Cognitive Linguistics is a new trend in Modern Linguistics Cultural Linguistics and its basic notions



Yüklə 203,52 Kb.
səhifə49/60
tarix31.12.2021
ölçüsü203,52 Kb.
#112859
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   60
Cognitive Linguistics is a new trend in Modern Linguistics Cultu-fayllar.org

Saodat  

1. Eng ulug’ baxt, yuksak iqbol. 

Saodat  bermoq.  Saodat  topmoq.  Halol  mehnat  –  yaxshi  odat,  berur  senga  saodat

Maqol.  Ona  sutidek  pok  bizning  hamdo’stlik,  Elning  saodati,  huzuri  shunda

M.Alaviya.  Ona-Vatan  istiqboling,  saodating  deb,  Kurashadi  mardonavor  qarilar, 

yoshlar. G’ayratiy. 

2. Saodat ( erkaklar va xotin-qizlar ismi ) 

 

Tole  

1. Omad, baxt.  



Mening toleim yo’q (past). Uning tolei baland. Tolei keldi. Tolei yurishdi. Tolei tong 

otarday,  kelajagi  ko’kday  keng.  G’.G’ulom.  Toleingdan  o’rgilay,  qizim,  onang 

sho’rlik  qiz  bo’lib,  kelin  bo’lib  hech  narsa  ko’rmagan  edi,  xudoyi  taolo  hammasini 

senga nasib qilgan ekan. A.Qahhor, Og’riq tishlar.  

2. Qismat, taqdir (kam qo’llaniladi). 



Toleim  qursin,  deb  yondim,  kuydim.  Folbinlarga  bordim,  aziz-avliyolarga  nazr 

atadim. Oybek, Qutlug’ qon. 

 

 



Iqbol 

1.  Baxtli taqdir, porloq kelajak; omad, baxt. 



Gulshanning iqboli baland, juda pishiq, juda tirishqoq u, - dedi Zaynab. Oybek, O.v. 

shabadalar. 

2.  Umuman taqdir, qismat. 

[Mullado’st  o’z-o’ziga:]  Bu  dunyo  hamma  yog’ida  bizni  safar  qochdi  qilgan, 



o’shaning  uchun  ellik  to’rtga  kiribmanki,  iqbolim  nahs-falokatdan  sira  ajralmaydi

Hamza. Maysaraning ishi. 

3.  Iqbol (xotin-qizlar ismi). 

    Baxtli – baxtiyor, saodatli, toleli, mas’ud. 

Baxt yor bo’lgan, baxti kulgan. Saodatli kitobiy. Mas’ud eskirgan, kitobiy.  

 

Men zavoddan qaytganda oqshom Orom olar bolishda boshing, Baxtli qo’zim, men 



o’ylab boqsam, Ikki bahor ko’ribdi yoshing ( Yo.Mirzo ). Mehnatimdan baxtiyorman, 

tinch farovon ro’zg’or, Istagim istakdan ortiqroq muyassardir menga ( S. Abdulla ). 


 

53 




Bu  bino  Kumushning  o’zi  uyi  bo’lib,  bu  uy  ichida  Otabekning  saodatli  kunlarining 

shirin  xotiralari  saqlanar  va  shu  daqiqada  ham  uning  hayot  tiragi  bo’lgan 

Kumushbibi  o’tirar  edi  (  A.Qodiriy  ).  Dengiz  derdi:  “Qirg’oq  yiqilsin,  To’lqinlarim 

o’ynasin ozod”, Kishanlardan holi va mas’ud Zamonlarni aylar ediyod ( Uyg’un ). 

 


Yüklə 203,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin