IV.O‘tilgan mavzuni mustahkamlash: Savol - javob asosida.
VI.Uyga vazifa berish. Mavzuni fanlararo vertikal bog‘lanish mazmunida o‘qib kelish.
Dars ijodiy, erkin bo‘lishi bilan birga yaxlit, mantiqan ketma-ket, izchil o‘ziga xos o‘tish metodikasiga ega.Umumiy ta’limning poydevorini qo‘yadigan boshlang‘ich maktabdagi ko‘p tushunchalar tabiatshunoslik va boshqa o‘quv fanlari uchun umumiy. Hozirgi kunda bir qator o‘quv fanlari uchun umumiy bo‘lgan tushunchalar orasidagi aloqalarni o‘rnatish pedagogik va psixologik asos bo‘lgach, integratsiyalashgan darslar tizimini ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish lozim. Shu bilan birgafanlararo aloqalar dars tartibi darajasida o‘rgatilishi va zarur o‘qitish vositalari bilan ta’minlanishi kerak.
Shuningdek,ona tili darslarini mehnat ta’limi bilan integratsiyalash jarayonida o’quvchilar Sharq mutafakkirlarining mehnat qilish va kasb-hunar tanlashga oid fikrlari va g’oyalari bilan tanishadilar.
O’quvchilar mehnatini shunday tashkil etish kerakki, ular o’z mehnatlaridan muayyan qoniqish, yutuq va samaraga ega bo’lishlari kerak. Ular o’zlariga topshirilgan vazifalarni bajarganlaridan so’ng, yangi yanada murakkab jarayonlarga o’tiladi. Bu esa yangi qoidalariga qat’iy amal qilish va o’z kuchlariga nisbatan ishoch hissini tug’diradi: o’quvchi shaxsining eng yetakchi va nufuzli faoliyatlaridan biri mehnat ekanligini bilib oladilar.
Mehnatni fan bilan maktabda o’rganiladigan o’quv fanlari bilan uzviy bog’lash mumkin, hamda mehnatning o’quv-ijodiy xususiyati ilmiy bilimlardan foydalanish jarayoni orqali amalga oshiriladi. Ijtimoiy foydali mehnat jarayonida o’quvchilar oldiga olingan bilimlarni amalda qo’llash vazifasi yuklanadi.
Va nihoyat, bolalar mehnatining mazmuni va tashkil etishni aniq mahalliy ishlab chiqarish, xalq xo’jaligi ehtiyojlariga tayangan holda, zamonaviy kasblar talablari asosida tuzish kerak. Bunday mehnat o’quvchilarni umumiy mehnat va konkret kasbiy ko’nikmalar bilan tanishtiradi, mehnatni fan asosida tashkil kilishni, bir mutaxassislikdan ikkinchisiga o’tishni ta’minlaydi. Mexanizator, chilangar, dehqon, molboqar kasblario’quvchilarni zamonaviy kasblarga yunaltiradi, bolalarning umumiy rivojlanishiga, ishchi psixologiyasini shakllantirishga yordam beradi.
Boshlang‘ich sinflarda matematika darsi elementidan har bir o‘quv fani orqali foydalanish mumkin. Matematika darsida integratsiya elementidan foydalanishdan maqsad - darsda o‘quvchilarning faolligini rivojlantirish va darslarni qiziqarli o‘tkazishdan iborat.
Boshlang‘ich sinflarda matematikaga doir bilimlar boshqa o‘quv fanlarida qo‘llanilishi mumkin. Matematikaga doir bilimlarni integratsiyalash darsning qiziqarli va jonli bo‘lishiga yordam beradi. Masalan, 1-sinfda savod o‘rgatish davrida o‘quvchilar so‘zdagi tovushlar, harflar, bo‘g‘inlar sonini sanaydilar, urg‘u berilayotgan bo‘g‘inning tartib raqamini, gapdagi so‘zlar sonini aniqlaydilar. Bu esa yozuv va o‘qish darslarida natural sonlar qatori va tartib sonlar haqidagi bilimlarni qo‘llash imkonini beradi.
O‘qish darslarida ham o‘quvchilar tez-tez topshiriqlar olib turishadi: matnning uchinchi bo‘limini o‘qish, to‘rt qator she’rni yod olish va hakazo. Shuningdek, kitoblarning sahifasi, sana, mashq nomlarini bilish, uni aytish uchun ham matematikaga doir bilim zarur bo‘ladi. Tarkibida sonlar qatnashgan maqollarni topish ham o‘quvchilar uchun qiziq bo‘ladi: “Etti o‘lchab, bir kes”, “Sanamay, sakkiz dema”, “Birniki mingga, mingniki tumanga” va hokazo.
Turli sanalar va miqdorlarga oid sonli ma’lumotlar ham uchraydi. Yozuvchi - shoirlarning hayotiga oid sana va bosqichlar matematikaga doir bilimlarni talab qiladi. Ayniqsa, sonli ma’lumotlar tabiatshunoslik darslarida ko‘p uchraydi. Masalan, kuzatuvlar kundaligining to‘ldirilishi kunlar, kunlik harorat kabi sonli ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Shuningdek, matematika fani “Texnologiya”, “Rasm”, “Jismoniy madaniyat” fanlari bilan aloqadorlikda ham o‘rganilishi mumkin.
Ta’lim jarayonida o‘quv fanlarini integratsiyalash hozirgi davr talabi. Zero, o‘quv fanlarini integratsiyalash ta’lim-tarbiyaning uzviylikda bo‘lishida, o‘quvchilarning insonparvar, vatanparvar bo‘lib, ma’naviy - axloqiy fazilatlarni o‘zida mujassam etgan barkamol shaxs sifatida voyaga etishlarida muhim ahamiyatga ega.