Synonyms are the followings.
Baxt – iqbol, tole, saodat.
Turmushdan mamnunlik holati, turmushdan mamnun etuvchi narsa. Iqbol asosan
badiiy uslubga xos. Tole “baxt”, “iqbol” ma’nosiga nisbatan “omad” ma’nosi ko’p
qo’llanadi. Saodat ko’proq kitobiy uslubga xos, yakka so’z holida kam qo’llanadi.
Shunday qilib, Sidiqjon xuddi zo’r baxtga erishgan yoki o’shanday baxtning
bo’sag’asida turganday, terisiga sig’may.., eski hayotini eslagisi ham kelmay yurar
edi ( A.Qahhor ). Mehnat bilan topadi iqbol, Ishchi ishi ko’rmaydi zavol ( Yo.Mirzo ).
Toleimdan o’rgilayki, kurs ochildi ( G’.G’ulom ). Ular tolelari yurishganidan
quvonib, gap eshitmaslik uchun hech qayoqqa alanglamay, to’ppa-to’g’ri chol
ko’rsatgan bostirma tagiga bordilar ( P.Tursun ). Jang aylamoqda yori qo’rg’ab
saodatini, Gulshanda baxt mayidan mastona yora ayting ( Uyg’un ).
1
Xotima Shayxova
|