3. Suhbat va anketalashtirish metodi.
Pedagogik tadqiqotlarda suhbat metodidan ham foydalaniladi. Bu metoddan foydalanish kuzatishdan olingan ma’lumotlarni to‘ldiruvchi va aniqlovchi materiallar olish, topshirishlar bajarish imkonini beradi. Bu metod muvaffaqiyatining asosi bolalar bilan aloqa o‘rnatilishi, ular bilan bemalol erkin muloqotda bo‘lish imkoniyatidan iborat
Suhbat uchun uning maqsadini belgilash, dastur ishlanmasi, yo‘nalishi va metodikani asoslash juda muhimdir. Suhbat metodi bevosita berilgan savollarga javoblarning ishonchliligini tekshirish imkonini beruvchi bevosita va bilvosita savollarni kiritishni nazarda tutadi.
Suhbat metodi o’qituvchilarga, ota-onalarga qaratilgan bo‘lishi ham mumkin, bu holda aytib o‘tilgan ehtiyotkorlikning hojati yo’q, shu sababli, bunda tadqiqotchining suhbatdoshiga nisbatan munosabati ochiq-oydin bo‘lishi mumkin.
Biror masalaga nisbatan fikrlarni aniqlash, ba’zi faktlarni to‘plash talab qilingan hollarda anketalashtirish metodidan foydalaniladi. Agar javoblar og‘zaki olinadigan bo‘lsa, u holda bu javoblar qarorga to‘la yoziladi. Ko‘pchilik bir savolning o‘ziga javob berganda, buning ustiga har kim mustaqil javob bersa, yozma anketalash qimmatli bo‘ladi.
Anketadan foydalanilganda quyidagi ikki talabga amal qilish zarur:
1) anketada savollar kam bo‘lishi kerak;
2) savollar shunday tuzilishi kerakki, ularni hamma bir xil tushinsin, ular aniq (mujmal bo‘lmagan) javoblarni talab qilsin.
Ilmiy - pedagogik tadqiqotlarda nazariy metodlar etakchi o‘rin tutadi. Har bir tadqiqotda oldin o‘rganish ob’ektini tanlash, nazariy tahlil asosida ob’ekt qaysi faktlarda bog‘liqligini aniqlash va tekshirish uchun ulardan etakchilarini tanlash kerak. Тadqiqotning maqsad va vazifalarini yaqqol aniqlash gipotezasini tuzish shunga mos ravishda tadqiqot o‘tkazish metodikasini ishlab chiqish, tadqiqotning borishida olingan faktlarni tushuntirish va tahlil qilish usullarini tanlash va xulosalarni ifodalash lozim. Bu ishlarning hammasini bajarish uchun tadqiq qilinayotgan masalaning ilgari va hozirgi vaqtdagi nazariyasi va amaliyotini yorituvchi adabiy manbalarni o‘rganish va tahlil qilish kerak. Nazariy metodlar boshqa metodlar bilan bir qatorda matematika metodikasiga oid har bir tadqiqodga qo‘llaniladi. Har qanday ilmiy muammolarni hal qilishda eng oldin qilinayotgan masalaga oid hamma adabiyotni o‘rganish va nazariy tadqiqot o‘tkazish kerak. Busiz maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lmaydi, sinash bazan xatolar yo‘li bilan olib boriladi, shu bilan birga har doim ham qo‘yilgan masalaning to‘la jalb qilinishiga olib kelinavermaydi. Shu bilan birga adabiyotni o‘rganmay turib va nazariy tahlil qilmay turib, fanda izchillik ta’minlanmaydi.
Matematika metodikasiga doir tadqiqotlarda boshqa metodlardan ham foydalaniladi. Odatda bu metodlarning hammasidan birgalikda foydalanish, bu xil natijalarning ishonchli bo‘lishini ta’minlaydi.
Hozirgi zamon didaktikasida o’qitish metodlari klassifikasiyasiga har xil yondoshish mavjud. Bizning fikrimizga eng maqsadga muvofiq, har xil metodlarni o‘z ichiga olgan klassifikasiyadir.
Yuqorida keltirilgan ta’rifdan o’qitish metodlari o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikdagi faoliyatidan iborat ekani ko‘rinadi.
Binobarin, bunday faoliyat tashkil qilish rag‘batlantirish va nazorat qilishni nazarda tutadi, shunga ko‘ra o’qitish metodlari ham uchta katta guruhga bo‘linadi: o’quv faoliyatini tashkil qilish metodlari; o’quv faoliyatini rag‘batlantirish metodlari; o’quv faoliyatini samaradorligini nazorat qilish metodlari.
1.2. Bоshlаng’ich sinf mаtеmаtikа kursining mazmuni va vаzifаsi.
Boshlang’ich matematika kursi maktab matematika kursining takibiy qismidir. Shu sababli boshlang’ich matematikani muvaffaqiyatli o’zlashtirish maktabda butun matematik ta’limni to’g’ri yo’lga qo’yishga asos bo’lishi tushinarli bo’lib qoldi. Akademik A.N. Kolmogorov V-IX sinflar dasturlari “natural sonlar bilan (aslida har qanday kattalikdagi) to’rt arifmetik amalni bajarishning puxta ko’nikmalari birinchi to’rtta sinfdayoq o’zlashtiriladi, degan faraz kelib chiqadi” deb bejiz aytilgan emas.
Ma’lumki o’quv predmeti ilgarigidek “arifmetik” emas, balki “matematika”deb ataladi. Fan nomining bunday o’zgartirilishi bejiz emas: bu o’zgarish o’zida mazkur O’quv predmetining mazmuni va tuzilishini o’zgartirishni aks ettiradi.
Matematika dasturining asosiy o’zagi natural sonlar va asosiy miqdorlar arifmetikasidan iborat bo’lib, bu o’zak atrofida algebra va geometriya elementlari birlashadi, bu elementlar arifmetik bilimlar tizimsiga tarkiban qo’shilib son, arifmetik amallar va matematik amallar hamda matematik munosabatlar haqida tushunchalarning yuqoriroq darajada o’zlashtirishiga imkon beradi.
Shunday qilib boshlang’ich matematika kursi o’z tuzilishi bo’yicha uch fanni o’z ichiga olgan butun kursdir, unda arifmetik, algebraik va geometrik materialdan iborat qismlarni farq qilish kerak.
Zaruriy umumlashtirishlarni shakllantirish uchun eng qulay sharoitlar maqsadlari mazmuniga emas, balki o’quv materiallarining joylashish tizimsi ham javob beradi. O’quv materiali dasturda yo chiziqli, yoki kontsenrik joylashishi mumkin.
Algebra elementlarini kiritish chuqur tushunilgan va umumlashgan o’zlashtirish maqsadlariga javob beradi: tenglik tengsizlik, tenglama, o’zgaruvchi tushunchalari konkret asosida ochib beriladi.
Birinchi sifdan boshlab sonli tengliklar va tengsizliklar(4=4; 6=1+5; 2<3; 6+1>5; 8-3<8-2 va h.k) qaraladi. Ular kontsentrdan kontsentrga o’tgan sari murakkablashib boradi. Ularni o’rganish arifmetik materialni o’rganish bilan bog’lanadi va uni chuqurroq ochib berishga yordam beradi. Shu yerning o’zida soddaroq ko’rinishdagi x+3=6; 8-x=3 va x tenglamalar boshlanadi. Keyinroq II sifdan boshlab murakkabroq masala (x+6)=3+20 va h.k. ko’rinishdagi tenglamalarga qaraladi. Tenglamalarni yechishdan oldin tanlash metodi bilan so’ngra esa amaldagi natijalar bilan komponentalari orasidagi bog’lanishlarni bilganlik asosida bajariladi. 2-sinfdan boshlab tenglamalar yechish bilan masalalarni tenglamalar tuzish yo’li bilan yechishga o’rgatib boriladi.
2-sinfda harf o’zgaruvchini belgilovchi simvol (a+v; 15va h.k.) sifatida o’zgaruvchili tengsizliklar (8-c>5) kiritiladi bunda tengsizliklar tanlash yo’li bilan yechiladi. O’zgaruvchi bilan amaliy tanishtirish o’quvchilarni funksional tasavvurlarini egallashlariga imkon beradi.
Geometrik material bolalarni eng sodda geometrik figuralar bilan tanishtirish, ularning fazoviy tasavvurlarini rivojlantirish, shuningdek arifmetik qonunyatlarni bog’lanishlarini ko’rsatmali konkret illyustratsiyalash maqsadlariga xizmat qiladi (masalan, to’g’ri to’rtburchakning teng kvadratlariga bo’lingan ko’rsatmali obrazidan ko’paytirishning xossasini illyustratsiyalashda foydalaniladi va h.k.).
Sinfdan boshlab dastur geometrik figuralar to’g’ri va egri chiziqlar, kesmalar, ko’pburchaklarva ularning elementlari, to’g’ri burchak va hokazolar kiritiladi.
O’quvchilar geometrik figuralarni tasavvur qila olishni, ularni atashniva katakli qog’ozga sodda yasashlarni o’rganib olishlari kerak. Bundan tashqari, ular kesma va siniq chiziq uzunligin, ko’pburchak perimetrini to’g’ri to’rtburchak, kvadrat va umuman har qanday figuraning yuzini (poletka yordamida) topish malakasini egallab olishlari kerak.
Dostları ilə paylaş: |