Chirchiq davlat pedagogika universiteti


Dars mavzusi: “Bug’doy” (Tabiyatshunoslik, 3-sinf)



Yüklə 267 Kb.
səhifə6/10
tarix18.12.2022
ölçüsü267 Kb.
#121346
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
KUMUSH PEDAGOGIKA

Dars mavzusi: “Bug’doy” (Tabiyatshunoslik, 3-sinf).
Darsning ta’limiy maqsadi: O’quvchilarga donli ekinlar, ularning o’sishi va rivojlanishi hamda tabiiy bilimlarning o’ziga xos fanlararo aloqadorlik mazmunidagi bilimlarni singdirishdan iborat. FK1: tabiiy fanlararo aloqadorlik asosida bilimlarni o’zlashtirish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarga donli ekinlarning xilma-xilligi, ahamiyatini tushuntirish orqali ularning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish. Ekologik, iqtisodiy, axloqiy ta’lim - tarbiya berish. FK1: tabiiy fanlararo aloqadorlik asosida bilimlarni o’zlashtirish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: Tabiyatshunoslikni o’quv fanlari bilan o’zaro bog’lab fanlararo aloqadorlik mazmunida tushuntirish orqali o’quvchilarda darslik ustida mustaqil ishlash ko’nikma va malakalarini, nutuq va muloqat madaniyatini rivojlantirish. FK3: darslik ustida mustaqil ishlash ko’nikma va malakalarini rivojlantirish.
Darsni jihozlash: Tabiyatshunoslikni o’qitishda fanlararo bog’lab tushuntirishga doir turli ko’rgazmali vositalar.
Darsda foydalaniladigan texnologiya: Didaktik o’yin ta’lim texnologiyasi (aqliy hujum metodi).
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism: salomlashish, davomatni aniqlash, sinf tozaligiga e’tibor qaratish.
II.O’tgan mavzu yuzasidan o’quvchilarning o’zlashtirgan nazariy bilimi, amaliy ko’nikma va malakalarini nazorat qilish va baholash.
III. O’quvchilarni dars mavzusi, maqsadi va borishi jarayoni bilan tanishtirish.
O’qituvchi o’quvchilarning o’zlashtirgan bilimlarini aniqlaydi va baholagandan so’ng, o’quvchilarni dars mavzusi, maqsadi, didaktik o’yin ta’lim texnologiyasining ta’lim jarayonida o’rni va ahamiyati, shuningdek, o’quvchilarni guruhlarga ajratib, bajariladigan o’quv topshiriqlari bilan tanishtiradi.
IV. Yagi mavzuni o’rganish: O’qituvchi tabiyatshunoslikni o’qitish jarayonida o’quvchilarga dastlab “Bug’doy” (Tabiyatshunoslik, 3-sinf) mavzusi haqida tushuncha berib, unda donli ekinlar, ya’ni bug’doyning o’sishi, yashash muhiti, tashqi tuzilishi, ahamiyati haqida ma’lumotlar berib, o’quvchilar e’tiborini uning kishilik jamiyatidagi ahamiyatiga qaratib, mavzuni 3-sinf “O’qish” darslididagi “Non haqida” mavzusi bilan o’zaro bog’lab, hikoyada nonni e’zozlash, uning yaratilishini uning istemol qilishgacha qancha mashaqatlarni chekish haqidagi jarayonlar haqida to’xtalib, fanlararo bog’lanishni amalga oshiradi.
Demak, tabiatshunoslikdagi “Bug’doy” mavzusi o’qish darsligidagi “Non haqida” mavzularning mazmun - mohiyati bir ma’noni anglatishini tushuntirib, tabiyatdagi barcha narsalarning bir-biriga uzviy bog’liqligi, shu asnoda tabiyatni asrash, uni muhofaza etish haqidagi bilimlar singdirilib boriladi.

Yüklə 267 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin