Chirchiq davlat pedagogika universiteti



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə5/11
tarix15.04.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#125358
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1-4 sinfning jismoniy tarbiyasi dastur boʼlimlariga tavsif

2. O‘quv ishlari

1.

Jismoniy tarbiya darslarini o‘tkazish.

xaftada ikki marta

jismoniy tarbiya o‘qituvchisi

3. Kun tartibida jismoniy tarbiya sog‘lomlashtirish ishlari

1.

Mashg‘ulotgacha gimnastika o‘tkazish.

har kuni

jamoatchi yo‘riqchilar

2.

Katta tanaffusda harakatli o‘yinlarni o‘tkazish.

har kuni

jamoatchi yo‘riqchilar

3.

1-4-sinflar uchun jismoniy tarbiya daqiqalarini o‘tkazish.

har kuni

o‘qituvchilar, jamoatchi yo‘riqchilar

4.

Kuni uzaytirilgan guruhlarda sport soatlari va o‘yinlarni o‘tkazish.

har kuni

tarbiyachi

4. Ommaviy jismoniy tarbiya va sport ishlari, darsdan keyin

1.

Yangi o‘quv yiliga bag‘ishlangan jismoniy tarbiya bayramlarini o‘tkazish.

sentyabr

ma’muriyat, jismoniy tarbiya o‘qituvchisi

2.

Sport shoʻbalari va to‘garaklarda mashg‘ulotlar o‘tkazish.

yil davomida

jismoniy tarbiya o‘qituvchisi

3.

Sport turlari bo‘yicha maktabning ichki spartakiadasini o‘tkazish.

yil davomida

ma’muriyat, jismoniy tarbiya o‘qituvchisi hamda sinf rahbarlari

4.

Ayrim sport turlari bo‘yicha shahar spartakiadasida qatnashish.

musobaqa taqvimi bo‘yicha

jismoniy tarbiya o‘qituvchisi

5.

Turistik sayohat va sportga yo‘naltirish bo‘yicha musobaqa

iyul

ma’muriyat va jismoniy tarbiya o‘qituvchisi

5. Targ‘ibot va tashviqot ishlari

1.

Jismoniy tarbiya burchagini bezash, rekordchilar, diplomlar, faxriy yorliqlar to‘g‘risida stend (maktabning eng yaxshi sportchilari stendi)

sentyabr

jismoniy tarbiya o‘qituvchisi

2.

Sport kechalarini, sport turlari bo‘yicha viktorinalar, sport KVNlarini o‘tkazish.

dekabr, may

ma’muriyat va jismoniy tarbiya o‘qituvchisi

6. Tibbiy nazorat va tibbiy sanitar ko‘rigi

1.

O‘quvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va tibbiy guruhlarga bo‘lish.

sentyabr

maktab shifokori va ma’muriyat

2.

Maxsus tibbiy guruh o‘quvchilari sog‘ligini nazorat qilish.

xar oyda

shifokor

3.

O‘quvchilarni yakuniy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish.

May

maktab shifokori va ma’muriyat

7. Xo‘jalik ishlari

1.

Sport asbob-anjomlari, jixozlarini ta’mirlash

yil davomida

jismoniy tarbiya va mehnat o‘qituvchisi

2.

Jismoniy tarbiya bo‘yicha ko‘rgazmali qurollarni tayyorlash.

o‘quv yili bo‘yicha

jismoniy tarbiya o‘qituvchisi



Rejalashtirishga qo‘yiladigan talablar

Rejalashtirish jarayonini o‘qituvchining ijodiy faoliyati sifatida butun boshli tizimni tashkil etuvchi harakat operatsiyalari ko‘rinishida tasavvur qilish mumkin. Bu faoliyat uslubiy masalalarni yechishga qat’iy yo‘nalish asosida g‘oyaning vujudga kelishi bilan boshlanadi.


Rejalashtirishning aniq hujjatlarini tuzib chiqishda o‘qituvchi qator talablarga rioya qilishga majbur.

  1. Reja davlat ta’lim standartiga muvofiq ishlab chiqilgan jismoniy tarbiya dasturiga oid me’yoriy hujjatlar va talablarga muvofiq bo‘lishi zarur. Rejalarning barchasi jismoniy tarbiyaning umumiy maqsadi va vazifalariga hamda vazirlik ishlab chiqqan uslubiy tavsiyalarga bo‘ysundirilgan bo‘lishi kerak.

  2. Rejalashtirish vaqtida jismoniy tarbiyaning umumiy va uslubiy tamoyillariga amal qilish lozim. Rejalashtirish jarayonida tamoyillarni amalga oshirish uchun qulay shart-sharoit vujudga keladi: shaxsning har tomonlama rivojlanishi, jismoniy tarbiyaning mehnat va harbiy amaliyot bilan bog‘liqligi sog‘lomlashtirishga qaratilgani.

  3. Reja muayyan sikllarda (darslar seriyasi, chorak, yil) oldingi sikllarga tayanishi va kelgusi yilga tayyorlashi kerak. Shunday qilib, tasodifiy dars chiqarib tashlanadi, chunki ularning hammasi muayyan tizimga birlashtirilgan.

  4. Rejalashtirish aniq bo‘lishi kerak. Bu talab maktablarda ishni rejalashtirib, mutaxassis kelgunga qadar jismoniy tarbiya o‘qituvchisi yo‘q bo‘lgan joyda, boshlang‘ichdan o‘rta maktabga o‘tishda, shuningdek, moddiy-texnika bazasining ta’minlangan darajasini hisobga olishni nazarda tutib amalga oshiriladi. Barcha qayd etilgan hollarda o‘qituvchi ushbu sharoitni o‘zlashtirgan bo‘lishi kerak. Hatto agar bu o‘quv dasturidan chetga chiqishga olib kelsa ham, aniq baholash kerak. Maktabda bunday vaziyat dasturga yangi bo‘lim kiritilganda vujudga keladi. Chunonchi, badiiy gimnastikadan mashqlar ko‘rsatilganda yuqori sinf o‘quvchilari bilan uzoq tayyorgarlik ishlari talab qilinadi. Bu talabni amalga oshirayotganda, ularning o‘zlashtirishi uchun nazarda tutilgan vaqt ham e’tiborga olinadi.

  5. Mashqlarning eng ahamiyatlisini, universalini yoki, aksincha, maksimal pedagogik samarani ta’minlovchi mashqlarni tanlash zarur. Vositalardan foydalanish izchilligining buzilishiga va “kuchli ta’sir qiluvchi mashq”dan foydalanishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.

Rejalashtirishning ko‘rgazmaliligi grafikli shakllarni amaliyotga joriy etish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Mashg`ulotlarni rejalashtirish-jismoniy tayyorgarlik vazifalarini hal etish shartlari, vositalari va uslublarini, o'quvchilar egallashi lozim bo'lgan sport natijalarini oldindan ko'zlashdir. O'quvchilar jismoniy tayyorgarligini to'g`ri rejalashtirish bu mazkur o'quvchilar kontengenti (yoki bitta o'quvchi) xususiyatlarining tahlilidan kelib chiqib, tayyorgarlik jarayonidagi asosiy ko'rsatkichlarni belgilash hamda ularni vaqt oralig`ida taqsimlashdir.Shuni alohida ko'zda tutish kerakki, sanab o'tilgan o'quvchilar faoliyatining guruhlar turi shartli xarakterga ega.

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin