektual kuchining rivojlantiruvchi ta'limni tashkil qilishning psixologik-pedagogik yo'llari va usullarini tushuntiradi.
O'quvchi noma'lum yechimni topish uchun mustaqil yoki o'qituvchi yordamida izlanadi. Muammoni jamoaviy hal etishda paydo bo'luvchi, subyekt-obyekt-subyekt munosabatlari ijodiy fikrlashni faollashtirishga olib keladi.
Muammoli o'qitishning asosiy belgisi, bu ilmiy, o'quv yoki barcha faoliyat turlarida paydo bo'ladigan zarariy obyektiv qarama-qarshiliklar aksi hisoblanadi. Bu esa barcha sohalarning harakatlantiravchi va rivojlantimvchi manbaidir. Shu sababli muammoli o'qitishni rivojlantimvchi deb atash mumkin, zero uning maqsadi - bilimlarni, farazlarni shakllantirish, ularni ishlab chiqish va yechishdan iboratdir. Muammoli o'qitishda fikrlash jarayoni faqat muammoli vaziyatni yechish maqsadida joriy etiladi, u nostandart masalalarni yechish uchun zarur bo'lgan fikrlashni shakllantiradi.

Yüklə 60,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin