Oʻzbekistonning
chuchuk suv
hayvonlari
Chuchuk suv hayvonlari. Oʻzbekiston suv havzalarida 80 ga yaqin baliq turlari uchraydi,
ulardan 20 ga yaqini (oq doʻngpeshona, ola-bula doʻngpeshona, oq amur, qora amur, ilonbosh,
balxash olabulasi va b.)
Uzoq Sharqdan;
pelyal
Sibirdan;
gambuziya
Amerikadan keltirilgan.
Tekislikdagi suvlarga plotva, oqcha, soʻzanbaliq, oqqayroq, zogʻora, laqqa, oq sla,
samarqand
xramulyasi va xonbaliqlar, togʻ suvlari uchun qorabaliq, gulmohi va goles baliqlar xos.
Shim.dagi suv havzalarida choʻrtan baliq, olabugʻa, koʻkboʻyin baliqlar uchraydi. Kam
uchraydigan va yoʻqolib borayotgan turlardan Amudaryo
va Sirdaryo kurak buruni, bakra baliq
bor. Shuningdek, 600
ga yaqin tur
umurtqasiz hayvonlar
, jumladan 150 tur
bir hujayralilar
, 120
turdan
ziyod kolovratkalar
, 100 dan koʻproq tur
chuvalchang
va
mollyuskalar
, 120
turdan ortiq
qisqichbasimonlar
, 100 dan koʻp tur
hasharotlar
uchraydi. Oʻzbekiston suv havzalariga Uzoq
Sharqdan baliqlar bilan birgalikda xitoy baqachanoq (tishsiz) mollyuskasi va uzoq sharq
krevetkasi kelib qolgan va keng tarqalgan. Baliqlarning oziq
bazasini oshirish uchun suv
omborlarida
mizid qisqichbaqasini
iqlimlashtirish yaxshi natija berdi. Sirdaryo va uning
irmoqlarida daryo qisqichbaqasi yashaydi.
[1]
1.
OʻzME. O'n ikkinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar