CHOV CHURRASI (GRIJA) — ALOMATLARI, TASNIFI, TASHXISLASH, OPERATSIYA O’TKAZISH, ASORATLARI
Chov churrasi (grija) — chov kanalning bo’shlig’iga qorinpardaning (lot. peritoneum) patologik chiqishidir. Erkaklarda sezilarli darajada ko’proq qayd qilinadi (xavfi erkaklarda 27%, ayollarda esa 3%). Chov kanali uchburchakli kesishish bo’lib, unda ayollarda bachadonning yumaloq boylami, erkaklarda esa urug’ tizimchasi (funiculus spermaticus) o’tadi. Chov churrasi (grijasi) qorin old devorining eng keng tarqalgan churralaridan biridir.
TASNIFI
Churra xaltachasining harakatchanligi bo’yicha quyidagilar farqlanadi:
Qisilgan:
Elastik qisilish,
Axlatli qisilish,
Retrograd qisilish,
Rixter qisilishi,
Littre churrasi — chov churrasida Mekkel divertikulinig qisilishi;
Qisilmagan chov churrasi.
Qisilgan churrada churrali bo’rtma va uning tarkibi fiziologik holatiga qayta olmaydi. Qisilgan bo’lmasa, churra mustaqil ravishda o’z o’rniga qaytishi mumkin.
Bundan tashqari, tug’ma va orttirilgan churralar farq qilinadi. Tug’ma churra (grija) bachadon ichida rivojlanish patologiyalari natijasida yuzaga keladi, orttirilgani esa qorin bo’shlig’ida bosimning ahamiyatli ko’tarilishi epizodlaridan keyin, masalan og’ir yuk ko’tarish va shu kabi harakatlardan so’ng.
ETIOLOGIYASI
Turtki bo’luvchi omillar: qorinpardaning qin o’simtasi bitib ketmasligi, tana vaznining pasayishida chov kanali sohasida yog’ to’qimalarining atrofiyasi, semirib ketishda mushaklarning degeneratsiyasi. Rivojlanishning embrional davrida (homiladorlikning 6-8 oyi) chov kanalidan moyak, erkaklarda urug’ tizimchasi va ayollarda bachadonning aylana boylamlari o’tishik anatomik moyillik yaratadi, ular esa turtki bo’ladigan omillar ta’sirida churraga olib kelishi mumkin. Hayotning 7-oyiga kelib qin o’simtasi bitib ketishi 35% hollarda, 12-oyga kelib 41% va kattalarda 90% hollarda qayd qilinadi. Tug’ma churrada urug’ tizimchasi elementlari churra xaltasi bo’ylab (uning orqa devori) yassilangan va u bilan intim bog’liq bo’ladi, moyak churra xaltasining devorida yotadi va uning qobig’i xalta bo’shlig’iga chiqib turadi.
PATOGENEZI
Churra yuzaga kelishi mexanizmi nuqtai nazaridan kelib chiqib, churraning ikkita tubdan farq qiluvchi ikkita turi mavjud: elastik va axlatli (fekal).
Elastik qisilish kuchli jismoniy zo’riqish natijasida qorin bo’shlig’i ichki bosimining keskin oshishida qorin bo’shlig’i a’zolarining katta hajmi tor churra darvozalaridan to’satdan chiqishi natijasida sodir bo’ladi. Chiqqan a’zolar qorin bo’shlig’iga mustaqil ravishda qaytmaydi. Qisilish (strangulyatsiya) natijasida tor churra darvozasi halqasida qisilgan a’zolarning ishemiyasi yuzaga keladi, bu esa kuchli og’riq sindromiga olib keladi. Og’riq oldingi qorin devori mushaklarining chidamli spazmini keltirib chiqaradi, bu qisilishni yanada og’irlashtiradi. Bartaraf qilinmagan elastik qisilish tezda (bir necha soat ichida, kamida 2 soat) churra tarkibining nekroziga sabab bo’ladi.
Axlatli (fekal) qisilishda churra tarkibining qisilishi churra xaltasida joylashgan ichak qovuzloqini olib keluvchi bo’limining keskin to’lishi natijasida yuzaga keladi. Bunda qovuzloqning olib keluvchi bo’limi birdan yassilanadi va tegib turuvchi mezenteriy (rus. брыжейка) bilan birga churra darvozasida qisilib qoladi. Natijada elastik qisilishida kuzatiladigan strangulyatsiya rivojlanadi. Biroq, fekal qisilishda ichak nekrozi rivojlanishi uchun ko’proq vaqt talab qilinadi (bir necha kun). Elastik qisilish yuzaga kelish uchun ajralmas shart — tor churra darvozasi borligi, fekal qisilish esa ko’pincha keng churra darvozasi mavjudligida qayd qilinadi.
Fekal qisilishdan jismoniy kuchanish elastik strangulyatsiyaga ko’ra kamroq ahamiyatga ega; bundan muhimrog’i ko’pinchan keksa bemorlarda kuzatiladigan ichak motorikasining buzilishi, peristaltikasining sekinlashishidir. Axlatli qisilishda churra xaltasida ichakning bukilishi, o’ralib qolishlari va uni churra xaltasi devorlari bilan birikib ketishi ko’proq ahamiyatni tashkil qiladi. Fekal qisilish odatda uzoq muddatli tuzalmas churra asorati sifatida paydo bo’ladi. Bunda turli organlar qisilishi mumkin. Ko’pincha ingichka ichak yoki katta charvi sohasi qisiladi, kamroq — yo’g’on ichak. Juda kamdan-kam hollarda mezoperitoneal joylashgan a’zolar qisiladi: masalan, ko’richak, qovuq, bachadon va uning ortiqlari. Ichakning qisilishi natijasida uning nekrozi yoki progressiv intoksikatsiyani chaqiradigan og’ir ichak o’tkazmasligi eng xavfli sanaladi.
Qisilish lahzasida churra xaltasida yopiq bo’shliq paydo bo’ladi, u o’zida qon aylanishi buzilgan a’zo yoki a’zolarni saqlaydi. Ichak qovuzloqi, charvi yoki boshqa a’zolar qisilgan joyida strangulyatsion egat shakllanadi, u hatto qisilish bartaraf qilinganidan keyin ham yaxshi sezilarli bo’ladi. U odatda ichakning olib keluvchi va olib ketuvchi bo’limlarida ham, tegishli mezenteriy joylarida ham aniq ko’rinadi. Dastlab ichak qon aylanishi buzilishlari natijasida venoz dimlanish yuzaga keladi, u esa tez orada ichak devorining barcha qatlamlarida shish chaqiradi. Bir vaqtning o’zida qisilgan ichakning ichki bo’shlig’iga va churra xaltasiga plazmaning sizib chiqishi va qon shaklli elementlarining diapedezi sodir bo’ladi. Ichakning ishemiyalangan yopiq bo’shlig’ida toksinlar shakllanishi bilan tavsiflanadigan ichak tarkibining chirishi boshlanadi. Ichakning qisilgan qovuzloqlari yetarlicha tez, bir necha soat ichida (elastik qisilishda) shilliq qavatidan boshlab nekrozga uchraydi.
Buni uning hayotiyligini baholashda unutmaslik kerak. Qisilishda churra xaltasining yopiq bo’shlig’ida to’planadigan suyuqlik (transsudatsiya va ekssudatsiya tufayli) churra suvi nomini olgan. Dastavval u shaffof va rangsiz (seroz transsudat) bo’ladi, ammo unga qonning shaklli elementlari tushishi va ularning parchalanishi natijasida pushti, keyinchalik jigarrang-qizil tusga kiradi. Nekrozlangan ichak devori mikrobli floraning tashqariga chiqib ketmasligi uchun to’siq bo’lish qobiliyatini yo’qotadi, buning natijasida ekssudat kolibatsillyar hidli, yiringli tabiatli tus oladi. Qisilishning so’nggi bosqichlarida rivojlanadigan va churra atrofidagi to’qimalarga tarqaladigan yiringli yallig’lanish, ildiz otgan, lekin unchalik aniq bo’lmagan «churra xaltasi flegmonasi» nomini olgan.
CHOV CHURRASI KLINIKASI
Asoratlanmagan chov churralarida klinik tasvir umuman olganda bir xildir. Bemor chov sohasida o’simtasimon bo’rtma va ayniqsa jismoniy zo’riqishda paydo bo’ladigan turli darajadagi og’riqdan shikoyat qiladi. Bunday shikoyatlarning mavjudligi osonlikcha to’g’ri tashxisni qo’yish imkonini beradi.
Qisilgan chov churrasida quyidagi klinika kuzatiladi:
To’satdan boshlanishi;
Joyiga solib bo’lmaslik;
O’tkir, asta-sekin kuchayadigan og’riq;
Ko’ngil aynishi, hiqichoq, ko’p marta og’riqli qusish;
Axlat va gazlarni ushlanib qolishi;
Bemorning ahvoli yomonlashuvi;
Churrali chiqishning tarangligi, og’riqligi;
Ushbu klinik belgilarning mavjudligi shoshilinch jarrohlik aralashuviga ko’rsatma hisoblanadi.
TASHXISLASH
Chov churrasida bemorlarni ko’rikdan o’tkazish vaqti noaniq holatlarda hatto sezilmas bo’ls ham assimetriyani aniqlash uchun tik va yotgan holatda har ikki chov sohasi tashqi tekshiriladi, tekshiruv natijasi churra mavjudligiga ba’zi ishoralar beradi. Chov va son churrasi o’rtasidagi farqni aniqlash uchun chov boylami o’rnini belgilaydigan chiziq aniqlanadi. To’lacha bemorlarda bu chiziqning aniqlash biroz qiyinroq. Shu vaqtning o’zida yorg’oqning ikkala yarmini tekshirish amalga oshiriladi, moyaklarning shakli va hajmi aniqlanadi va urug’ tizimchasining kengaygan tomirlari mavjudligi ham o’rganiladi. Bemorni kuchanishi, yo’talishlari ob’ektiv ma’lumotlarni olish imkonini beradi va tashqi ko’rikda tegishli chov sohasining mo’tadil chiqishini aniqlashtiradi.
Chov halqasi yuzasini barmoqlar bilan paypaslash va bir vaqtning o’zida qorin devorining kuchantirish (yo’talish) «turki alomati»ni beradi.
Ayollarning chov halqasi yuzasini o’rganish erkaklarnikiga qaraganda ancha murakkab bo’lib, u faqat halqa sezilarli darajada kengayganda va teri osilib qolgan bo’lgandagina imkonlidir.
CHOV CHURRASINI (GRIJANI) DAVOLASH
Qorin churrasi (grijasi) keng tarqalgan jarrohlik patologiyasi hisoblanadi. MDH mamlakatlarida, Qo’shma Shtatlarda, Buyuk Britaniyada har yili 500 ming bemor churrasi operatsiya qilinadi.
Churrani xirurgik davolash (gerniografiya) yagona usul ekanligiga qaramay, aynan chov churrasi holatida u yetarlicha jiddiy asoratlar xavfini ifodalaydi — 10-12% hollarda bunday operatsiyani boshdan kechirgan bemorlarda genitofemoral og’riq sindormi yuzaga keladi. Shu nuqtai nazardan, alomatlar minimal darajada ifoda etilgan bemorlar uchun so’nggi yillarda rejalashtirilgan operatsiya o’rniga «hushyor kutish» tavsiya etiladi.
Chov churrasini davolash uchun turli jarrohlik strategiyalari mavjud. Churrani yopish uchin to’r (sintetik yoki biologik), ochiq jarrohlik yoki laparoskopiya, umumiy yoki mahalliy anesteziya ishlatilishi mumkin.
Ko’pincha churrani ochish — boshlang’ich jarrohning dastlabki operatsiyasi bo’ladi. Ushbu operatsiyani muvaffaqiyatli yakunlash jarrohlar kasbiy mahoratining muhim dalilidir, chunki churrada jarrohlik doimo ham oddiy operatsiyalar toifasiga kirmaydi. Yodda tutish kerakki, hatto keng tarqalgan va o’rganib ketilgan chov va son churralari operatsiyalari ham noo’rin va travmatik bajarilganda nervlarning qisilib qolishi, katta tomirlar va qovuqning shikastlanishi, yarada infektsiya rivojlanishi kabi oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Operatsiya umumiy narkoz ostida amalga oshiriladi. Unda quyidagi bosqichlar ajratiladi:
Chov kanaliga kirish;
Atrofdagi to’qimalardan ajratish va churra xaltasini olib tashlash;
Chov teshigini kattalashgan yoki vayron bo’lganida normal o’lchamiga olib kelib tikish;
Chov kanal plastikasi.
Ushbu bosqichlarning har biri o’tkazilishda churraning topografiyasi va bemorning shaxsiy anatomik xususiyatlari hisobga olinmasa, patologiya qaytalanishi (retsidiv) yoki asoratlanishi mumkin.
Rossiya jarrohlari ma’lumotlariga ko’ra, chov churralari uning topografiyasi va anatomik xususiyatlarini inobatga olmay operatsiya qilinganda, 6,9-28,5% hollarda retsediv qayd qilinadi. Shu bilan birga, bu masala bilan maxsus shug’ullanadigan klinikaarda qaytalanish foizi minumga keltirilgan, ularda ko’rsatkich 0 va 3 o’rtasida o’zgarib turadi. Biroq to’rli allotransplantatlarning kirib kelishi bilan bu ko’rsatkuch o’nlik sonlargacha qisqardi.
Agar churra xaltasida qisilgan ichak qismi hayotiy bo’lmasa, laparotomiya qilinadi.
Ichakning hayotiyligi mezonlari:
Seroz qobiq rangi;
Pulsatsiya;
Peristaltika.
KASALLIK ASORATLARI
Retrograd — ingichka ichakning uch yoki undan ortiq qovuzloqlarining «V» yoki «W» harflar shaklida teskari qisilishi, shu builan birga, churra xaltasidagi qovuzloqlar yashovchan bo’lishi, qorin bo’shlig’idagi oraliqlari esa nekrozga uchrashi mumkin.
Membranali — mezenetriyga qarama-qarshi joylashgan ichak devorining qismi qisiladi. Son, chov churralarida kuzatiladi.
Xayoliy yoki soxta — o’tkir peritonitda qorin bo’shlig’ining tarkibi churra xaltasi ichiga kiradi va yallig’lanish paydo bo’ladi. Avval tuzatilgan churra endi tuzatib bo’lmaydigan holga keladi. Churra xaltasi sohasida og’riq qayd qilinadi.
YAKUNI
Kasallikning yakuni shartli-qulaydir: o’z vaqtida operativ davolanish bilan kasallik butunlay bartaraf qilinadi, mehnat qobiliyati tiklanadi. Qorin bo’shlig’i a’zolari bo’yicha operatsiyalarni o’tkazishda jarrohlarning katta tajribasiga qaramay, so’nggi o’n yil ichida churrani operatsiyadan keyin qaytalanish soni kamayishi kuzatilmadi. Shuningdek operatsiyalardan keyingi churralar soni ham pasaymadi, ayniqsa, oshqozon, o’t yo’llari, destruktiv appenditsit, ginekologik va urologik aralashuv bo’yicha operatsiyalardan keyin.
Retsidiv va operatsiyadan keyingi churra rivojlanish sabablari asosan churrali chiqish va uning keyingi rivojlanishi davomida yuzaga keladigan anatomo-topografik munosabatlarni jarrohlik vaqtida to’g’ri baholay olmaslikdir. Aynan ushbu yangi anatomik munosabatlar o’sha churraning xirurgik anatomiyasi bo’lib, xirurgik davolash natijalari darajasi uni bilishga bog’liqdir. Bu holatni qiyshiq va to’g’ri chov churralarining xirurik anatomiyasidagi sezilarli farqlar bilan tasvirlab berish mumkin, bu hoaltda faqat shu farqlarni hisobga olgan holda o’tkazilgan operatsiyalar samarali bo’ladi. Omadsizlikning ikkinchi sababi jarrohlik o’tkazish usuli ta’rifining yildan-yilga, nashrdan-nashrga deyarli mexanik ko’chirib o’tkazilishidir, lekin davriy matbuotda, jarrohlik yig’ilishlarda, dissertatsiya va monografiyalarda ushbu klassik usullarning ko’plariga o’zgartirishlar kiritilgan yoki ular to’liq rad etilgan.
Sabablari
Femur churrasining shakllanishi uchun anatomik va fiziologik shartlar qorin devorining zaiflashishiga olib keladigan omillardir: tez vazn yo'qotish, qorin devorining shikastlanishi, ko'p homiladorlik, bir yoshgacha bo'lgan bolalarda qorin devorining irsiy zaifligi, operatsiyadan keyingi. chandiqlar, qorin devorining innervatsiyasini buzish.
Femoral churra belgilari
Dastlabki va to'liq bo'lmagan bosqichda patologiya o'zini kasıkta yoki pastki qorinda noqulaylik sifatida namoyon qiladi, bu yurish, yugurish va boshqa jismoniy faoliyat bilan kuchayadi. Ba'zida bu bosqichlarda femur churrasi asemptomatik bo'lib, birinchi navbatda faqat parietal buzilish bilan bog'liq holda o'zini namoyon qiladi.
Diagnostika
Femur churrasining dastlabki bosqichlarida yorqin namoyonlarning yo'qligi femoral churraning erta tashxisini murakkablashtiradi. Kasallikni aniqlashda tipik simptomlarni hisobga oladi (tik holatda femur uchburchagida sharsimon o'simtaning mavjudligi va yotgan holatda kamayishi, yo'talning zarbasi alomati va boshqalar).
Toshkentdagi Gatling Med klinikasi Siz bemalol davolanishni boshlashingiz mumkin biz buni imkon qadar tez va samarali amalga oshiramiz. Gatling Med klinikasi sizning o'zingizga va sog'lig'ingizga ishonchingizni mustahkamkaydi !
Dostları ilə paylaş: |