Chiziqli korrelyatsion- regression tahlilni amalga oshirishning bosqichlari



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix26.11.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#136224
  1   2


21.158-guruh talabasi 
Abduxalimov Boburjon 


Chiziqli korrelyatsion-
regression tahlilni amalga 
oshirishning bosqichlari


2012-yil 
16 
noyabr 
kuni 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Oliy 
Majlisi Qonunchilik palatasining 
navbatdagi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. 
Unda Bosh vazir va hukumat 
a’zolari ishtirok etdilar. Majlisda 
asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar 
prognozi, 2013-yilga mo‘ljallangan 
soliq va byudjet siyosatining asosiy 
yo‘nalishlari hamda O‘zbekiston 
Respublikasi 
Davlat 
byudjeti 
loyihasi 
atroflicha 
muhokama 
qilindi. 


Majlisda so‘zga chiqqan deputatlar ta’kidladilarki, 
2013-yilda yalpi ichki mahsulot 8 foizga, sanoat mahsuloti 
ishlab chiqarish hajmlari 8,4 foizga, qishloq xo‘jaligi 
mahsulotlari yetishtirish 6 foizga, kapital qo‘yilmalar 9,3 
foizga o‘sishi taxmin qilinayotganligi, shuningdek, mazkur 
ko‘rsatkichlarning o‘sish sur’atlari 2012-yil yakunlari 
bo‘yicha yuqori bo‘lishi kutilayotganligi 2013-yilgi byudjet 
parametrlarini shakllantirish uchun asos bo‘ldi. 2013-yilda 
soliq-byudjet siyosati bo‘yicha o‘tkazish taklif etilgan 
tadbirlarni 
ro‘yobga 
chiqarish 
natijasida 
Davlat 
byudjetining daromadlari YaIMga nisbatan 21,3 foizni, 
xarajatlari esa 22,3 foizni tashkil etadi. Davlat byudjeti 
taqchilligi YaIM hajmiga nisbatan 1 foiz miqdorida bo‘lishi 
nazarda tutilgan. 


Soliq siyosati konsepsiyasida nazarda tutilgan 
chora-tadbirlarni muvaffaqiyatli ro‘yobga chiqarish 
kelgusi yilda mamlakat iqtisodiyoti zimmasiga 
tushadigan soliq yukini YaIMga nisbatan 0,3 foiz 
qisqarishini ta’minlaydi. Soliq yukini yanada 
qisqartirish chora-tadbirlaridan biri sifatida jismoniy 
shaxslarning daromadlariga solinadigan eng kam 
soliq stavkasini birinchi shkala bo‘yicha 9 foizdan 8 
foizga kamaytirish taklif etildi, bu esa jismoniy 
shaxslar tasarrufida 186 milliard so‘m qolishi 
imkonini beradi. 


Deputatlar yuridik shaxslarning nomoddiy aktivlari 
(patentlar, litsenziyalar, dasturiy ta’minot, mualliflik huquqi va 
boshqalar) bo‘lgan mol-mulki soliq solish ob’ektidan chiqarilishi 
korxonalar faoliyatiga innovatsiyalarni keng joriy etish uchun 
yana bir rag‘batlantiruvchi omil sifatida xizmat qilishini alohida 
ta’kidladilar. 
313 ta umumta’lim maktabi, 228 ta akademik litsey va kasb-
hunar kolleji Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya 
qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash byudjetdan tashqari fondi 
mablag‘lari hisobidan kapital ta’mirlanadi va rekonstruksiya 
qilinadi. 1500 tadan ortiq umumta’lim muassasasi hamda 700 
ta akademik litsey va kasb-hunar kolleji hozirgi zamon o‘quv 
jihozlari, kompyuterlar va o‘quv laboratoriyalari bilan 
ta’minlanadi. 54 ta bolalar musiqa va san’at maktabi, 
shuningdek, 137 ta sport zali va 25 ta bolalar sporti ob’ekti 
qurish, ularni kapital ta’mirlash va jihozlash 
rejalashtirilmoqda. 


Iqtisodiyotni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun 2,8 
trillion so‘m ajratish nazarda tutilmoqda. Bu esa joriy 
yilning tasdiqlangan parametrlariga nisbatan 22 foizga 
ko‘p. Xususan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari 
yetishtiruvchilarni suv resurslari bilan o‘z vaqtida va to‘liq 
ta’minlashga 1,4 trillion so‘m sarflash mo‘ljallangan. 
Bundan tashqari, melioratsiya shoxobchalarini 
rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tozalash dasturi 
doirasida Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini 
yaxshilash fondi mablag‘lari hisobidan meliorativ ishlar 
amalga oshiriladi. Natijada 300 ming gektar ekin 
maydonining holati yaxshilanadi, bu ishlarga 227 milliard 
so‘mdan ortiq mablag‘ sarflanadi. 


Qishloq aholisining turmush sharoitlarini yaxshilash uchun 
Qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi 
uy-joy qurish dasturini ro‘yobga chiqarish doirasida 326 ta 
qishloq massivlarida 8510 ta zamonaviy uylar qurishni 
ta’minlash uchun 1 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ sarflash 
nazarda tutilgan. 
Aholini, ayniqsa, qishloq joylardagi aholini ichimlik suvi 
bilan ta’minlash tizimini yaxshilashga 2012-yilning tasdiqlangan 
parametrlariga nisbatan 2-marta ko‘p mablag‘ sarflash, 654 
kilometr masofada suv quvurlari o‘tkazish rejalashtirilgan. 


Muhokama davomida bildirilgan fikr-mulohazalarni hisobga 
olgan holda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi O‘zbekiston 
Respublikasining 2013-yilgi Davlat byudjetini ma’qullab va 
tasdiqlab, tegishli qaror qabul qildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasi axborot xizmati 


Hisob va iqtisodiy tahlil xo`jalikni boshqarishda asosiy 
vosita bo`lishi kerak. Binobarin, 

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin