Chor Rossiyasiga qarshi milliy ozodlik harakati



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə3/3
tarix23.02.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#123563
1   2   3
Chor Rossiyasiga qarshi milliy ozodlik harakati

Farg’ona vodiysida bo’lib o’tgan 70-80-yillardagi xalq harakatlarida Qurbonjon dodxoh, Yetimxon, Darvishxon to’ra, Yoqubbek boshchiligidagi qo’zg’alonlarni alohida qayd qilishimiz zarur. Qurbonjon dodxoh rus qo’shinlariga qarshi kurashda sharq ayollarining qahramonligini, jasoratini namoyon etdi. Manbalarning ma’lumot berishicha, general Skobelev sulh tuzish uchun mayor Ionovni Qurbonjon dodxoh huzuriga jo’natdi. Ammo Qurbonjon dodxoh mayorni qabul qilmay faqat o’z mavqei bilan teng bo’lgan sarkarda bilangina muzokaralar olib borishi mumkinlini bildiradi. Charasiz qolgan rus generali Skobelev u bilan sulh tuzishga va uni «Oloy malikasi», deb tan olishga majbur bo’ldi. Qurbonjon dodxohning nabiralari 1898 yili milliy ozodlik qo’zg’alonida ham faol ishtirok etdilar. Rus amaldorlari doimo Oloy malikasidan hayiqishgan. Shuning uchun gubernatorlar uning oldiga tez-tez kelib turishgan. 1901 yilda Rossiya imperiyasi Qurbonjonga imperatritsaning sovg’asini shaxsan topshirgan. Qurbonjon dodxoh 1907 yilda O’shda vafot etgan.

  • Farg’ona vodiysida bo’lib o’tgan 70-80-yillardagi xalq harakatlarida Qurbonjon dodxoh, Yetimxon, Darvishxon to’ra, Yoqubbek boshchiligidagi qo’zg’alonlarni alohida qayd qilishimiz zarur. Qurbonjon dodxoh rus qo’shinlariga qarshi kurashda sharq ayollarining qahramonligini, jasoratini namoyon etdi. Manbalarning ma’lumot berishicha, general Skobelev sulh tuzish uchun mayor Ionovni Qurbonjon dodxoh huzuriga jo’natdi. Ammo Qurbonjon dodxoh mayorni qabul qilmay faqat o’z mavqei bilan teng bo’lgan sarkarda bilangina muzokaralar olib borishi mumkinlini bildiradi. Charasiz qolgan rus generali Skobelev u bilan sulh tuzishga va uni «Oloy malikasi», deb tan olishga majbur bo’ldi. Qurbonjon dodxohning nabiralari 1898 yili milliy ozodlik qo’zg’alonida ham faol ishtirok etdilar. Rus amaldorlari doimo Oloy malikasidan hayiqishgan. Shuning uchun gubernatorlar uning oldiga tez-tez kelib turishgan. 1901 yilda Rossiya imperiyasi Qurbonjonga imperatritsaning sovg’asini shaxsan topshirgan. Qurbonjon dodxoh 1907 yilda O’shda vafot etgan.
  • O’rta Osiyo xalqlarining mustamlakachilarga qarshi kurashida Yoqubbek va u boshqargan Yettishahar davlati (1865-1877) ham muhim o’rin egallaydi. Chunki ular Qo’qon, Buxoro, Xiva vatanparvarlarining rus bosqinchilariga qarshi kurashlarida yordam berib turishgan. Shu sababli Turkistondagi so’nggi mustaqil davlatni tugatish Rossiya uchun kechiktirilmas vazifa bo’lib qoldi. 1877 yil 22 iyunda rus qo’shinining G’uljaga bostirib kirishi shu maqsadni amalga oshirishga qaratilgan edi. Amir Yoqubbekning to’satdan vafot etishi Yettishahar qo’shinining mag’lubiyatga uchrashiga sabab bo’ldi. Oqmachit, Chimkent, Toshkent mudofaalarini tashkil qilishda jonbozlik ko’rsatgan Yoqubbek Turkiston ozodligi uchun kurash yo’lida jon baxshida etgan qahramonlarimizdan biridir.
  • 1892 yildagi qo’zg’alon ko’plab tarixiy adabiyotlarda rus hukumatini o’lkaning bir qancha shaharlarida vabo kasalligi tarqalishining oldini olish uchun Toshkent shahrida ko’rilgan chora-tadbirlarga qarshi ko’tarilgan qo’zg’alon deb ta’riflangan bo’lsa-da, aslida bu qo’zg’alon chor Rossiyasining o’lkada ko’p yillar davomida olib borgan mustamlakachilik siyosatiga qarshi qaratilgan edi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin