Cholera disease Turgunbayev, son of Jaloliddin Khusnidin student of Andijan State Medical Institute Cholera disease Abstract: This article contains information about the causes of cholera, its prevention, diagnosis, physiological
Cholera disease Abstract: This article contains information about the causes of cholera, its prevention, diagnosis, physiological, anatomical and morphological manifestations.
Vabo — o’tkir infektsion kasallik bo’lib, vabo vibrioni (Vibrio cholere) bakteriyalari tufayli rivojlanadi va odatda og’riqsiz va suvsimon ich ketishiga olib keladi. Ba’zi bemorlarda ich ketishi shunchalik jiddiy bo’ladiki, natijada o’g’ir suvsizlanish rivojlanadi va u hatto o’limga ham olib kelishi mumkin. Ko’p odamlar vabo vibrionini bakteriyalar bilan ifloslangan oziq-ovqat yoki suv iste’moli natijasida yuqtirib olishadi. Alomatlar yengil bo’lishi mumkin bo’lsada, ba’zi avval sog’lom bo’lgan odamlarda bakteriyani yutganlaridan so’ng 1-5 kun o’tib kuchli ich ketishi rivojlanadi. Vabo tez tibbiy yordam talab qiladi. Bemor hayotini saqlab qolishda gidratatsiya (og’ir hollarda vena ichiga) va antibiotiklar muhim o’rin tutadi.
Vabo – otkir ichak kasalligi, infeksiya orqali chaqiriladi. Yoz mavsumida kop uchraydi.
Rivojlanish va tarqalishi sabablari: ° Zararlangan suv va ifloslangan suv havzalari.
° Yaroqsiz ovqat mahsulotlari va bakteriyalar bilan zararlangan ovqat maxsulotlari orqali yuqishi mumkin.
° Zararlangan suv havzalarida cho`milish, bakteriya bor predmetlarni ishlatish orqali yuqadi.
° Maishiy-muloqot orqali.
Diqqat!
Vabo kasalligiga gumon qilingan kasallik o’chog’ida epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni tezkor reja asosida o’tkazishni ta’minlash.
Bemorni alohidalash (izolyatsiya) va shifoxonaga yotqizish.
Bemor bilan muloqotda bo’lganlarni aniqlash (topish), ularni alohidalash (izolyatorda) va shoshilinch profilaktik tadbirlarni o’tkazish.
Vaboga gumon qilingan bemorlarni provizor gospitalga yotqizish .Dezinfektsiya tadbirlarini o’tkazish.
o’rtasida shoshilinch profilaktika o’tkazish.
Aholini tibbiy kuzatuv ostiga olish.
Sanitariya-targ’ibot ishlarini tashkillashtirish va o’tkazish.
Vabo kasalligiga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo’lganlarga antibiotiklar yordamida shoshilinch profilaktika o’tkazish lozim.
SHoshilinch profilaktika quyidagi kontingentlar qamrab olinadi: bemorlar va vibrion tashuvchilar bilan muloqotda bo’lganlar; observatsiya uchun yotqizilganlar (epid ko’rsatma asosida);
Kasallik yuqish xavfi yuqori bo’lgan aholi punkti.
Vabo kasalligida barcha tadbirlar hukumat darajasida tashkillashtiriladi va amalga oshiriladi.
Eslatma!
Vabo kasalligi profilaktikasida aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, oqava suvlarni zarasizlantirish, oziq ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda sanitariya-gigiena qoida va talablariga qat’iy ravishda amal qilish tadbirlarining ahamiyati katta. Epidemiologik mavsumda vabo vimbrionlariga tekshirish maqsadida hduddagi ochiq suv manbalari qayta hisobga olinib, ularning sanitariya pasportlari tuzilishi, suv namunalarini tekshiriladian "nuqta”lar belgilanishi, shu belgilangan "nuqta”lardan jadval asosida suv namunalari olinib vabo vibrinlariga tekshirib borish kerak.
Epidemiologik jihatdan xavfli hisoblangan davlatlardan kelayotgan sayyohlar va boshqalar, oziq-ovqat mahsulotlari ustidan tibbiy-sanitariya nazoratini kuchaytirish.
O’tkir yuqumli ichak kasalliklari ko’rsatkichlari yuqori bo’lganida, tezda sababini aniqlash, vabo kasalligiga gumon qilinganda va undan vafot etganlar aniqlanganda 100 foiz bakteriologik vabo vibrionlariga tekshirish.
Epidemiologik o’choqni qamrab olish va sog’lomlashtirish tadbirlarini o’tkazish.