Fanlarni integratsiyalash - ta’lim - tarbiya jarayonining muhim didaktik sharti bo’lib, u quyidagi vazifalarni bajaradi: 1. O’quvchilar uchun asosiy bilim manbai bo’lgan o’quv materialining ilmiyligi va izchilligi, boshqa fanlardan o’zlashtirilgan tushunchalarning didaktik bog’liqligini ta’minlaydi.
2. O’quvchilar tomonidan bilimlarni o’zlashtirishga bo’lgan qiziqish ortadi va aqliy rivojlanish tezlashadi.
3. Fanlarni integratsiyalash, ya’ni o’qitishda fanlararo bog’lanishni bosqichma - bosqich amalga oshirish orqali o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirishga imkon yaratadi.
Integratsiya tafakkur o’stirish uchun imkoniyat, sharoit yaratib beradi. Integratsiya - o’quvchi bilan individual ishlash va uni faollashtirishning muhim vositasidir. Fanlararo aloqani darslarda tashkil qilish natijasida o’quv fanlarining soni kamayib, samarasi puxta bo’ladi, tahsil oluvchilarni mustaqil ishlashga jalb etish oson kechadi.
Integrativ darslarni tashkil qilish orqali o’quvchilar bilan munozara qilish, ularni fantaziya qilishga o’rgatish, sinflararo musobaqalarni tashkil etish, savol javoblarni uyushtirish mumkin. Bunday zamonaviy dars turlarini qo’llashdan maqsad o’quv jarayonida o’quvchilarni faollashtinsh, o’quv materialini o’zlashtirishlaming yuqori darajasiga erishishdan iborat.
Pedagogik fanda integratsiya tushunchasi. muhim ilmiy termin bo‘lib, u umumlashtirish, xulosalash va metodologik vosita bo‘lib hisoblanadi, chunki, uning yordamida jarayon va hodisalar mazmunlari orasidagi umumiy uyg’unlik algoritmlari yaratiladi.
O’quv jarayonida fanlararo aloqadorlik ta’minlangan sharoitda o’quvchilarning egallagan bilimlari samarali rivojlanishi bilan bir qatorda ularning idrok etish qobiliyati, faolliklari, qiziqishlari, aqliy intellektual imkoniyatlari ortishiga erishiladi. O’quv jarayonida fanlararo aloqadorlikni turli o’quv fanlari bo’yicha o’quv dasturlari, darsliklar mutanosibligini ta’minlovchi didaktik imkoniyat sifatida tushunish lozim.
Integratsiyada - bu borada ikki tushuncha mavjud:
- tizim, organizimning alohida tabaqalashtirilgan qism va vazifalarning bog‘liqlik holatini bildiruvchi tushuncha va shu holadga olib boruvchi jarayon;
- tabaqalashtirish jarayonlari bilan birga amalga oshirilayotgan fanlarni yaqinlashtirish jarayoni.
Differensiatsiya fransuzcha “defferention”, lotincha “differentia” - farq, har xillik, ya’ni butunni bo‘laklarga bo‘lish, ajratish. Ta’lim mazmunini integratsiyalash - dunyo an’anasi (g‘oya, fikr, intilish). Integrativ yondashish turli darajadagi tizimli aloqalarning ob’ektiv yaxlitligini aks ettiradi (tabiat - jamiyat - inson). Integratsiya ilgari bo‘lingan qismlarni bir butunga birlashtirish bilan bog‘liq. U tizim elementlarining yaxlitlik va uyushqoqlik darajasini oshirishga olib keladi.
Integratsiyalash mobaynida bir - biriga bog‘liqlik hajmi oshadi va tartibga tushadi, shu tizim qismlarining ishlashi va o‘rganish ob’ekti tartibga solinadi. Bu umumiy qoidalarni qanday qilib maktab ta’limida qo‘llash mumkin? Zamonaviy didaktik va metodikada ta’kidlanishicha, o‘quvchilarni o‘qitish va tarbiyasining muvaffaqiyatlari ularda dunyo birligi haqida tushunchaning shakllanganligi, o‘z faoliyatlari umumiy tabiat qonunlari asosida yo‘lga solish zaruratini tushunishlari, tabiatshunoslik kursida fanlararo va fanlar ichidagi aloqalarni yecha olishlari bilan bog‘liq.
Ta’limni integratsiyalash o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini faollashtiradi. Bunda, o‘quvchi o‘z faolligini tanish fan bilimlarini mavjud bo‘lgan noma’lum munosabatlarni izlashga yoki aniq o‘rnatilgan fanlararo aloqadorlik asosida yangi tushunchalarni shakllantirishga safarbar etadi. Fanlararo aloqalarni o‘zlashtirishdagi tajriba natijasida olingan bilimlarga intilish faolligi kuzatiladi. Fanlararo aloqadorlik har bir o‘quv fani uchun maxsus bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar orasidagi aloqadorliklarga va turli fanlar uchun umumiy bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar orasidagi aloqadorliklarga bo‘linishi mumkin. Fanlararo aloqadorlik bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish sohasida ham, ijodiy faoliyat va borliqdagi o‘zlashtiriladigan obyektlarga hissiy - qadriyatli munosabatni shakllantirishda ham o‘rnatilishi kerak. Fanlararo aloqadorlik o‘quv - tarbiya jarayonining barcha tarkibiy elementlari (mazmun, shakl, usul va vositalari) ni yaxlit bir tizimga birlashtirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, u ta’lim sifati va samaradorligini ta’minlashning muhim omili hisoblanadi.
Fanlararo aloqadorlikni amalga oshirish yo‘llari quyidagilar:
turli xil fanlarni o‘rganish ketma - ketligi va izchilligini vaqt bo‘yicha shunday tanlash lozimki, ulardan birini o‘rganish ikkinchisini o‘rganishga ko‘maklashsin;
umumiy tushuncha, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga bir
xil yondashuvni ta’minlash;
bilimlarni o‘zlashtirish hamda ko‘nikma va malakalarni egallashga bo‘lgan talablar birligini ta’minlash;
bir o‘quv faniga oid bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘rganishda boshqa fanlarga oid bilim, ko‘nikma va malakalardan keng foydalanish.
Shuningdek, ta’lim muassasalarida fanlararo aloqadorlikni amalga oshirish kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanishni taqozo etmoqda. Chunki o‘rgatuvchi, modellashtiruvchi, namoyish etuvchi va nazorat qiluvchi pedagogik dasturiy vositalar o‘quvchilarga bilimlarni umumlashtirish va sintezlash, bilish va masalalar yechishning umumlashgan metodlarini o‘zlashtirishga imkon beradi.
Ta’limning integraktiv kursi ko’rgazmali ta’lim sistemasi bo’lib, integrativ bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish asosida ko’rgazmali, mahoratni vujudga keltirish sirlarini o’rganadi. Ko’rgazmali ta’lim sistemasi turli xildagi tiplar, shakllar, usullar, ob’ektlar asosida qurilgan.
Boshlang’ich ta’limda integratsiyalashgan yondashuv metodlari va usullari. Hozirgi kunda integratsiyaning bir necha usullari qo‘llaniladi. Birinchisi bir nechta fanlarni bir fanga birlashtirish. Shu masalada chop etilgan xalqaro pedagogik tajribalarni o‘rganish natijalari juda keng. Ko‘pchilik xorijiy mamlakatlar boshlang‘ich maktablarining o‘ziga xos xususiyati integratsiyalangan kurslar bo‘yicha ta’lim bo‘lib qoldi.
Boshlang‘ich ta’lim uchun zarur va ustivor yo‘nalishlaridan biri ta’lim mazmunining yangilanishi, darsni integratsiyalangan tajriba va g‘oyalarga tayanib, zamonaviylashtirilgan, takomillashtirilgan hamda ilmiy-innovatsion texnologiyalar asosida o‘tish zaruriyatini keltirib chiqardi. Chunki, dars ta’lim - tarbiya berishning asosiy o‘zagidir. O‘quvchining o‘quv fanlarini chuqur o‘rganib borishi davomida uning bilimi mustahkamlanadi, savodxonligi oshib boradi.
Integratsiyalangan yondashuv metodlari va usullariga quyidagilar kiradi:
- evristik suhbatlar;
- umumiy suhbatlar;
- ekskursiyalar;
- ijodiy ishlar;
- o’qitishning ko’rgazmali metodlari;
- mustaqil ishlar;
- o’qish, matematika darslarida og’zaki rasim chizish;
- tabiatshunoslik darslarida tabiat tasvirlarini ifodali o’qish;
- ona tili darslarida tabiatshunoslikka oid diktantlar, matnlar yozish.
Darhaqiqat, o’qitish maqsadidagi integratsiya - bu o’quvchini o’qitishni birinchi qadamlaridanoq olamni bir butunlikda va uni barcha elementlari o’zaro bog’liqligi haqida tasavvur berishdir.
Integratsiya - an’anaviy ta’lim vositasi; oldin mavjud turlangan bilimlar kesishuvida bilmaganlarni to’ldirib olish, ular orasidagi mavjud aloqani o’rnatish; o’qitishda mavjud bilimlarni yangilash bilan o’quvchining o’zlashtirish darajasini oshirish.
Tabiat va jamiyatda sodir bo’ladigan turli voqea hodisalarning, ular orasidagi aloqalalarning bir-biriga bog’liq holda rivojlanishini fanlararo aloqadorlik asosidagina tushunib yetish mumkin. Tabiat va jamiyat fanlarini alohida - alohida o’rganish ularga oid tarqoq bilimlarni shakllantirishga olib keladi. Bunday bilimlar tabiat va jamiyatning bir butunligi, insoniyatning tabiatda tutgan o’rni, insoniyat oldida turgan global muammolar mohiyatini to’g’ri tushinish va uni oqilona hal qilish uchun tizimli yondashuv zarurligi haqidagi tasavvurlar hosil bo’lishiga imkon bermaydi.