21.158-guruh talabasi
Abduxalimov Boburjon
Chiziqli korrelyatsion-
regression tahlilni amalga
oshirishning bosqichlari
2012-yil
16
noyabr
kuni
O‘zbekiston
Respublikasi
Oliy
Majlisi Qonunchilik palatasining
navbatdagi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Unda Bosh vazir va hukumat
a’zolari ishtirok etdilar. Majlisda
asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar
prognozi, 2013-yilga mo‘ljallangan
soliq va byudjet siyosatining asosiy
yo‘nalishlari hamda O‘zbekiston
Respublikasi
Davlat
byudjeti
loyihasi
atroflicha
muhokama
qilindi.
Majlisda so‘zga chiqqan deputatlar ta’kidladilarki,
2013-yilda yalpi ichki mahsulot 8 foizga, sanoat mahsuloti
ishlab chiqarish hajmlari 8,4 foizga, qishloq xo‘jaligi
mahsulotlari yetishtirish 6 foizga, kapital qo‘yilmalar 9,3
foizga o‘sishi taxmin qilinayotganligi, shuningdek, mazkur
ko‘rsatkichlarning o‘sish sur’atlari 2012-yil yakunlari
bo‘yicha yuqori bo‘lishi kutilayotganligi 2013-yilgi byudjet
parametrlarini shakllantirish uchun asos bo‘ldi. 2013-yilda
soliq-byudjet siyosati bo‘yicha o‘tkazish taklif etilgan
tadbirlarni
ro‘yobga
chiqarish
natijasida
Davlat
byudjetining daromadlari YaIMga nisbatan 21,3 foizni,
xarajatlari esa 22,3 foizni tashkil etadi. Davlat byudjeti
taqchilligi YaIM hajmiga nisbatan 1 foiz miqdorida bo‘lishi
nazarda tutilgan.
Soliq siyosati konsepsiyasida nazarda tutilgan
chora-tadbirlarni muvaffaqiyatli ro‘yobga chiqarish
kelgusi yilda mamlakat iqtisodiyoti zimmasiga
tushadigan soliq yukini YaIMga nisbatan 0,3 foiz
qisqarishini ta’minlaydi. Soliq yukini yanada
qisqartirish chora-tadbirlaridan biri sifatida jismoniy
shaxslarning daromadlariga solinadigan eng kam
soliq stavkasini birinchi shkala bo‘yicha 9 foizdan 8
foizga kamaytirish taklif etildi, bu esa jismoniy
shaxslar tasarrufida 186 milliard so‘m qolishi
imkonini beradi.
Deputatlar yuridik shaxslarning nomoddiy aktivlari
(patentlar, litsenziyalar, dasturiy ta’minot, mualliflik huquqi va
boshqalar) bo‘lgan mol-mulki soliq solish ob’ektidan chiqarilishi
korxonalar faoliyatiga innovatsiyalarni keng joriy etish uchun
yana bir rag‘batlantiruvchi omil sifatida xizmat qilishini alohida
ta’kidladilar.
313 ta umumta’lim maktabi, 228 ta akademik litsey va kasb-
hunar kolleji Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya
qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash byudjetdan tashqari fondi
mablag‘lari hisobidan kapital ta’mirlanadi va rekonstruksiya
qilinadi. 1500 tadan ortiq umumta’lim muassasasi hamda 700
ta akademik litsey va kasb-hunar kolleji hozirgi zamon o‘quv
jihozlari, kompyuterlar va o‘quv laboratoriyalari bilan
ta’minlanadi. 54 ta bolalar musiqa va san’at maktabi,
shuningdek, 137 ta sport zali va 25 ta bolalar sporti ob’ekti
qurish, ularni kapital ta’mirlash va jihozlash
rejalashtirilmoqda.
Iqtisodiyotni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun 2,8
trillion so‘m ajratish nazarda tutilmoqda. Bu esa joriy
yilning tasdiqlangan parametrlariga nisbatan 22 foizga
ko‘p. Xususan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari
yetishtiruvchilarni suv resurslari bilan o‘z vaqtida va to‘liq
ta’minlashga 1,4 trillion so‘m sarflash mo‘ljallangan.
Bundan tashqari, melioratsiya shoxobchalarini
rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tozalash dasturi
doirasida Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini
yaxshilash fondi mablag‘lari hisobidan meliorativ ishlar
amalga oshiriladi. Natijada 300 ming gektar ekin
maydonining holati yaxshilanadi, bu ishlarga 227 milliard
so‘mdan ortiq mablag‘ sarflanadi.
Qishloq aholisining turmush sharoitlarini yaxshilash uchun
Qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi
uy-joy qurish dasturini ro‘yobga chiqarish doirasida 326 ta
qishloq massivlarida 8510 ta zamonaviy uylar qurishni
ta’minlash uchun 1 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ sarflash
nazarda tutilgan.
Aholini, ayniqsa, qishloq joylardagi aholini ichimlik suvi
bilan ta’minlash tizimini yaxshilashga 2012-yilning tasdiqlangan
parametrlariga nisbatan 2-marta ko‘p mablag‘ sarflash, 654
kilometr masofada suv quvurlari o‘tkazish rejalashtirilgan.
Muhokama davomida bildirilgan fikr-mulohazalarni hisobga
olgan holda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi O‘zbekiston
Respublikasining 2013-yilgi Davlat byudjetini ma’qullab va
tasdiqlab, tegishli qaror qabul qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasi axborot xizmati
Hisob va iqtisodiy tahlil xo`jalikni boshqarishda asosiy
vosita bo`lishi kerak. Binobarin,
Dostları ilə paylaş: |