Chirchiq davlat pedagogika universiteti


V. Yangi mavzu yuzasidan guruh o’rtasida savol - javob, o’quv bahsi uyushtirish



Yüklə 267 Kb.
səhifə7/10
tarix18.12.2022
ölçüsü267 Kb.
#121346
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
KUMUSH PEDAGOGIKA

V. Yangi mavzu yuzasidan guruh o’rtasida savol - javob, o’quv bahsi uyushtirish.
VI. O’quvchilar bilimini test savollari yordamida nazorat qilish va baholash.
VII. Yangi mavzuni qayta ishlash va yakunlash.
VIII. Uyga vazifa berish. “Tabiatshunoslik” darsligidagi “Bug’doy” va “O’qish darsligidagi” “Non haqida” mavzularini fanlararo aloqadorlik mazmunida o’qib kelish.
Vertikal bog’lanish deganda, o’quv fanlari mavzulari dastur va o’quv rejasi asosida avvalgi sinflarda o’zlashtirilgan bilimlardan foydalanish orqali sinflararo bog’lanish tushuniladi. Masalan, 4 - sinf “Tabiyatshunoslik” darsligidagi, “O’rmonlar” “O’lkamiz tog’lari tabiati”, ”Insonning tabiatga ta’siri. Qo’riqxonalar”, “Toshkent shahri va Toshkent viloyati tabiati” mavzularini 3-sinf “O’qish” darsligidagi “Ona tabiat.” (She’r. Qambar ota), “Tabiat bilan suhbat.” (Rivoyat),”Inson insonga o’rtoq (She’r. H. Yoqubov) “Toshkent” mavzulari bilan fanlar aro o’zaro bog’lab tushuntirish misol bo’ladi. Bu kabi bog’lanish turlari asosan, sinfdan tashqari (har xil to’garaklarda, olimpiada, konferentsiya va boshqalar bo’yicha) o’quv mashg’ulotlarini tashkil etish va o’tkazish mumkin.

Quyida boshlang‘ich sinf tabiatshunoslik darslarida fanlararo vertikal bog‘lanishni yo‘lga qo‘yishga oid dars ishlanmasi.


Darsning mavzusi: O‘simlik va hayvonot olami (Tabiatshunoslik, 4-sinf)
Darsning ta’limiy maqsadi: O‘simlik va hayvonot olami haqidagi bilimlarni fanlararo aloqadorlik mazmunida umumlashtirish. FK1: manbani fanlararo aloqadorlikda o‘rganish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: O‘simlik va hayvonot olami haqidagi bilimlarni fanlararo aloqadorlik mazmunida singdirish orqali o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish. TK4: aqliy va ekologik tarbiya berish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: fanlararo aloqadorlik mazmunidagi bilimlarni o‘rganishda darslik va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlari ustida mustaqil ishlash madaniyatini shakllantirish. FK2: fanlararo aloqadorlikka oid bilimlarni o‘zlashtirish.

Yüklə 267 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin